O'quv rejalari (TMR)da tanlov fanlari ko'zda tutilgan maktablarda:
№ | eMaktabdagi fan nomi | eduERPdagi fan nomi |
1 | Algebra tanlov | Algebra tanlov |
2 | Geometriya tanlov | Geometriya tanlov |
3 | Ona-tili tanlov | Ona-tili tanlov |
4 | Adabiyot tanlov | Adabiyot tanlov |
5 | Ingliz-tili tanlov | Ingliz-tili tanlov |
6 | Fizika tanlov | Fizika tanlov |
7 | Kimyo tanlov | Kimyo tanlov |
8 | Biologiya tanlov | Biologiya tanlov |
Bunday fanlar bo'yicha jurnallarni to'g'ri saqlash uchun sizga quyidagilar kerak:
- Maktabda fan to‘g‘ri yaratilishi;
- Fan yaratilayotganda uni eduERP'dagi to‘g‘ri nomga bog‘lash.
Yangi fan qo‘shish uchun:
- "Adminstratsiya" bo‘limidagi "Ma’lumotnomalar" qismida "Fanlar" havolasini bosing.
- Ochilgan sahifaning yuqori o‘ng burchagida "Fan qo‘shish" tugmasini bosing.
- Fanning qisqa va to‘liq nomini kiriting.
- EduERP'dan to‘g‘ri fan nomini tanlash majburiy.
- "Ta’lim sohasi" qatorida "Boshqalar" ni tanlang.
- Ushbu fanga attestatsiya bor yoki yo‘qligini belgilab qo‘ying (bu uning o'zlashtirish va davomati bo‘yicha yakuniy hisobotlarda ko‘rinishini ta’minlaydi).
- "Yaratish" yoki davom ettirish uchun "Yaratish va yana qo‘shish" tugmasini bosing.
Eslatma: Fanning qisqa va to‘liq nomlari o‘quv jarayoniga mos kelishi kerak. O'zlashtirish hisobotlarida va jurnallarni chop etishda eduERP'dagi fan nomlari ko‘rsatiladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish