«O‘zlashtirish: Sinflar» hisoboti tanlangan hisobot davri uchun sinfdagi barcha o‘quvchilarga ushbu hisobot davrida barcha fanlar bo‘yicha barcha yakuniy baholar o‘rnatgandan keyingina avtomatik ravishda to‘ldiriladi.
Hisoblash uchun sinfdagi barcha o‘quvchilarning barcha baholari qo‘llaniladi.
Hech bo‘lmaganda bitta yakuniy baho bo‘lmasa hisobot to‘liq to‘ldirilmaydi. Yakuniy baholarga ega bo‘lmagan o‘quvchilar soni «Baholar mavjud emas» bandida ko‘rsatiladi.
Hisobotni tuzish uchun quyidagilarni ko‘rsatish kerak:
- o‘quv yili;
- sinf;
- hisobot davri.
Hisobot quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
Jadval №1
- sinfdagi o‘quvchilarning ism familiyasi;
- fanlarning nomi va ushbu fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning yakuniy baholari;
- o‘quvchining umumiy o‘rtacha bali;
- o‘quvchilar reytingi (o‘quvchilarning o‘rtacha ballari asosida shakllantiriladi);
- fan bo‘yicha umumiy o‘rtacha ball;
- fan bo‘yicha bilim sifatining %;
- fan bo‘yicha % O‘BD (o‘quvchilarning o‘rganish darajasi).
Hisobotda faqat sozlamalarida «attestasiya bilan» parametri belgilangan fanlar ko‘rsatiladi.
Hisobot tanlangan davr uchun barcha yakuniy baholar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. «-» belgisi o‘quvchining ushbu fanni o‘rganmaganligini, bo‘sh katak – baho kiritilmaganini anglatadi.
Jadval №2
- a'lochi o‘quvchilar soni;
- a'lochi o‘quvchilarning sinfdagi o‘quvchilar umumiy soniga nisbati;
- a'lochi o‘quvchilarning ism familiyasi;
- yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar soni;
- yakuniy baholarida bitta «4» bahosi bo‘lgan yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar soni;
- yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning sinfdagi o‘quvchilar umumiy soniga nisbati;
- bitta yakuniy «4» bahosi bilan yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning sinfdagi o‘quvchilar umumiy soniga nisbati;
- yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning ism familiyasi;
- yakuniy baholarida bitta «4» bahosi bo‘lgan yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning ism familiyasi;
- qoniqarli darajali o‘quvchilar soni;
- yakuniy baholarida bitta «3» belgisi olgan o‘quvchilar soni;
- qoniqarli darajali o‘quvchilarning sinfdagi barcha o‘quvchilar soniga nisbati;
- qoniqarli darajali o‘quvchilar yakuniy baholarida bitta «3» belgisi bo‘lgan o‘quvchilarning sinfdagi o‘quvchilar umumiy soniga nisbati;
- qoniqarli darajali o‘quvchilarning ism familiyasi;
- yakuniy baholarida bitta «3» belgisi olgan o‘quvchilarning ism familiyasi;
- qoniqarsiz darajali o‘quvchilar soni;
- qoniqarsiz darajali o‘quvchilarning sinfdagi barcha o‘quvchilar soniga nisbati;
- qoniqarsiz darajali o‘quvchilarning ism familiyasi.
Eslatma: hisobotdagi o‘quvchilar alifbo tartibida tartiblangan.
Birinchi jadvalda o‘quvchining ismi bilan bog‘langan havola o‘quvchining kundaligiga, ikkinchi jadvalda o‘quvchining «O‘zlashtirish: O‘quvchilar» hisobotiga olib keladi.
Jadvallar oldida hisobot to‘g‘risidagi umumiy ma'lumotlar quyidagi shaklda ko‘rsatiladi:
- sinf rahbarining ism familiyasi;
- sinfning umumiy o‘rtacha bali;
- fanlar bo‘yicha bilim sifatining umumiy foizi;
- fanlar bo‘yicha umumiy O‘BD;
- sinf bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish %;
- sinf bo‘yicha bilim sifatining umumiy %.
Hisobotda tanlangan hisobot davrining oxirgi kunida sinfda bo‘lgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar aks ettiriladi. Agar hisobot davrida o‘quvchi sinfdan ko‘chirilgan bo‘lsa, unda u haqida ma'lumotlar ko‘rsatilmaydi.
Hisobotda analitik ko‘rsatkichlar parametrlarini hisoblash uchun quyidagi formulalar qo‘llaniladi:
- O‘rtacha ball = («1» * 1 baholar soni + «2» * 2 baholar soni + «3» * 3 baholar soni + «4» * 4 baholar soni + «5» * 5 baholar soni) / («1» baholar soni + «2» baholar soni + «3» baholar soni + «4» baholar soni + «5» baholar soni).
O‘quvchilarning o‘rtacha ballini hisoblashda ushbu o‘quvchining barcha fanlari bo‘yicha barcha baholar qo‘llaniladi.
Eslatma: o‘quvchilar reytingi o‘quvchilarning o‘rtacha balli asosida tuziladi.
Bir fan uchun o‘rtacha ballni hisoblashda ushbu fan bo‘yicha barcha o‘quvchilarning barcha baholari qo‘llaniladi.
Sinf bo‘yicha umumiy o‘rtacha ballni hisoblashda ushbu sinfdagi barcha o‘quvchilarning barcha fanlaridan barcha baholari qo‘llaniladi.
- Fan bo‘yicha bilim sifatining % = ((a'lochi o‘quvchilar soni + yaxshi darajali o‘quvchilar soni) * 100%) / (sinfdagi o‘quvchilarning umumiy soni - "OZ" belgili o‘quvchilar soni).
qayerda:
-
- a'lo darajali o‘quvchi – fan bo‘yicha yakuniy bahosi «5» bo‘lgan o‘quvchilar;
- yaxshi darajali o‘quvchi – fan bo‘yicha yakuniy bahosi «4» bo‘lgan o‘quvchilar.
- Fanlar bo‘yicha bilim darajasining umumiy % = (1 fan bo‘yicha bilim sifati% + 2 fan bo‘yicha bilim sifati% + 3 fan bo‘yicha bilim sifati% ... + N fan bo‘yicha bilim sifati%) / N, bu yerda N - bilim sifatifoizi hisoblangan fanlarning umumiy soni.
- Sinfda bo‘yicha bilim sifatining umumiy % = ((a'lochi o‘quvchilar soni + yaxshi darajali o‘quvchilar soni) * 100%) / (sinfdagi o‘quvchilarning umumiy soni - "OZ" belgisi qo‘yilgan o‘quvchilar soni).
qayerda:
- аъло даражали ўқувчи – фан бўйича якуний баҳоси «5» бўлган ўқувчилар;
- яхши даражали ўқувчи – фан бўйича якуний баҳоси «4» ёки камида битта фан бўйича якуний баҳоси «4» бўлган ўқувчилар.
- Синф бўйича ўзлаштиришнинг умумий % = ((аълочи ўқувчилар сони + яхши даражали ўқувчилар сони + қониқарли даражали ўқувчилар сони) * 100%) / (синфдаги ўқувчиларнинг умумий сони - "ОЗ" белгиси қўйилган ўқувчилар сони).
qayerda:
-
- a'lo darajali o‘quvchi – fan yakuniy bahosi «5» bo‘lgan o‘quvchilar;
- yaxshi darajali o‘quvchi – fanlar bo‘yicha yakuniy bahosi «4» yoki kamida bitta fan bo‘yicha yakuniy bahosi «4» bo‘lgan o‘quvchilar
- qoniqarli darajali o‘quvchi - fanlar bo‘yicha yakuniy bahosi «3» yoki kamida bitta fan bo‘yicha yakuniy bahosi «3» bo‘lgan o‘quvchilar.
- O‘BD (o‘quvchilarning bilim darajasi)-ning umumiy % =
- qayerda::
- n2 – fan bo‘yicha «1», «2», «O‘TM» yakuniy baholarning soni;
- n3 – fan bo‘yicha «3» yakuniy baholarning soni;
- n4 – fan bo‘yicha «4», «O‘» yakuniy baholarning soni;
- n5 – fan bo‘yicha «5» yakuniy baholarning soni;
- n6 – fan bo‘yicha «B/O» yakuniy baholarning soni.
- Fanlar bo‘yicha O‘BD (O‘quvchilarning bilim darajasi) umumiy % = (1-fan bo‘yicha O‘BD % + 2-fan bo‘yicha O‘BD % + 3 fan bo‘yicha O‘BD %... + N fani bo‘yicha O‘BD %), qaerda N – umumiy O‘BD % hisoblangan fanlar soni.
Hisobotning ko‘rinishi: barcha xodimlarga.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish