Raqamli uy vazifasi yoki dars — bu eMaktab.Smart tizimida yaratilgan avtomatlashtirilgan test topshirig‘i bo‘lib, natijalarni tezda tekshirish funksiyasiga ega. eMaktab.Smart sahifasiga qanday o‘tish
eMaktab.Smart sahifasiga o‘tish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri saytning nomini kiriting yoki ushbu havola orqali o‘ting: https://smarty.emaktab.uz/.
- Bosh sahifada "Darslar ro‘yxati" va "Berilgan darslar" bo‘limlari ko‘rsatiladi. Standart ravishda "Darslar ro‘yxati" yuklanadi, bu yerda:
- "Darslar ro‘yxati" sahifasi kirish paytida avtomatik ochiladi. Bu yerda yangi darslar yaratish yoki mavjud darslarni tahrirlash mumkin.
- Filtrlarni tanlash imkonini beruvchi "Filtrlar" paneli mavjud bo‘lib, bu yerda fan, parallel, til va darsning holatini tanlash, shuningdek, nomi bo‘yicha qidirish amalga oshiriladi.
"Darslar ro‘yxati" bo‘limidagi funksiyalar:
- Filtrlar dars nomini, nashr holatini, fanni tanlash imkonini beradi.
- Darsning yonida joylashgan ikonalar:
- Qalam — darsni tahrirlash.
- Axlat qutisi — darsni o‘chirish.
Raqamli dars / Uy vazifasini qanday yaratish?
Raqamli dars yoki uy vazifasini yaratish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
- Ekranning o‘ng panelida "Dars qo‘shish" tugmasini bosing.
- Dars mavzusini kiriting, fan, parallel va dars tilini tanlang.
- "Davom etish" tugmasini bosing.
Bo'limlarni qo'shish
Nazariya:
- Bo‘lim nomini qo‘shishingiz kerak. Matn qo‘shish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
- "+" ikonasiga bosing.
- "Matn" opsiyasini tanlang va kerakli kontentni qo‘shing.
- To‘ldirilgandan so‘ng "Saqlash" tugmasini bosing.
Amaliyot:
- Bo‘lim nomini kiriting.
- Standart ravishda urinishlar soni va o‘tish vaqti parametrlari belgilangan. Ushbu parametrlarni "Shestirni" ikonkasiga bosish orqali o‘zgartirishingiz mumkin.
- Savollar qo‘shish uchun "+" ikonasiga bosing.
-
Amaliyot uchun mavjud savol turlari:
- Matn — umumiy ma'lumotni kiritish uchun.
- Ro‘yxatdan tanlash — bir nechta javob variantlari bilan savol qo‘shing, to‘g‘ri javobni belgilab, ballar sonini belgilang.
- Erkin kiritish maydoni — o‘quvchi javobni qo‘lda kiritadi.
- Matn ichidagi javobni kiritish — erkin kiritishga o‘xshash, lekin matn ichida bir nechta javoblarni qo‘shishga imkon beradi
Matematik savollarni kiritishni qulaylashtirish uchun formulalar va tenglamalarni kiritish uchun vosita qo‘shildi:
- To‘ldirilgandan so‘ng, saqlash muhimdir.
Shunday qilib, dars yaratiladi va uni ekraning pastki chap burchagidagi "Oldindan ko‘rish" tugmasini bosish orqali ko‘rish mumkin. Zarurat tug‘ilsa, darsni "Tahrirlash" tugmasini bosish orqali tahrirlashingiz mumkin.
Sharhlar
Sharhlar: 3
Do your exercises in work book
Test
informatika va axborot texnalogiyalari
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish