Raqamli UVlarni bajarilgandan so‘ng sinf natijalarini ko‘rish va ular bo‘yicha baholarni qo‘yish uchun siz "Ta’lim" bo‘limida " Uy vazifasi"ga kirishingiz kerak bo‘ladi.
Siz o‘quvchilarga berilgan uy vazifasini tanlab havola orqali o‘ting.
Siz yangilangan SMART sahifasiga o‘tasiz, u yerda "Berilgan darslar" sahifasiga o‘tishingiz kerak bo‘ladi
Natijalarini ko‘rmoqchi bo‘lgan darsni tanlang,
Shuningdek, siz ushbu darsni qayta berishingiz va to‘g‘ri javoblar uchun ballar taqsimoti sozlamalarini o‘zgartirishingiz mumkin.
Natijalar ustiga bosing
Sahifada siz o‘quvchilarni va ularning raqamli UVdan olgan baholarini ko‘rasiz.
Shuningdek, biz "Testni qayta ochish" yangi funksiyasini qo‘shdik, bu o‘quvchilarning texnik yordamga murojaat qilmasdan qayta topshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun zarur.
Bundan tashqari, siz "Baholarni jurnalga qo`yish" tugmasini bosish orqali ushbu barcha natijalarni jurnalga chiqarishingiz mumkin
Tugmani bosganingizdan keyin baholar avtomatik ravishda jurnalga o‘tkaziladi.
Shu tartibda raqamli uy vazifasi bo‘yicha sinf natijalarini jurnalga baho qo‘yishingiz mumkin.
Sharhlar
1 sharh
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish