Tanlangan o‘quv davri uchun «O‘zlashtirish: maktab» hisoboti ushbu fan davrida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy baholar kiritilgandan so‘ng avtomatik ravishda to‘ldiriladi.
Agar sinfda kamida bitta yakuniy baho kiritilmagan bo‘lsa, unda hisobotning tegishli qatori «-» (chiziqcha) belgisi bilan to‘ldiriladi.
Eslatma: standart sifatida hisobot joriy o‘quv yilini va hisobot davri «Yil davomida» filtrini ko‘rsatadi. Agar yil hali tugallanmagan bo‘lsa va barcha yakuniy baholar belgilanmagan bo‘lsa, unda siz boshqa tugallangan hisobot davrini tanlashingiz kerak.
Hisobotni tuzish uchun quyidagilarni ko‘rsatishingiz kerak:
- o‘quv yili;
- hisobot davri;
- hisobotdan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan parallel (agar kerak bo‘lsa).
Hisobot «Hisobot tuzish» tugmachasini bosgandan so‘ng tuziladi.
Hisobot quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
- sinf nomi;
- sinfdagi o‘quvchilarning umumiy soni;
- a'lochi o‘quvchilar soni;
- a'lochi o‘quvchilarning sinfdagi o‘quvchilar umumiy soniga nisbati;
- a'lochi o‘quvchilarning ism familiyasi;
- yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar soni;
- yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning sinfdagi o‘quvchilar umumiy soniga nisbati;
- qoniqarli darajali o‘quvchilar soni;
- qoniqarli darajali o‘quvchilarning sinfdagi o‘quvchilar umumiy soniga nisbati;
- qoniqarsiz darajali o‘quvchilar soni;
- qoniqarsiz darajali o‘quvchilarning sinfdagi o‘quvchilar umumiy soniga nisbati;
- qoniqarsiz darajali o‘quvchilarning ism familiyasi;
- sinfning o‘rtacha balli;
- sinf bo‘yicha bilim sifatining umumiy %;
- sinf bo‘yicha umumiy O‘BD (o‘quvchilarning bilim sifati) darajasi%.
Sinf nomi bilan bog‘langan havola tanlangan o‘qish davri uchun ushbu sinf uchun «O‘zlashtirish: Sinflar» hisobotiga olib keladi. Hisobot barcha ta'lim muassasalarida o‘quvchilarni to‘liq attestatsiyadan o‘tkazish haqida ma'lumotni va hisobotda ko‘rsatilgan ma'lumotlarga muvofiqligini tezda tekshirish imkonini beradi.
Hisobot jadvalida shuningdek quyidagilar hisoblanadi:
- ta'lim muassasasidagi o‘quvchilarningumumiy soni;
- ta'lim muassasasidagi a'lochi o‘quvchilar, yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar, qoniqarli va qoniqarsiz darajali o‘quvchilar soni;
- a'lochi , yaxshi o‘zlashtiruvchi, qoniqarli va qoniqarsiz darajali o‘quvchilarning tashkilotdagi o‘quvchilarning umumiy soniga bo‘lgan nisbati;
- parallellar bo‘yicha o‘quvchilarning umumiy soni;
- parallellar bo‘yicha a'lochi, yaxshi o‘zlashtiruvchi, qoniqarli va qoniqarsiz darajali o‘quvchilar soni;
- parallellar bo‘yicha a'lochi , yaxshi o‘zlashtiruvchi, qoniqarli va qoniqarsiz darajali o‘quvchilarning tashkilotdagi o‘quvchilarning umumiy soniga bo‘lgan nisbati;
- o‘quv bosqichlari bo‘yicha o‘quvchilarning umumiy soni;
- o‘quv bosqichlari bo‘yicha a'lochi, yaxshi o‘zlashtiruvchi, qoniqarli va qoniqarsiz darajali o‘quvchilar soni;
- o‘quv bosqichlari bo‘yicha a'lochi , yaxshi o‘zlashtiruvchi, qoniqarli va qoniqarsiz darajali o‘quvchilarning tashkilotdagi o‘quvchilarning umumiy soniga bo‘lgan nisbati;
- paralleldagi o‘rtancha ball;
- parallel bo‘yicha bilim sifatining umumiy %;
- parallel bo‘yicha O‘BD (O‘quvchilarning bilim darajasi) umumiy %;
- ta'lim muassasasi bo‘yicha o‘rtacha ball;
- ta'lim muassasasi bo‘yicha bilim sifatining umumiy %;
- ta'lim muassasasi bo‘yicha O‘BD (O‘quvchilarning bilim darajasi) umumiy %.
Hisobotda faqat «Attestasiya bilan» deb sozlangan fanlar hisobga olinadi.
Hisobotda analitik ko‘rsatkichlar parametrlarini hisoblash uchun quyidagi formulalar qo‘llaniladi:
- O‘rtacha ball = («1» * 1 baholar soni + «2» * 2 baholar soni + «3» * 3 baholar soni + «4» * 4 baholar soni + «5» * 5 baholar soni) / («1» baholar soni + «2» baholar soni + «3» baholar soni + «4» baholar soni + «5» baholar soni).
Sinfning o‘rtacha ballini hisoblashda ushbu sinf bo‘yicha barcha fanlar bo‘yicha barcha o‘quvchilarning baholari qo‘llaniladi.
Paralelning o‘rtacha ballini hisoblashda ushbu parallel bo‘yicha barcha sinflardagi barcha fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning baholari qo‘llaniladi.
O‘quv bosqillari bo‘yicha o‘rtacha ballini hisoblashda ushbu bosqich bo‘yicha barcha sinflardagi barcha fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning baholari qo‘llaniladi.
Ta'lim muassasai bo‘yicha o‘rtacha ballini hisoblashda ushbu ta'lim muassasasi bo‘yicha barcha sinflarda fanlar bo‘yicha barcha o‘quvchilarning baholari qo‘llaniladi
-
Bilim sifatining umumiy % = ((a'lo darajali o‘quvchilar soni + yaxshi darajali o‘quvchilar soni) * 100%) / (sinfdagi o‘quvchilarning umumiy soni - «OZ» belgisi qo‘yilgan o‘quvchilar soni).
qayerda
- a'lo darajali o‘quvchi – fan bo‘yicha yakuniy bahosi «5» bo‘lgan o‘quvchilar;
- yaxshi darajali o‘quvchi – fan bo‘yicha yakuniy bahosi «4» yoki kamida bitta yakuniy baho «4» bo‘lgan o‘quvchilar.
-
Fanlar bo‘yicha O‘BD (O‘quvchilarning bilim darajasi) umumiy % = (1-fan bo‘yicha O‘BD % + 2-fan bo‘yicha O‘BD % + 3 fan bo‘yicha O‘BD %... + N fani bo‘yicha O‘BD %), qaerda N - bu yerda sinf o‘quvchilariga o‘qitiladigan fanlarning umumiy soni.
O‘BD (o‘quvchilarning bilim darajasi)-ning umumiy % =
qayerda
-
- n2 – fan bo‘yicha «1», «2», «O‘TM» yakuniy baholarning soni;
- n3 – fan bo‘yicha «3» yakuniy baholarning soni;
- n4 – fan bo‘yicha «4», «O‘» yakuniy baholarning soni;
- n5 – fan bo‘yicha «5» yakuniy baholarning soni;
- n6 – fan bo‘yicha «B/O» yakuniy baholarning soni.
Hisobotning ko‘rinishi: barcha xodimlarga.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish