BSB/CHSB vazifalarini yechish uchun o‘quvchi o‘zining login va paroli bilan eMaktab tizimiga kirishi kerak.
O'quvchining profilining bosh sahifasidagi "Ta’lim" blokida "Kundalik" bo‘limi mavjud. U yerda siz BSB/CHSBga o‘tish havolasini elektron shaklda ko‘rishingiz mumkin. BSB/CHSB imtihonlari qachon va qaysi fan bo‘yicha o‘tkazilishini o‘qituvchingiz ma`lumot beradi.
Havola orqali o‘tishingiz va tayyor bo‘lganingizdan keyin "Boshlash" tugmasini bosish kerak bo‘ladi.
O‘ng tomon burchakda vazifa uchun berilgan vaqt ko'rinib turadi . Har bir savolda sizga javob variantlari uchun olishingiz mumkin bo‘lgan maksimal ball ko‘rsatiladi.
BSB/CHSB 3 ta bilim blokiga bo‘linadi va mos ravishda BSB/CHSB 3 ta savol sahifasiga bo‘linadi.
Bilimlarning birinchi blokini yechgandan so‘ng "Keyingisi" tugmasini bosib, savollarning ikkinchi sahifasiga o‘tishingiz mumkin.
Bilimlarning ikkinchi blokidagi barcha savollarni yechgandan so‘ng, "Keyingisi" tugmasini bosib, savolning uchinchi oxirgi sahifasiga o‘tishingiz mumkin.
Barcha 3 ta bilim blokidagi barcha savollar yechilgandan so‘ng, testni yakunlashga tayyor bo‘lganingizda, "Tamomlash" tugmasini bosing.
Testni tasodifan yakunlamasligingiz uchun yana bir bor yakunlashga tayyorligingizni tasdiqlashingiz kerak.
Test savollariga javoblarni test tugaganidan keyin 24 soat o‘tgach ko‘rishingiz mumkin bo'ladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish