Foydalanuvchiga referal havolani yuborish
Foydalanuvchi sizning havolangizdan foydalanishi uchun:
- Agar foydalanuvchi tizimga kompyuter orqali kirgan bo'lsa, unga nusxa olingan havolani messenjer yoki elektron pochta orqali yuboring.
- Agar foydalanuvchi mobil qurilmadan foydalansa, unga telefon kamerasidan foydalanib skanerlashi mumkin bo‘lgan QR-kodni ko‘rsating.
MUHIM: agar siz referal havolani foydalanuvchi profili tiklanishidan yoki yaratilishidan oldin yuborgan bo‘lsangiz, havolani qayta yuborish va to‘lovni yangi havola orqali amalga oshirish kerak. Aks holda, mukofot hisobga olinmasligi mumkin.
Foydalanuvchining referal havola orqali oʻtishi
Kompyuterdan:
Foydalanuvchidan tizimga kirgan qurilmada referal havolaga oʻtishni so'rang. Bu uni PRO-versiyani rasmiylashtirish sahifasiga olib boradi.
Telefon orqali:
Agar QR-kod ishlatilayotgan bo‘lsa, foydalanuvchidan telefon kamerasini ochib, QR-kodga qaratishni va ekranda paydo bo‘lgan havolaga o'tishni so'rang.
Toʻlov
1. Toʻlov operatorini tanlash
Toʻlov sahifasida foydalanuvchi toʻlovni amalga oshirish uchun operatorni tanlashi mumkin.
Izoh: hozirda faqat Click xizmati mavjud.
2. Toʻlov jarayoni
Toʻlovni yakunlash uchun foydalanuvchidan karta ma'lumotlarini kiritish talab qilinadi:
- Karta raqami
- Kartaning amal qilish muddati
- Toʻlovni tasdiqlash uchun bank tomonidan yuborilgan SMS-dagi OTP-kodni kiritish kerak boʻladi.
Izoh: Click toʻlov tizimi orqali qanday toʻlov qilish haqida batafsil qoʻllanma bu yerda.
Mobil ilovalarni oʻrnatish
Ota-ona yoki oʻquvchi uchun:
PRO obunasi uchun toʻlovni amalga oshirgandan so‘ng, Google Play yoki App Store’da eMaktab.Oila
Android
IOS
ilovasini toping va ota-ona yoki oʻquvchining qurilmasiga yuklab oling. Ilovani oʻrnatgandan keyin uni oching va birinchi qadamda kiritilgan login va paroldan foydalanib tizimga kiring.
Izoh: mobil ilova bilan qanday ishlash haqida batafsil qoʻllanma bu yerda.
Oʻquvchi yoki ota-ona bilan PRO funksiyalari va mobil ilova imkoniyatlari boʻyicha qisqa taʼlim berish tavsiya etiladi. Bu oʻquv jarayonining samaradorligini oshiradi. |
Bola uchun:
- Google Play yoki App Store’da bola uchun eMaktab.Treker ilovasini toping va o‘rnating.
- O‘rnatgandan so‘ng, ilovani ishga tushiring va o‘quvchi faoliyatini kuzatishni sozlashga yordam beradigan ekrandagi ko‘rsatmalarga rioya qiling.
Izohlar:
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish