«Ota-ona» roli mavjud bo‘lgan foydalanuvchiga «O‘qituvchi» rolini qo‘shish
«Ota-ona» roliga ega bo‘lgan foydalanuvchiga «O‘qituvchi» rolini qo‘shish uchun «Odamlar» blokiga kirish huquqiga ega bo‘lgan muharrir yoki ma'mur quyidagilarni bajarishi kerak:
1-qadam. «Boshqaruv» bo‘limiga o‘ting va «Odamlar» blokidagi «Yangi odam» bandini bosing.
Shuningdek, ushbu amaliyotni «Odamlar ro‘yxati» bo‘limida sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi «Shaxsni yaratish» havolasini bosish orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Ishtirokchini qo‘shish usulini tanlang: «Tizimda mavjud foydalanuvchi».
2-qadam. «O‘qituvchi» rolini tanlang, ta'lim muassasasiga kelgan sanani ko‘rsating, o‘qituvchi etib tayinlanadigan foydalanuvchining familiyasi, ismi, loginini kiriting.
3-qadam. Ochilgan sahifada kiritilgan ma'lumotlarni diqqat bilan tekshiring. «Yaratish» tugmasini bosing.
Endi foydalanuvchi tizmimda «Ota-ona» va «O‘qituvchi» rollariga ega.
Xodim sifatida o‘quv tashkilotiga qo‘shilishni tugatish uchun foydalanuvchi o‘z profilining sozlamalarida tashkilotga kirish taklifini qabul qilishi kerak. Ko‘proq ma'lumotlarni ushbu maqolada o‘qing: Foydalanuvchilarni ta'lim muassasasiga qo‘shish.
«O‘qituvchi» roliga ega bo‘lgan foydalanuvchiga «Ota-ona» rolini qo‘shish
«Ota-ona» rolini «O‘qituvchi» roliga ega foydalanuvchiga qo‘shish uchun «Odamlar» blokiga kirish huquqiga ega bo‘lgan muharrir yoki ma'mur quyidagilarni bajarishi kerak:
1-qadam. «Ma'muriyat» bo‘limiga o‘ting va «Odamlar ro‘yxati» havolasini bosing.
2-qadam. O‘qituvchi bilan oilaviy munosabatlarni qo‘shishi kerak bo‘lgan o‘quvchining ismini kiriting.
3-qadam. Ismning o‘ng tomonidagi qalam belgisini bosing.
4-qadam. «Qarindoshlar» yorlig‘iga o‘ting, «Qarindoshni qo‘shish» tugmasini bosing.
5-qadam. «Maktabingizdan» bandini tanlang, o‘qituvchining ismini kiriting, «Topish» tugmasini bosing.
6-qadam. O‘qituvchining ismini bosing. Ochilgan oynada qarindoshlik turini tanlang va «Bog‘lash» tugmasini bosing.
Endi foydalanuvchi «Ota-ona» va «O‘qituvchi» rollarini birlashtiradi.
O‘quvchning qonuniy vakili sifatida o‘quv tashkilotiga qo‘shilishni tasdiqlash uchun foydalanuvchi o‘z profilining sozlamalarida ushbu tashkilotga kirish taklifini qabul qilishi kerak. Batafsil ma'lumotni maqolada o‘qing: Foydalanuvchilarni ta'lim muassasasiga qo‘shish.
«Ota-ona» roliga ega bo‘lgan foydalanuvchidan «O‘qituvchi» rolini olib tashlash
«Ota-ona» roliga ega foydalanuvchidan «O‘qituvchi» rolini olib tashlash uchun «Odamlar» blokiga kirish huquqiga ega bo‘lgan muharrir yoki ma'mur quyidagilarni bajarishi kerak:
1-qadam. «Boshqaruv» bo‘limiga o‘ting va «Odamlar» bandida kerakli familiyani (FISh) kiriting va «Topish» tugmasini bosing.
2-qadam. Ism familiyaning o‘ng tomonidagi qalam belgisini bosing.
3-qadam. Sahifaning o‘ng tomonida «Maktabdan chiqarish» tugmasini bosing.
4-qadam. «Haqiqiy» istisno turini tanlang, a'zoligi tugagan sanani ko‘rsating, «Keyingi» tugmasini bosing va istisnoni tasdiqlang. Foydalanuvchi maktabdan chiqarilgandan so‘ng faqat Ota-ona rolini saqlab qoladi.
«O‘qituvchi» roliga ega bo‘lgan foydalanuvchidan «Ota-ona» rolini olib tashlash
«O‘qituvchi» roliga ega foydalanuvchidan «Ota-ona» rolini o‘chirish uchun, «Odamlar» blokiga kirish huquqiga ega bo‘lgan administrator yoki muharrir quyidagilarni bajarishi kerak:
1-qadam. «Boshqaruv» bo‘limiga o‘ting va «Odamlar» bandida kerakli ism familiyani kiriting va «Topish» tugmasini bosing.
2-qadam. Ism familiyaning o‘ng tomonidagi qalam belgisini bosing.
3-qadam. «Bolalar» yorlig‘iga o‘ting va bolaning ismining yonida «» belgisini bosing. Ushbu harakat tasdiqlangandan so‘ng foydalanuvchi faqat «O‘qituvchi» rolini saqlab qoladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish