«Oʼzgarishlar tarixi: Jurnal» hisobotida tanlangan davr uchun maʼlum bir sinfning jurnali bilan bajarilgan barcha harakatlar, jurnalda kiritilgan oʼzgartirishlarning sanasi, vaqti va oʼzgartirishlar kiritgan foydalanuvchining ismi bilan qayd etiladi: belgilarni oʼrnatish, oʼzgartirish va oʼchirish (darsda qatnashish, baholar va sharhlar).
Hisobotni yaratish uchun quyidagilarni tanlash kerak:
- oʼquv yili;
- sinf;
- fan;
- hisobot davri;
- darslar oʼtkazilgan vaqt oraligʼi.
Hisobot xronologik tartibda, jurnaldagi soʼnggi oʼzgarishlardan boshlab, oʼzgarishlar kiritilgan sana boʼyicha boʼlingan xolda tuziladi.
Hisobotning bitta sahifasida faqat 20 ta yozuv koʼrsatiladi. Boshqa yozuvlarni koʼrish uchun hisobotning pastki qismidagi sahifa raqamidan foydalaning.
Hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
- oʼzgartirish vaqti;
- oʼzgartirishlar muallifi;
- maʼlumoti oʼzgartirilgan darsning soni va dars oʼtkazilgan sanasi;
- amalga oshirilgan harakatlar:
- belgini qoʼshish;
- belgini oʼzgartirish;
- belgini oʼchirish;
- belgilar turi: baho yoki davomat;
- darsdagi ishlar turi;
- eski belgi;
- yangi belgi;
- oʼzgartirishlar kiritilgan oʼquvchining ism familiyasi.
Аniqlik uchun hisobotning barcha satrlari turli xil ranglarda koʼrsatilgan:
- yashil - belgilar haqida maʼlumot qoʼshilgan;
- sariq - maʼlumotlar oʼzgartirilgan;
- qizil - maʼlumotlar oʼchirilgan.
Hisobotning koʼrinishi: maʼmurga, sinf oʼqituvchisiga - faqat oʼz sinfi boʼyicha, fan oʼqituvchisiga - faqat uning sinflari va fanlari boʼyicha.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish