1. Faylni oching va filtrlarni yoqing
Excel → Ma’lumotlar (Data) bo‘limi → Filtr.
Filtrlar muammo bo‘lgan yozuvlarni tez topishga yordam beradi.
2. Qatorlarni o‘zingizning maktabingiz bo‘yicha filtrlang
Ustun: schoolName (Joriy yil).
Faqat o‘zingizning maktabingizni qoldiring.
3. “Muammo” ustuniga e’tibor bering
Agar u yerda quyidagilar yozilgan bo‘lsa:
- “Noto‘g‘ri a’zolik”
- “Yozuvlar aralashgan”
- “Parallelda noto‘g‘ri o‘zgarish”
— bu yozuv tekshiruvni talab qiladi.
4. Ma’lumot bloklarini (chapdan o‘ngga) tekshiring
4.1. Joriy yil
O‘quvchi hozir qaysi maktab va sinfda turibdi — shuni ko‘rsatadi.
4.2. O‘quvchi 01.08.2025 dan o‘quv yili boshlanguncha qayerda bo‘lgan
Bu — yil boshlanishidan oldingi ma’lumotlar.
Agar maktab yoki parallel mos kelmasa → aralashish bo‘lishi mumkin.
4.3. O‘tgan o‘quv yili
Tekshiramiz:
- o‘tgan yilgi maktab joriy yildagi maktab bilan mosmi;
- o‘tish to‘g‘rimi (masalan: 9 → 10 sinf).
5. Texnik tekshiruvlarni ko‘ring (oxirgi ustunlar)
Qiymatlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- ИСТИНА (rost) — hamma narsa to‘g‘ri
- ЛОЖЬ (yolg‘on) — mos kelmaslik bor, o‘rganish kerak
Agar hech bo‘lmaganda bitta ЛОЖЬ (yolg‘on) bo‘lsa - yozuv tekshiruvni talab qiladi.
6. Qaysi qator to‘g‘ri ekanini qanday aniqlash mumkin
Agar bir o‘quvchiga tegishli ikkita qator bo‘lsa:
✔ To‘g‘ri yozuv odatda:
- o‘tgan yilgi ma’lumotlar bilan mos keladi;
- parallelda o‘tish to‘g‘ri (mantiqan) bo‘ladi;
- maktab va shahar o‘zgarmagan bo‘ladi;
- barcha tekshiruvlar ИСТИНА (rost) bo‘ladi.
❌ Noto‘g‘ri yozuv odatda:
- maktab keskin o‘zgargan bo‘ladi;
- parallel mantiqsiz pasayadi yoki o‘zgaradi (masalan: 9 → 2);
- yil boshi va yil oxiri ma’lumotlari mos kelmaydi;
- oxirida ko‘p ЛОЖЬ (yolg‘on) bo‘ladi.
7. Tahlildan so‘ng nima qilish kerak
Quyidagilarni aniqlang:
- qaysi yozuv - sizing maktabingizdagi haqiqiy o‘quvchi;
- qaysi yozuv - xato kiritilgan;
va keyin “eMaktabda o‘quvchini qanday tekshirish va ma’lumotlarni to‘g‘rilash mumkin” ko‘rsatmasiga muvofiq harakat qiling.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish