| Qadamlarni bajarishdan oldin Excel-fayl bilan ishlash bo‘yicha birinchi ko‘rsatma bilan tanishing. Unda o‘quvchining noto‘g‘ri va to‘g‘ri qaydini qanday aniqlash tushuntirilgan. |
1 Qadam. Tizimdan o‘quvchini toping
Sahifasiga kiring:
Maktab sozlamalari → Administratsiya → Odamlar → O‘quvchilar ro‘yxati
Kerakli o‘quvchini F.I.SH. bo‘yicha toping
2 Qadam. O‘quvchi kartochkasini oching va quyidagilarni tekshiring:
Tekshirilishi shart:
- F.I.SH (Familiya ismi sharifi)
- Tug‘ilgan sanasi
- JSHSHIR
- Maktab
- Sinf
- Parallel
- Migratsiya (harakatlanish tarixi)
- Bog‘langan qarindosh va ota-onalar
- Tabel (aralash baholar bo‘yicha)
Eslatma: agar ko‘chirish (migratsiya) bo‘limida bir vaqtning o‘zida ikkita o‘quv maskani yoki ikkita turli sinf ko‘rsatilgan bo‘lsa — bu aralashib ketganini bildiradi.
3 Qadam. EduERP ma’lumotlari bilan solishtiring
Quyidagilarni tekshiring:
- o‘quvchi EduERP’da aynan sizning sizning maktabingizga biriktirilgan bo‘lsin;
- JShShIR va F.I.Sh. to‘liq mos bo‘lsin;
- sinf o‘quvchining haqiqiy sinfiga mos bo‘lsin.
!!! Agar EduERP’da boshqa maktab ko‘rsatilgan bo‘lsa — demak, mas’ul xodim emaktab.uz tizimida o‘quvchini JShShIR yoki boshqa o‘quvchiga tegishli login orqali noto‘g‘ri qo‘shgan.
4 Qadam. Har bir holatda bajariladigan amallar
✔ HOLAT A: o‘quvchi haqiqatan ham sizning o‘quv maskingizda o‘qiydi
(Ma’lumotlar faqat noto‘g‘ri kiritilgan)
Quyidagilarni bajaring:
- EduERP ma’lumotlariga mos ravishda F.I.Sh., JShShIR, tug‘ilgan sanani to‘g‘rilang;
- maktab, sinf va parallelni (kerak bo‘lsa) to‘g‘rilang;
- “Ko‘chirish (migratsiya)” bo‘limida o‘tgan yilgi sinfdan o‘tish tartibini tekshiring;
- o‘quvchining takror (dublikat) qaydi yo‘qligini tekshiring;
- Excel faylida shu o‘quvchi bo‘yicha xato takrorlanmasligini ta’minlang.
❌ HOLAT B: o‘quvchi sizning o‘quv maskingizniki emas
(U noto‘g‘ri JShShIR yoki login asosida qo‘shilgan)
1. To‘g‘ri o‘quvchini tizimga qo‘shing
Agar o‘quvchi eMaktab tizimida mavjud bo‘lsa:
- Yo‘l:
Maktab sozlamalari → Boshqaruv → Shaxslar → Qo‘shish → Yangi shaxs qo‘shish
- Qo‘shish turi:
“Mavjud foydalanuvchini qo‘shish”
- JShShIR yoki login kiriting.
O‘quvchining ma’lumotlari EduERP dagi ma’lumotlarga to‘liq mos kelishini tekshiring.
Qo‘shishni (yaratishni) tasdiqlang.
Agar o‘quvchi tizimda topilmasa (masalan, 1-sinfga yangi qabul qilingan bo‘lsa):
Yangi qayd yarating:
- O‘quv maskani sozlamalari → Boshqaruv → Shaxslar → Yangi shaxs yaratish
- Ko‘rsating: o‘rni (o‘quvchi), o‘quv yili, sinf, sinfga qabul sanasi, maktabga qabul sanasi, F.I.Sh., tug‘ilgan sana, JShShIR, jinsi.
- Tasdiqlang.
- “Qarindoshlar” bo‘limida ota-onani qo‘shing.
2. Baholarni to‘g‘ri o‘quvchiga ko‘chiring
- Fan jurnallarini oching;
- xato qo‘shilgan o‘quvchining baholarini toping;
- aynan shu baholarni to‘g‘ri o‘quvchiga qo‘lda kiriting;
- yakuniy baholarni ham tekshiring.
!!! Agar baholar 14 kundan eski bo‘lsa:
- Tuman bo‘limiga (RayONO) murojaat yuboring;
- baholar ro‘yxati (jadval)ni ilova qiling;
- ruxsat olingach — baholar jurnallarga markazlashgan xolatda kiritadi.
3. Noto‘g‘ri qo‘shilgan o‘quvchini chiqarib yuboring
Yo‘l:
O‘quv maskani sozlamalari → Boshqaruv → Shaxslar → O‘quvchini tanlash → Ko‘rish → Chiqarish
Chiqarish turi:
“Xatolik sababli”
Eslatma: Bu migratsiya jarayonida ortiqcha maktablar paydo bo‘lib ketishining oldini oladi.
5 Qadam. Yakuniy tekshiruv
- o‘quvchida faqat bitta qayd qoldi;
- barcha baholar to‘g‘ri tiklangan;
- eMaktabdagi ma’lumotlar Excel, EduERP va real holatga mos;
- texnik tekshiruvlar to‘g‘ri natija bermoqda.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish