BSB/CHSB vazifalarini berish uchun "Metodik Yordam" bo'limidagi "Mavjud ishlar" bo‘limiga kiring.
Tanlash filtrini sozlaymiz masalan: 9 sinf, Algebra fanini tanlang.
BSB vazifasining o‘ng tomonida "Berish" tugmasiga bosing, maxsus oyna ochiladi va unda biz BSB yoki CHSB vazifasini kimga bermoqchi ekanligimizni kiritishimiz kerak.
BSB yoki CHSB olinadigan sinfni tanlaymiz
Shundan so‘ng o‘tkazilish sanasini belgilaymiz, taqvim belgisini bosamiz, bu yerda barcha sanalar ko‘rsatiladi, ammo biz faqat ushbu sinf jadvalida BSB yoki CHSB bo‘ladigan kunga berishimiz kerak bo'ladi.
Bundan tashqari, "dan oldin o'tkazilishi mumkin emas" funksiyasi mavjud bo‘lib, o‘quvchilarga beriladigan o‘quv-mashg‘ulot jadvalida ko‘rsatiladi, ammo ular uni faqat o‘zingiz belgilagan vaqtdan keyin o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Masalan, test sinovlari 20 noyabrga belgilangan, ammo u faqat soat 10.00 dan keyin mavjud bo‘ladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish