1-qadam. Maktabni ro‘yxatdan o‘tkazish
Maktabni eMaktab.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun anketani quyidagi havola orqali yuklab oling: https://emaktab.uz/ad/promo/oo-uz, to‘ldirib, team@emaktab.uz elektron pochtasiga yuboring. Login va parol olishni kuting, eMaktab tizimida maktab registratsiyasini yakunlash uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling: https://help.emaktab.uz/hc/uz/articles/16531519608348.
2-qadam. Sinflarga o‘quvchilarni import qilish
Yangi sinf yaratish uchun "Boshqaruv" bo‘limiga o‘ting va "Sinflar" blokini tanlang. So‘ngra tegishli o‘quv yilini ko‘rsatgan holda sinflar yarating. Batafsil yo‘riqnomani bu yerda topish mumkin: https://help.emaktab.uz/hc/uz/articles/9805743369756.
O‘quvchilarni qo‘shish uchun "Boshqaruv" bo‘limiga o‘ting va "Sinflar ro‘yxati" blokini tanlang, ularning ma’lumotlari bilan namunani to‘ldiring va import funksiyasidan foydalanib tizimga yuklang. O‘quvchilarni import qilish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin: https://help.emaktab.uz/hc/uz/articles/14732189951004.
3-qadam. Dars jadval yaratish
Fanlar bo‘yicha jurnallar yaratish uchun har chorak uchun har bir sinf bo'yicha dars jadvalini tuzish kerak. "Ta'lim" menyusida "Dars jadvali" bo‘limiga o‘ting va tanlangan sinf uchun dars jadvalini yarating. Dars jadvalni yaratish bo‘yicha batafsil ko‘rsatma quyidagi havola orqali taqdim etilgan: https://help.emaktab.uz/hc/uz/articles/9816606294172
4-qadam. Baholarni import qilish
Baholarni import qilish uchun o‘quvchilar ma’lumotlari va baholar namunasini to‘ldiring va uni "Ta'lim" bo‘limining "Jurnal" bo‘limida, Jurnaldagi baholarni import qilish funksiyasidan foydalanib tizimga yuklang. Jurnal bilan ishlash va baholarni import qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan bu yerda tanishish mumkin: https://help.emaktab.uz/hc/uz/articles/360003702799
Ushbu qadamlar eMaktab tizimida asosiy jarayonlarni muvaffaqiyatli sozlashingizga yordam beradi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish