«Fanlar» to‘g‘risida ma'lumotnoma "Boshqaruv" bo‘limida "Ma'lumotnomalar" blokida joylashgan.
Ta'lim muassasasining fanlar ro‘yxati istalgan vaqtda kengaytirilishi va tahrirlanishi mumkin.
Fanlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlarni, qo‘yidagi huquqlarga ega bo‘lgan xodimlar kiritishi mumkin:
- "Ma'lumotnomalar" blokiga to‘liq kirish huquqiga ega bo‘lgan muharrir;
- administrator.
Fanni qanday yaratish / qo‘shish mumkin?
Yangi fan qo‘shish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak:
- "Ma'lumotnomalar" blokida "Fanlar" havolasini bosing;
- ochilgan sahifaning yuqori o‘ng burchagida "Fan qo‘shish" tugmasini bosing;
- fanning qisqa (dars jadvalida ko‘rsatilishi uchun) va to‘liq nomini kiriting;
- ushbu fan qaysi ta'lim sohasiga tegishli ekanligini ko‘rsating;
- o‘zlashtirish va davomat to‘g‘risidagi yakuniy hisobotlarda fanning ko‘rinishini sozlash uchun ushbu fan bo‘yicha attestasiya mavjudligini tasdiq belgisi bilan belgilang yoki tasdiq belgisini olib tashlang;
- «Yaratish» yoki agar yana fan qo‘shish kerak bo‘lsa «Yana yaratish va qo‘shish» tugmachasini bosing.
Eslatma: fanlarning qisqa va to‘liq nomlari ta'lim muassasasining o‘quv jarayonini tashkil etishga muvofiq kiritiladi.
Fanni qanday tahrirlash mumkin?
Yangi fanni tahrirlash uchun quyidagi harakatlarni bajarish lozim:
- "Ma'lumotnomalar" blokida "Fanlar" havolasini bosing;
- ochilgan sahifada ro‘yxatdan o‘zgartirishni talab qiladigan kerakli fanni toping va uning nomini bosing;
- tegishli maydonlarda o‘zgartirishlar kiriting;
- o‘zgartirishni saqlang.
Fanni qanday o‘chirish mumkin?
Fanni yo‘q qilish uchun quyidagi harakatlarni bajarish lozim:
- Ma'lumotnomalar" blokida "Fanlar" havolasini bosing;
- ochilgan sahifada ro‘yxatdan o‘zgartirishni talab qiladigan kerakli fanni toping va uning nomini bosing;
- fan sahifasida "Fanni o‘chirish" tugmasini bosing;
- o‘chirishni tasdiqlang.
Eslatma: agar joriy yoki o‘tgan o‘quv yillarida ushbu fan bilan bog‘liq ma'lumotlar (darslar, baholar, darslar mavzulari va uy vazifalari) mavjud bo‘lsa, unda fanni o‘chirish faqat qo‘llab-quvvatlash xodimlari tomonidan faqat rasmiy so‘rovga binoan direktorning imzosi va ta'lim tashkilotining muhri bilan amalga oshiriladi.
Diqqat: qo‘llab-quvvatlash xodimlari orqali fanni o‘chirishda, ushbu fanga tegishli barcha ma'lumotlar (darslar, baholar, dars mavzulari va uy vazifalari) Tizimdan butunlay yo‘q qilinadi.
Hech qanday ma'lumot bilan bog‘liq bo‘lmagan fanni yo‘q qilish:
Tegishli ma'lumotlarga ega bo‘lgan fanni o‘chirish:
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish