«EJK bo‘yicha statistika: Maktab» hisoboti ma'lum bir vaqt oralig‘ida ta'lim muassasasida darslarni rejalashtirish va to‘ldirishni kuzatish va tahlil qilish imkonini beradi.
Hisobot tuzish uchun quyidagilarni tanlashingiz kerak:
- o‘quv yili;
- vaqt oralig‘i;
- ko‘rsatgichlarning quyidagi parametrlari:
- mavzularni to‘ldirish foizi;
- uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi;
- rejalashtirishni yuritish;
- jurnalni yuritish;
- jurnalni o‘z vaqtida yuritish.
Ko‘rsatgichlarning quyidagi qiymatlari bo‘lishi mumkin: - «xohlagan» – ko‘rsatgich bo‘yicha jurnalni yuritish foizi (100 dan 0 foizgacha) bo‘lgan barcha xodimlar;
- «100%» – jurnalni yuritish bo‘yicha 100 foiz bo‘lgan xodimlar;
- «0%» – jurnalni yuritish bo‘yicha 0 foiz bo‘lgan xodimlar.
Keyin «Hisobotni yaratish» tugmasini bosishingiz kerak.
Hisobot quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval shaklida ko‘rsatiladi:
Jadval №1
- ta'lim muassasasining nomi;
- U / V topshirilgan darslarning umumiy %;
- o‘z vaqtida berilgan UV bilan darslarning umumiy %;
- mavzularni to‘ldirishning umumiy %;
- rejalashtirishning umumiy %;
- belgilar kiritilgan jurnallarning umumiy soni;
- jurnalni yuritish bo‘yicha umumiy %;
- jurnalni o‘z vaqtida yuritish bo‘yicha umumiy %.
Jadval №2
- barcha o‘qituvchilarning ism familiyalari;
- o‘qituvchining U / V topshirishlan darslari %;
- o‘qituvchi bo‘yicha o‘z vaqtida berilgan UV bilan darslarning %;
- o‘qituvchi mavzularini to‘ldirish bo‘yicha %;
- o‘qituvchining dars rejalashtirishini olib borish %;
- o‘qituvchining baholar va davomatlar kiritilgan jurnallarning soni;
- o‘qituvchining jurnal yuritish bo‘yicha%;
- o‘qituvchining jurnalni o‘z vaqtida yuritish bo‘yicha %.
Eslatma: xodimning ismini bosish orqali siz «EJK statistikasi: o‘qituvchilar» hisobotiga o‘tishingiz mumkin.
Ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun quyidagi formulalar qo‘llaniladi:
- U / V topshirilgan darslar % = ( U / V topshirilgan darslar soni) * 100 / (tanlangan vaqt oralig‘idagi darslar soni).
Eslatma: hisobotda hisobot davridagi fanlar bo‘yicha birinchi darslar hisobga olinmaydi, chunki hisobot davridagi birinchi dars UVga ega emas. Shuningdek, nima uchun «U / V topshirilgan darslarining %» parametri 100 foizga teng bo‘lmasligi mumkinligi haqida, «Nima uchun uy vazifasi foizi 100% dan kam?» maqolasida batafsil tavsiflangan.
«U / V topshirilgan darslar %» parametrida uy vazifasini bajarish muddati va mualliflik bo‘yicha hisobga olinadi.
- UV ni o‘z vaqtida berish = (o‘z vaqtida berilgan UV bilan o‘tkazilgan barcha darslarning soni) / (barcha darslarning soni) * 100. Ko‘rsatkich haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun «Uy vazifasini o‘z vaqtida topshirish» ko‘rsatgichini keltirilgan misollari bilan hisoblash mantig‘i" maqolasida tanishib chiqing.
Diqqat: "UV o‘z vaqtida berish" ko‘rsatgichida uy vazifasi Berilgan dars, ya'ni dars jadvali bo‘yicha keyingi darslar tekshiriladi.
- Mavzularni to‘ldirish % = (mavzular yozilgan darslar soni) * 100 / (tanlangan vaqt oralig‘idagi darslar soni).
- Rejalashtirishni yuritish = (kamida bitta UV topshirilgan yoki dars mavzusi to‘ldirilgan darslar soni) * 100 / (tanlangan vaqt oralig‘idagi darslar soni).
- Baholar kiritilgan jurnallar soni = o‘qituvchining hisobot davrida kamida bitta baho, davomat belgisi, dars uchun kamida bitta sharh yoki dars o‘tkazilgani haqida tasdiq belgisi kiritilgan jurnallarining soni va o‘qituvchi to‘ldirishi kerak bo‘lgan jurnallarning umumiy soni.
- Jurnalni yuritish = (tanlangan hisobot davrida kamida bitta baho, davomat belgisi, dars uchun sharh yoki dars o‘tkazilgani haqida tasdiq belgisi kiritilgan darslar soni) * 100 / (tanlangan vaqt oralig‘i uchun dars jadvaliga kiritilgan darslar soni).
- Jurnalni o‘z vaqtida yuritish = (darslardagi ba'zi ishlar uchun o‘z vaqtida kiritilgan baholar soni, davomat belgilari, darslardagi sharhlar) * 100 / (vaqt oralig‘idagi kiritilgan baholar va belgilar, davomat belgilari, darslardagi sharhlarning umumiy soni). Ko‘rsatkich haqida ko‘proq ma'lumot «Keltirilgan misollar bilan «Jurnalni o‘z vaqtida yuritish» ko‘rsatkichni hisoblash mantig‘i» maqolasida tasvirlangan.
Eslatma: ko‘rsatkichlarni hisoblashda reja bo‘yicha darslar va o‘tkazilgan darslar hisobga olinadi, ularning haqiqiy sanasi hisobot davriga to‘g‘ri keladi. Bekor qilingan darslar hisobotga kiritilmaydi.
Hisobotning ko‘rinishi: barcha xodimlar uchun.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq