Vaqtinchalik dars jadvali - hisobot davri uchun kelishilgan yakuniy dars jadvalining yo'qligi sababli o'quv yilining boshida bir necha kun yoki haftalar uchun tuzilgan jadval.
Hisobot davrlarining (semestrlar yoki choraklarning) aniq boshlanish va tugash sanalari yaratilish vaqtida noma'lum bo'lsa ham Tizimda vaqtinchalik dars jadvalini yaratish mumkin - buning uchun "Darslarni yaratish generatorida" vaqtinchalik jadval sxemasini yaratish va hisobot davrining bir yoki bir necha birinchi haftalari uchun nashr etish kerak.
Vaqtinchalik dars jadvalini yaratish uchun:
- "Ta'lim" → "Dars jadvali" bo'limiga o'ting;
- "Dars jadvali" yorlig'ida kerakli sinfni tanlang va "Darslarni yaratish generatori" havolasini bosing;
- ekranning o'ng tomonidagi "Darslar jadvalining yangi sxemasi" tugmasini bosing;
- nomini belgilang va "Yaratish" tugmasini bosing;
Masalan, jadvalni "Vaqtinchalik dars jadvali" deb nomlashingiz mumkin.
- ochilgan sahifada vaqtinchalik dars jadvali to'ldirilishi kerak bo'lgan bo'sh hafta ko'rsatiladi. To'ldirish uchun dars katakchasini bosing (haftaning istalgan kuniga va dars raqamiga qarab), dars ma'lumotlarini to'ldiring;
- "Yaratish" tugmasini bosing;
- shunday qilib, qolgan barcha darslarni to'ldirish kerak va buni bir necha marta qo'lda dars yaratishdan ko'ra, avval yaratilgan darslarni nusxalash orqali qulay va tez bajarishingiz mumkin;
- yaratilgan jadval sxemasini nashr qilish uchun "Nashr etish" havolasini bosish kerak;
- kerakli chorak va haftani tanlab (nashr qilingan darslar jadvalda to'q sariq rangda ajratib ko'rsatiladi), "Nashr qilish" tugmasini bosish kerak.
Vaqtinchalik dars jadvali nash qilingandan so'ng, tanlangan davr uchun asosiy jadval sxemasiga o'tasiz. Agar dars jadvalingizda o'zgarishlar paydo bo'lsa, ushbu sxemada yangi darslar yaratishingiz mumkin bo'ladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish