Profilni faollashtirish uchun dastlabki ma'lumotlarni kiritgandan so‘ng, administrator shaxsiy profil interfeysi sozlamalarida ishlash uchun qulay tilni tanlashi kerak.
Tizimdagi tilni o‘zgartirish uchun siz asosiy panel ustidagi ismingizni bosishingiz va «Sozlamalar» yorlig‘ida ikkinchi bandni tanlashingiz kerak. Shaxsiy profilingiz sozlamalarida oxirgi ko‘rsatilgan «Interfeys» bandiga o‘ting, «Til» ustunida tilni tanlang va «Saqlash» tugmachasini bosing.
Ta'lim tashkilotining elektron profilini sozlash uchun administratorga quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi:
1-qadam: nomini, tavsifini, logotipini, joylashuvini, funksiyalarini sozlang, shuningdek binolarning manzillarini va ta'lim tashkilotining aloqa ma'lumotlarini ko‘rsating. Ushbu ma'lumotlar Tizimdagi ta'lim tashkilotining profil sahifasida aks ettiriladi va loyihaning barcha ishtirokchilariga ko‘rinishi mumkin.
Fanlar ro‘yxatini sozlashda, fanlar ro‘yxati shaxsiy profilning interfeysi tanlangan tilda ko‘rsatiladi. Agar ta'lim tashkilotida ham o‘zbek ham boshqa tillarga ixtisoslashtirilgan sinflar mavjud bo‘lsa, ushbu xolda ikkinchi tilda yetmagan fanlarni ro‘yhatga kiritish kerak.
Eslatma: Tizimda fanlarning nomlaridan tashqari hamma narsa tarjima qilinadi, shuning uchun o‘zbek tilida o‘qitiladigan sinflarning dars jadvalini tuzishda o‘zbek tilida kiritilgan fanlarning va rus tilida o‘qitiladigan sinflarning dars jadvalida rus tilida kiritilgan fanlarning nomlarini tanlash kerak. Dars jadvalini ko‘rish vaqtida, interfeysning til parametrlaridan qat'i nazar, fanlar tarjimasiz ko‘rsatiladi.
2-qadam: «Xonalar va joylar», «Binolar», «fanlar» ro‘yxatini yaratish. Ma'lumotlar qo‘llanmalarida dars xonalari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar mavjud va dars jadvallarini tuzishda foydalaniladi.
3-qadam: qo‘ng‘iroqlar jadvalini yaratish va nashr etish. Bu darslarning boshlanish va tugash vaqtlarini dars jadvali va foydalanuvchining shaxsiy taqvimlarida aks ettirishga imkon beradi. Tizim kerakli miqdordagi qo‘ng‘iroqlar jadvalini yaratish imkoniyatini hisobga oladi: bitta sinf uchun, bir nechta tanlangan sinflar, paralellar va boshqalar. Ularning har biriga tegishli nom beriladi, bu darslar va dars jadvallari bilan aloqalarni yaratishda chalkashliklarni oldini oladi.
4-qadam: hisobot davrlarini sozlash. Ta'lim tashkilotida turli sinflar uchun har xil turdagi hisobot davrlarini qabul qilish mumkin. Agar davrlarning turi bir xil bo‘lsa, ularning boshlanish va tugash sanasi ham farq qilishi mumkin. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda Tizim hisobot davrlari talab qilinadigan guruhlarini tuzish va sozlash imkoniyatini amalga oshiradi. Yaratilgan hisobot davrlari guruhlarini ular qabul qilingan sinflar bilan bog‘lash sinf yaratish yoki sinf ma'lumotlarini tahrirlash paytida amalga oshiriladi.
5-qadam: xodimlarni import qiling va ularga ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘z shaxsiy login va vaqtinchalik parolini bering. Xodimning o‘quv jarayonidagi lavozimi va unga berilgan qo‘shimcha huquqlar (agar kerak bo‘lsa) uning Tizimdagi ta'lim tashkiloti to‘g‘risidagi turli xil ma'lumotlarga kirish darajasini belgilaydi.
6-qadam: mavjud sinflarning ro‘yxatini tuzing va yarating. Har bir sinfning profilida hisobot davri va smenani tanlashga alohida e'tibor berilishi kerak.
7-qadam: o‘quvchilar va ota-onalarni import qilish. O‘quvchilar va ota-onalar (qonuniy vakillari) o‘rtasida oilaviy aloqalarni o‘rnatish kerak. Shunday qilib, ota-onalar (qonuniy vakillari) o‘zlarining profillari orqali bir yoki bir nechta bolalarning o‘zlashtirishi va davomatini kuzatishi mumkin.
Eslatma: ro‘yxatdan o‘tish uchun ota-onalar va o‘quvchilarga, sinf rahbari shaxsiy ma'lumotlarini berishlari kerak.
8-qadam: har bir sinfda fanlar bo‘yicha o‘quv guruhlarini yaratish.
9-qadam: har bir sinfda dars jadvallarini tuzing. Dars jadvali shakllanishi bilan, fan o‘qituvchilari jurnallarni to‘ldirishni va uy vazifalarini topshirishni boshlashlari mumkin.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish