Kundalik tizim mantig‘iga muvofiq, yangi o‘quv yiliga o‘tish 1 -avgustdan boshlanadi.
Sinflarni yangi o‘quv yiliga avgustgacha o‘tkazish tavsiya etilmaydi, chunki yozgi davrda o‘quvchilar maktabdan maktabga ko‘chiriladi va o‘quvchi sinfni yangi o‘quv yiliga o‘tkazishdan oldin maktabdan chiqarilishi kerak.
Sinfni keyingi o‘quv yiliga va «Arxiv»-ga o‘tkazish tugmachalari sinf sahifasini tahrirlash bo‘limida «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ida ekranning o‘ng tomonida alohida blokda joylashgan.
Administrator va «Sinflar» blokiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan muharrirlar sinf ma'lumotlarini tahrirlashi, uni chiqarishi va keyingi o‘quv yiliga o‘tkazishi mumkin.
Eslatma: «Sinfni chiqarish» tugmasi faqatgina sinfda «Bitiruvchi sinf» parametrining qarshisida tasdiq belgisi bo‘lgan xoldagina mavjud bo‘ladi. Belgini o‘rnatish uchun siz «Umumiy ko‘rinish» yorlig‘ining o‘ng tomonida joylashgan «Tahrirlash» yorlig‘ini bosish orqali sozlamalarga o‘tishingiz mumkin.
Shunday qilib, ta'lim muassasasining xodimi quyidagilarni bajarishi mumkin:
- yangi o‘quv yiliga butun sinfni hamda o‘quvchilarni tanlagan xolda o‘tkazish;
- sinfni «Arxiv»ga o‘tkazish;
- sinfni chiqarish;
- sinfni o‘chirish.
O‘quv yili tugaganidan keyin barcha sinflar quyidagi xolatda bo‘lishi kerak:
- yoki chiqarilgan;
- yoki keyingi o‘quv yiliga o‘tkazilgan;
- yoki «Arxiv» ga o‘tkazilgan.
Chiqarish, keyingi o‘quv yiliga o‘tkazish va arxivga o‘tkazish Sinflar ro‘yxati sahifasida sinf nomida aks etkaziladi:
- qora rang bilan yangi o‘quv yiliga ko‘chirilgan sinflar belgilanadi;
- kulrang bilan arxivga o‘tkazilgan sinflar belgilanadi;
- ko‘k rang bilan hali arxivga yoki yangi o‘quv yiliga o‘tkazilmagan faol sinflar belgilanadi.
Yangi o‘quv yilida yetishmayotgan sinflarni yaratish
Mavjud sinflarni keyingi o‘quv yiliga o‘tkazgandan so‘ng yangi o‘quv yilida eMaktab tizimida hali mavjud bo‘lmagan sinflarni yarating:
- yangi 1-sinflar;
- 9-sinfdan keyin o‘qishni davom ettiradigan o‘quvchilar uchun 10-sinflar;
- ERP.MAKTAB.UZ tizimida mavjud, ammo eMaktab tizimida mavjud bo‘lmagan boshqa sinflar.
Sinxronlashtirish o‘quvchilarni mavjud sinflarga taqsimlaydi, ammo sinflarni yaratmaydi. Shu sababli sinxronlashtirishni ishga tushirishdan oldin ERP.MAKTAB.UZ tizimida ko‘rsatilgan barcha sinflar eMaktab tizimida yaratilgan bo‘lishi kerak.
Har bir sinfning kodi ERP.MAKTAB.UZ tizimidagi tegishli sinf kodi bilan to‘liq mos kelishi kerak.
Batafsil ko‘rsatma: O‘quv yili boshida yangi sinflarni tashkil etish.
Barcha zarur sinflar yaratilgandan so‘ng ERP.MAKTAB.UZ bilan sinxronlashtirishni ishga tushiring. O‘quvchilarni sinflarga qo‘lda qo‘shish, import qilish yoki taqsimlash talab etilmaydi.
Ota-onalar va qarindoshlik aloqalari sinxronlashtirishdan keyin alohida qo‘shiladi.
Butun sinfni yangi o‘quv yiliga o‘tkazish
Butun sinfni yangi o‘quv yiliga o‘tkazish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
- ochilgan sinf sahifasida ekranning o‘ng tomonidagi «Yangi o‘quv yiliga o‘tkazish» havolasini bosing;
- «Butun sinf» turini tanlang;
- «Keyingi qadam» tugmasini bosing;
- yangi sinf nomini va parallelini belgilang. Agar kerak bo‘lsa, «Bitiruvchi sinf» katagiga belgi qo‘ying;
- «Keyingi qadam» tugmasini bosing.
Eslatmalar:
- ushbu operatsiya davomida tugallangan o‘quv yilida sinf profilida joylashtirilgan asosiy ma'lumotlar saqlanib qoladi;
- agar kerak bo‘lsa, ko‘chirish haqida buyrug‘ tafsilotlarini ko‘rsatishingiz mumkin.
Eslatma. O‘quvchilarni tanlab o‘tkazish alohida holatlar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha imkoniyatdir. Maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash doirasida o‘quvchilarni sinflarga qo‘lda taqsimlash talab etilmaydi — zarur qabul qilish va o‘tkazish amallari ERP.MAKTAB.UZ bilan sinxronlashtirish jarayonida avtomatik ravishda bajariladi.
Sinfdan tanlangan o‘quvchilarni yangi o‘quv yiliga o‘tkazish
Sinfdan tanlangan o‘quvchilarni ko‘chirish turi faqat yangi o‘quv yilida kerakli sinflar yaratilgan holda mavjud.
Sinfda tanlangan o‘quvchilarni yangi o‘quv yiliga o‘tkazish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
- ochilgan sinf sahifasida ekranning o‘ng tomonidagi «Yangi o‘quv yiliga o‘tkazish» havolasini bosing;
- «Tanlangan o‘quvchilar» turini tanlang;
- «Keyingi qadam» tugmasini bosing;
- o‘quv yilini belgilang, ro‘yxatdan sinfni tanlang, o‘tkazish turini va yangi o‘quv yiliga o‘tkaziladigan o‘quvchilarni tanlang;
- «Keyingi qadam» tugmasini bosing.
Qolgan o‘quvchilar o‘chirilishi yoki «Arxiv» ga o‘tkazilishi kerak.
Eslatmalar:
- agar kerak bo‘lsa, ko‘chirish haqida buyrug‘ tafsilotlarini ko‘rsatishingiz mumkin;
- «Xaqiqiy» ko‘chirish turini tanlaganda, o‘quvchilarni yangi sinfga a'zo bo‘lish sanasini to‘g‘ri ko‘rsatish kerak.
Diqqat! 2-8 va 10-sinflar yangi o‘quv yiliga yuqoridagi usullardan birida o‘tkazilishi kerak. 9 va 11 -sinflar har bir o‘quvchi uchun attestat ma'lumotlarini ko‘rsatgan holda chiqarilishi kerak.
9-sinflarni chiqarish va o‘quvchilarni 10-sinfga qabul qilish
9-sinflar bitiruvchi sinflar hisoblanadi. O‘qish yakunlangandan so‘ng ularni o‘quvchilarning attestat ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda chiqarish kerak.
Sinfni qanday chiqarish mumkin?
- «Ma’muriyat» → «Sinflar ro‘yxati» bo‘limiga o‘ting.
- Kerakli o‘quv yilini tanlang va 9-sinfni oching.
- Sahifaning o‘ng tomonidagi «Sinfni chiqarish» tugmasini bosing.
- Chiqarish sanasi, buyruq turi va raqamini ko‘rsating.
- Har bir o‘quvchining F.I.Sh. yonida attestat ma’lumotlarini kiriting.
- «Chiqarish» tugmasini bosing.
Eslatma. 11-sinflarni chiqarishda ham xuddi shu harakatlar bajariladi.
O‘quvchilarni 10-sinfga qanday qabul qilish mumkin?
ERP.MAKTAB.UZ tizimida 10-sinflar shakllantirilib, o‘quvchilar taqsimlangandan so‘ng:
- «Ma’muriyat» → «Sinflar ro‘yxati» bo‘limiga o‘ting.
- Yangi o‘quv yilini tanlang.
- Agar kerakli 10-sinf hali yaratilmagan bo‘lsa, uni yarating.
- Sinf kodi ERP.MAKTAB.UZ tizimidagi tegishli sinf kodi bilan to‘liq mos kelishini tekshiring.
- ERP.MAKTAB.UZ bilan sinxronlashtirishni ishga tushiring.
- Sinxronlashtirish yakunlangandan so‘ng 10-sinf o‘quvchilari ro‘yxatini tekshiring.
Tizim maktabda o‘qishni davom ettiradigan o‘quvchilarni tegishli 10-sinfga avtomatik ravishda qabul qiladi. Har bir o‘quvchini qo‘lda tiklash yoki sinfga qo‘shish talab etilmaydi.
Batafsil ko‘rsatma: Maktab ma’lumotlarini ERP.MAKTAB.UZ bilan qanday sinxronlashtirish mumkin?.
Sinfni «Arxiv»ga o‘tkazish
Sinfni «Arxivga» ko‘chirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
- ekranning o‘ng tomonidagi «Maktabdan chiqarish» yoki «Arxivga o‘tkazish» havolasini bosing.
Agar sinf xatolik tufayli maktabdan chiqarilgan bo‘lsa, uni tiklash mumkin. Sinf profilini tiklash uchun quyidagilar zarur:
- «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
- «Sinf sozlamalari» rejimida ekranning o‘ng tomonidagi «Arxivdan tiklash» havolasini bosing;
- tiklashni tasdiqlang.
Sinfni «Arxiv» ga o‘tkazganda barcha ishtirokchilar ta'lim muassasasi profilidan chiqariladi. O‘quvchilarni ta'lim muassasasiga faqat bittadan alohida qayta tiklash mumkin. Bu haqida batafsil ma'lumotni «Maktabdan chiqarilgan o‘quvchini qanday qo‘shish mumkin?» maqolasida o‘qing.
Sinfni o‘chirish
Sinf profilini o‘chirish uchun quyidagilar kerak:
- «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
- ekranning o‘ng tomonidagi «O‘chirish» havolasini bosing;
- o‘chirishni «Ha, yo‘q qilish» tugmasini bosib tasdiqlang.
Eslatma: sinfni biron bir ma'lumot bilan bog‘liq bo‘lmagan taqdirda yo‘q qilish mumkin: o‘quvchilar, dars jadvali, uy vazifasi va baholar.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish