Hisobot kelgan va ketayotgan oʼquvchilar sonini kuzatishga moʼljallangan. U tanlangan davr uchun tashkilotga kelgan (yoki boshqa sinfdan koʼchirilgan) va sinfdan chiqqan oʼquvchilarning (shu jumladan oʼquv yilining oxirida katta sinfga oʼtkazilishini) umumiy sonini aks ettiradi.
Hisobotni tuzish uchun quyidagilarni bajaring:
- oʼquv yili va vaqtini tanlang;
- «Qoʼllash» tugmasini bosing.
Eslatma: standart sifatida joriy oʼquv yili uchun hisobot tuziladi va interfaol taqvim yordamida oʼtgan oʼquv yillari yoki maʼlum bir vaqtni tanlash mumkin.
Hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
- parallel;
- oʼquv yilining boshidagi oʼquvchilar soni;
- vaqt oraligʼida kelgan oʼquvchilar soni;
- vaqt oraligʼida ketgan oʼquvchilar soni;
- oʼquv yili oxiridagi oʼquvchilar soni.
Hisobotda qayd etilgan oʼquvchilar harakati:
- taʼlim muassasasida / sinfda oʼqishni boshlash - «Qabul qilindi» ustunida«+1»;
- taʼlim muassasasidan chiqarib tashlash - «Chiqib ketdi» ustunida «+1»;
- bir sinfdan boshqasiga oʼtkazish - «Qabul qilindi» ustunida «+1» va «Chiqib ketdi» ustunida «+1»;
- taʼlim muassasasida oʼqishni bitirgan («Аrxivga oʼtkazish», «Bitirish» funktsiyalaridan foydalangan holda 9 va 11-sinflardan istisno qilish) - «Chiqib ketdi» ustunida «+1».
Oʼquvchini koʼchirish / chiqarib yuborish vaqtida quyidagi haraqat turi koʼrsatiladi:
- «Haqiqiy» (koʼchirish hisobotning tegishli ustunida qayd etiladi);
- «Xatolik tufayli koʼchirish» (oʼquvchi maktabdan chiqarilgan deb hisoblanmaydi, kelish toʼgʼrisidagi maʼlumot bekor qilinadi).
Ustun sarlavhasidagi «Qabul qilindi» va «Chiqib ketdi» havolalari mos ravishda «Oʼquvchilar boʼyicha harakat: Kelganlar» ва «Oʼquvchilar boʼyicha harakat: Ketganlar» degan hisobotlarga olib boradi. Tanlangan vaqt davri uchun hisobotlarda maʼlumotlar aks etiladi.
Eslatma: oʼquvchilarning sinfga / taʼlim muassasasiga aʼzolikning toʼgʼri boshlanish va tugash sanalari kiritilishi sharti bilan hisobot aktual boʼladi.
Masalan: agar oʼquvchi 5-avgust kuni maktabga qabul qilingan boʼlsa, unda 1-sentyabrdan boshlab hisobotda u hisobga olinmaydi. Oʼquvchini hisobotda koʼrsatish uchun hisobotni tuzish sanasini 1 avgustga oʼzgartirish kerak.
Hisobotning koʼrinishi: «Odamlar» blokiga kirish huquqiga ega boʼlgan muharrirga va maʼmurga.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish