Parallel - bu ta'lim olish yili. Agar sinf birinchi yilni o‘rganayotgan bo‘lsa, birinchi parallelni tanlash lozim, ikkinchi yil uchun - ikkinchi parallel va boshqalar.
Eslatma: agar ta'lim muassasasida har bir parallel uchun bittadan sinf bo‘lsa ham, sinf sozlamalarida siz parallelni o‘rnatishingiz kerak, ular keyinchalik ham sinf raqamiga mos kelishi lozim (masalan: 1-1, 2-2, 3-3 va boshqalar).
Sinfning parallelini tahrirlash uchun quyidagilar kerak:
- «Ma'muriyat» bo‘limiga o‘ting va «Sinflar» bo‘limidagi «Sinflar ro‘yxati» havolasini bosing;
- tahrir qilinishi kerak bo‘lgan sinfni tanlang;
- ushbu sinfning «Tahrirlash» yorlig‘iga o‘ting.
Eslatma: parallelning noto‘g‘ri ko‘rsatilishi «Hisobotlar» / «Tashkilot haqida» bo‘limida umumiy ta'lim bosqichlari* noto‘g‘ri ko‘rsatilishiga olib keladi, chunki Tizim avtomatik ravishda parallelarga qarab sinflarni bosqichlarga ajratadi.
* - umumiy ta'lim darajalarida umumiy ta'lim dasturlarini o‘rganish uchun me'yoriy muxlat:
- I bosqich (boshlang‘ich umumiy ta'lim) - 4 yil (1 dan 4-sinfgacha);
- II bosqich (asosiy umumiy ta'lim) - 5 yil (5 dan 9-sinfgacha);
- III bosqich (o‘rta (to‘liq) umumiy ta'lim) - 2 yil (10 dan 11-sinfgacha).
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish