O‘quvchini 1-sinfga qoldirish haqidagi qaror metodik kengash (birlashma) tavsiyasiga ko‘ra Maktab (pedkengash) kengashi tomonidangina qabul qilinishi mumkin.
O‘quv dasturini majburiy talablar darajasida o‘zlashtira olmagan 5-9 sinf o‘quvchilari Maktab pedagogika kengashi qaroriga ko‘ra o‘rnini bosuvchi ta’lim sinflariga o‘tkaziladilar. Ular tegishli bilim darajalariga erishganlaridan so‘ng oddiy sinflarga o‘tkazishlari mumkin. Bundan tashqari, ularning o‘qishi yakka tartibdagi rejalar bo‘yicha ham tashkil etilishi mumkin.
Ikki marta bir sinfda qayta o‘qish uchun qoldirilgan o‘quvchilarga nisbatan Maktab pedagogika kengashi ruhiy-tibbiy pedagogika komissiyasi xulosasiga asosan ularni yordamchi o‘quv-tarbiya muassasalariga, sinflar va maktablarni to‘ldirish uchun o‘qishga yuborishga tavsiyanoma beradi.
10-11 sinfni bitirgan va ayrim fanlardan imtihon topshira olmagan o‘quvchilarga ularni bitiruv imtihonlaridan so‘ng 2 oy ichida qayta topshirish huquqi beriladi. Qoniqarsiz baho olganda o‘quvchilarga eksternat tartibda imtihon topshirish huquqi bilan maktabda o‘qilganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.
Emaktab.uz saytida o'quvchini ikkinchi yilga qanday qoldirish mumkin
Muhim: O'quvchini ikkinchi yiolga qoldirish uchun, talab qilinadigan sinf yangi o'quv yiliga allaqachon o'tkazilgan / yaratilgan bo'lishi kerak.
Misol:
- O‘quvchisi Aliyeva Shohida 2023-2024 o‘quv yilida 6 “A” sinfida o‘qigan va o‘quv natijalari yomon bo‘lgani uchun ikkinchi yilga qolgan.
- Birinchi o'rinda, 2023-2024 o‘quv yilidagi 5A sinfini yangi 2024-2025 o‘quv yiliga 6A sinf sifatida o‘tkazish zarur.
- Shundan soʻng, 2024-2025 oʻquv yilidagi 6A sinfini Aliyeva Shohida qayta o'qiydigan sinf sifatida ko'rsatib pastdagi koʻrsatmalarga amal qilib ko'chiring.
Qadamlar:
- "Administratsiya: sinflar ro'yxati" sahifasiga o'ting.
- Kerakli sinfni tanlang.
- Ekranning o'ng tomonida "Sinfni yangi o'quv yiliga o'tkazish" tugmasini bosing.
- O'tkazish turini "O'quvchilarni tanlashtanlab" sifatida tanlang.
- To'g'ri o'quv yili, o'quvchi qayta o'qitiladigan sinf, buyruqning raqami va sanasini ko'rsating va buyruq turini tanlang.
- Kerakli o'quvchini tanlang va "Keyingi qadam" tugmasini bosing.
- O'tkazishni tasdiqlang.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish