Kundalik tizimi "Kundalik.Smart" platformasi yordamida tayyor darsni yaratish va tayyor uy vazifasini (matnda UV deb ataladi) biriktirish qobiliyatini amalga oshiradi.
Kundalik.Smart platformasi orqali onlayn darsga havolani uy vazifangiz matniga qo‘shish uchun quyidagilar kerak:
- Dars soatlarini rejalashtirish sahifasiga o‘tish;
- "Onlayn vazifani tanlash" tugmasini bosish;
- ochilgan oynada "Vazifani tanlash" tugmasini bosish;
- tayyor vazifalar katalogi bilan "Kundalik.Smart" sayti ochiladi;
Uy vazifasini kundalik.com saytidagi dars rejasiga biriktirish uchun siz sinf va mavzuni tanlashingiz kerak. Dars mavzusi tanlash uchun oyna ochiladi:
- kerakli mavzu ostida "UV-ni berish" tugmasini bosish. Vazifa uchun dizayn tanlash oynasi ochiladi:
- kerakli dizaynni tanlash va "3-qadam" tugmasini bosish. UV-ni sozlash sahifasi ochiladi:
agar kerak bo‘lsa sozlamalarda quyidagilarni o‘zgartirishingiz mumkin:
- fan;
- ushbu vazifa berilishi sanasi;
- vazifadagi savollar soni;
- bajarishga urunishlar soni.
Sozlagandan so‘ng, darhol "UV-ni berish", "Bekor qilish" yoki "Darsni ko‘rish" tugmalarining birini bosishingiz mumkin.
- "Darsni ko‘rish" tugmachasini tanlaganda, yaratilgan darsning sahifasi ochiladi, u yerda darsga qo‘shilgan nazariyani, parametrlarni ko‘rish va mashg‘ulotdan o‘tib, tayyor darsga kiritilgan savol va javoblarni ko‘rish mumkin:
- "UV-ni berish" tugmasi tanlanganda, dars UV sifatida berilganini tasdiqlovchi oyna ochiladi:
- "Guruhlarimga o‘tish" tugmachasini tanlaganingizda, vazifani ustidan ishlashni boshlagan o‘quvchilar ro‘yxati bilan sahifa ochiladi. Ushbu sahifada onlayn UV berilgan barcha sinf o‘quvchilarining harakatlarini ko‘rishingiz mumkin.
O‘quvchilar vazifani bajarish natijalari haqida ma'lumotni ko‘rish uchun "Bajarishni boshladi.." tugmasini bosish kerak. Ochilgan sahifada quyidagilarni ko‘rish mumkin:
- qaysi o‘quvchilar test o‘tish uchun qancha marta urinishgan;
- oxirgi urinish qachon bo‘lgan;
- necha foiz xatoliklar bilan bajargan.
O‘quvchilar ro‘yxati alifbo tartibida yoki urinishlar soni bo‘yicha saralanishi mumkin.
- o‘quvchining to‘liq ismidan keyin "o‘q" belgisini bosganda, uning javoblarini, urinishlar sonini, bajarilish vaqtini va xatolar foizini batafsil ko‘rish mumkin:
Kundalik.Smart tizimi bilan ishlash bo‘yicha savollar paydo bo‘lsa, ekranning yuqori o‘ng burchagidagi "Xat" belgisini bosish orqali yoki ekranning yuqori chap burchagidagi "Yordam" tugmachasini bosishingiz va savol yoki taklif bilan so‘rovni Kundalik texnik yordamga yuborishingiz mumkin. |
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish