«O‘zlashtirish: o‘quvchilar» hisoboti, hisobot davri uchun jurnalga (fan jurnali, kunlik jurnal yoki haftalik jurnal) kiritilgan ma'lumotlarga asoslangan holda avtomatik ravishda to‘ldiriladi.
Hisobotni tuzish uchun quyidagilarni ko‘rsatish kerak:
- o‘quv yili;
- sinf;
- hisobot davri
- o‘qituvchining ism familiyasi;
- vaqt oralig‘i (agar kerak bo‘lsa).
Hisobot quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
- fanning nomi;
- fan bo‘yicha o‘quvchining baholari;
- o‘quvchining fan bo‘yicha tematik baholari;
- fan bo‘yicha o‘quvchining o‘rtacha bali;
- o‘quvchining fan bo‘yicha o‘rta vaznli bali;
- o‘quvchining fan bo‘yicha tematik bahosi uchun o‘rtacha bali;
- fan bo‘yicha o‘quvchining darslarga kechikishlar soni;
- fan bo‘yicha o‘quvchining qoldirgan darslar soni:
- jami;
- kasallik tufayli;
- ushbu fan bo‘yicha hisobot davrida o‘quvchining yakuniy bahosi.
Hisobotda quyidagi tahliliy parametrlar ko‘rsatilgan:
- O‘rtacha ball = («1» * 1 baholar soni + «2» * 2 baholar soni + «3» * 3 baholar soni + «4» * 4 baholar soni + «5» * 5 baholar soni) / («1» baholar soni + «2» baholar soni + «3» baholar soni + «4» baholar soni + «5» baholar soni).
O‘quvchining o‘rtacha ballini hisoblashda ushbu fanlar bo‘yicha barcha baholari qo‘llaniladi.
Eslatma: tematik baholarning o‘rtacha bali (tematik o‘rtacha ball) o‘rtacha balga o‘xshash hisoblanadi.
- O‘rta vaznli ball = (ularning og‘irliklariga baholash yig‘indisi) / (ushbu baholarning og‘irliklari yig‘indisi).
Bahoning og‘irligi darsdagi ish turiga qarab belgilanadi.
Hisoblash misoli:
Darsda nazorat ishi uchun «5» va «4», darsda javob uchun «3» baholari kiritilgan.
Ishning og‘irligi: Nazorat ishi = 10 ball, darsdagi javob = 1 ball.
O‘rta vaznli ball = (5 * 10 + 3 * 1 + 4 * 10) / (10 + 1 + 10) = 4.43.
Eslatma: agar barcha og‘irliklar o‘zaro teng bo‘lsa, o‘rta vaznli bal o‘rtacha ball bilan bir xil bo‘lishi mumkin.
- Kech qolishlar – «KQ» belgisi kiritilgan darslar soni.
- Dars qoldirishlar (jami) - kasallik tufayli, sabab bilan va sababsiz ko‘rsatmalarga ko‘ra qoldirilgan darslar soni («K», «N» va «DQ» harflari bilan belgilangan davomatlar).
- Dars qoldirishlar (kasallik tufayli) - kasallik sababli qoldirilgan darslar soni (bu yerda «K» harfi bilan davomat belgilanadi).
Eslatmalar:
- «O‘zlashtirish: o‘quvchilar» hisobotini hisoblashda «OZ», «O‘», «O‘/TM» baholari hisobga olinmaydi.
- «T/O» belgisi hisobotni qurishda hisobga olinadi.
Hisobotning ko‘rinishi: barcha xodimlarga.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish