🎁 Olingan mukofotlarni qanday ko‘rish mumkin?
Allaqachon almashtirilgan sovg‘alarni ko‘rish va promokodlardan foydalanish uchun:
1-qadam: eMaktab.Bonus sahifasiga o‘ting
Bonuslar sahifasini qulay bo‘lgan usulda oching:
-
“eSum olish” tugmasi orqali;
-
e.So’m bonus belgisi orqali;
-
Yoki menyudagi “Mening ballarim” bo‘limi orqali.
2-qadam: “Mening mukofotlarim” bo‘limini oching
Ushbu sahifada siz faollashtirgan barcha mukofotlar aks etadi.
Har bir mukofot bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
🏷️ Mukofot nomi — aksiyaning yoki taklifning nomi;
🔑 Promokod — sovg‘a yoki chegirma olish uchun kod;
📅 Promokod amal qilish muddati — qachongacha ishlatish mumkinligi;
ℹ️ Qo‘llanma — promokodni qanday va qayerda ishlatish bo‘yicha qisqa yo‘riqnoma (masalan: “Hamkor saytida kodni kiriting” yoki “To‘lov vaqtida ko‘rsating”).
⚠️ Diqqat!
Ushbu Sodiqlik dasturining amal qilish muddati: 12.03.2025 dan 31.05.2025 gacha.
Shundan so‘ng:
— ishlatilmagan barcha ballar bekor qilinadi;
— yangi almashtirishlar va ballarni yig‘ish imkoniyati yopiladi.
Agar Profil (eMaktab akkaunti) o‘chirib yuborilsa:
— barcha yig‘ilgan e.So’m ballar qayta tiklanmasdan o‘chiriladi;
— mukofotlar tarixi va dasturdagi yutuqlar ham yo‘qoladi.
📌 Ma’lumot: |
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish