«Kundalikdagi faoliyat: Shaxsiy» hisoboti taʼlim muassasasi foydalanuvchilarining tanlangan davrdagi shaxsiy faolligini koʼrish uchun ishlab chiqilgan.
Kirish vaqti haqidagi maʼlumot kunida 1 marta soat 4:00 da yangilanadi.
Hisobot tuzish uchun quyidagilarni tanlashingiz kerak:
- oʼquv yili;
- oy;
- rol;
- sinf;
- «Faol boʼlmaganlarni koʼrsatish» filtri.
Аgar siz hisobotda akkaunt yaratgan, lekin shaxsiy sahifasini hali faollashtirmagan foydalanuvchilarni hisobga olishni istasangiz, «Faol boʼlmaganlarni koʼrsatish: Ha» filtrining qiymati belgilanishi kerak. «Kirish» ustunida bunday foydalanuvchilar «-» qiymatiga ega boʼladi.
Hisobot quyidagi parametrlarni hisobga oladi:
- foydalanuvchining toʼliq ismi;
- profildagi foydalanuvchi roli;
- foydalanuvchi aʼzo boʼlgan sinf (har doim «Oʼquvchi», «Ota-onalar» roliga ega foydalanuvchilar, shuningdek sinf oʼqituvchilari boʼlgan xodimlar uchun koʼrsatiladi);
- tanlangan vaqt oraligʼida tizimning toʼliq versiyasi boʼyicha foydalanuvchi faol boʼlgan soni;
- tizimning mobil versiyasi orqali kirishlar soni (faqat oʼqituvchilar uchun);
- foydalanuvchining oxirgi kirish sanasi va vaqti;
- bolaning kundaligini oxirgi koʼrish vaqti (faqat «Ota-ona» roliga ega foydalanuvchilar uchun koʼrsatiladi).
Hisobotning koʼrinishi: barcha xodimlarga.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish