Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida eMaktab.uz obunasi uchun toʻlovlarni Telegram orqali amalga oshirish imkoniyati ishlab chiqarildi.
To'lov uchun Telegram - Botni qanday topish mumkin?
"Qo’llab-quvvatlash xizmati" Telegram-botni topishning ikki yo'li mavjud:
1. Telegram messenjerini oching va qidiruv satriga “emaktabuz_bot” deb yozing:
2. Emaktab.uz veb-saytida "Yordam" bo'limini oching va ekranining pastki qismidagi @emaktabuz_bot havolani bosing:
To'lov jarayoni
- botni ishga tushirish uchun "Ishga tushirish" buyrug'ini bosing;
- o'zingiz uchun qulay tilni tanlang;
- menyuda "Obuna uchun to'lov" bandini tanlang;
- Bot variantlardan birini tanlashni taklif qiladi:
“Profilga kirish” - tugmasini bosishingiz va emaktab login va parolingizni kiritishingiz mumkin. Birinchi kirishdan so'ng, bot sizni eslab qoladi va har bir xarid uchun login kiritishingizni talab qilmaydi.
«Profildan chiqish» - agar siz ilgari ma'lumotlarni kiritgan bo'lsangiz, lekin endi boshqa foydalanuvchi uchun to'lovni amalga oshirmoqchi bo'lsangiz, "Chiqish" tugmasini bosishingiz va keyin yangi foydalanuvchi nomi va parol bilan tizimga kirishingiz kerak.
- keyingi qadamda agar ota-ona profiliga kirgan bo'lsangiz to'lov o'tkazish uchun o'quvchini tanlashni taklif qiladi. Agar o'quvchi profiliga kirgan bo'lsangiz, to'lov o'tkazish uchun obuna turini tanlashni taklif qiladi;
- to'lov turini tanlang - click.uz
Agar telefonda click ilovasi o'rnatilgan bo'lsa, bot sizni ilovaga o'tkazadi. To'lovni tasdiqlash kerak. Agar telefonda click ilovasi oʻrnatilmagan boʻlsa, u holda bot sizni toʻlov formasiga click.uz saytiga oʻtkazadi, u yerda click bilan bogʻliq telefon raqamini kiritish yoki karta maʼlumotlarini kiritish orqali koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishingiz mumkin.
To'lovni tasdiqlaganingizdan so'ng, bot muvaffaqiyatli to'lov haqida bildirishnoma yuboradi.
Obuna turlari
- Emaktab web - veb-brauzer orqali barcha emaktab.uz funksiyalarga kirish. Obuna har bir o‘quvchi uchun alohida xarid qilinadi va yiliga 7 000 so‘mni tashkil etadi. (Siz faqat sayt orqali to‘lashingiz mumkin).
- Emaktab PRO - veb-brauzer va eMaktab.Oila ilovasi orqali emaktabning barcha funksiyalarga kirish. Obuna oilaviy bo‘lib, yiliga 40 000 so‘mni tashkil qiladi. Obunani sayt orqali ham, ilova orqali ham xarid qilish mumkin.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish