«Davomat: Maktab» hisoboti, hisobot davrida oʼquvchining jurnalga kiritilgan davomat va kechikish belgilari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar asosida avtomatik ravishda toʼldiriladi.
Hisobot tuzish uchun quyidagilarni tanlash kerak:
- oʼquv yili;
- vaqt oraligʼi;
- dars qoldirish sababi:
Uzurli sabablar:
- Sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun (dq | п)
- Kasallik sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun (k | б)
Sababsiz holatlarda:
- Hech qanday sababsiz dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun (s | н)
- Surunkali dars qoldirayotganligini ko‘rsatish uchun (m | c)
- Respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko‘rsatish uchun (ch | зг)
- Farzand ta'lim olishiga Ota-onasi qarshilik qilayotganligini ko‘rsatish uchun (q | рп)
- Ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun (ns | бк)
- Turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun (tq | сп)
Boshqa sabablar:
- Darsga kechikkanligini bildirish uchun (kq | о)
- dars qoldirish belgilarining minimal soni.
Eslatma: avtomatik ravishda hisobotda koʼrsatiladigan davomat belgilaring minimal soni = 1. Ushbu minimal sonni tahrirlash maʼmur va muharrirlarga topshiriladi.
Hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
- sinf nomi;
- dars qoldirish (hisobot tuzish uchun koʼrsatilgan) minimal soniga mos keladigan oʼquvchilar soni;
- dars qoldirish (hisobot tuzish uchun koʼrsatilgan) minimal soniga mos keladigan oʼquvchilarning ism familiyalari.
Eslatma: minimal dars qoldirish soni barcha fanlar uchun yigʼma hisoblanadi.
Shuningdek hisobot jadvalida quyidagilar hisobga olinadi:
- parallellar boʼyicha dars qoldirish belgilarining minimal soniga ega boʼlgan oʼquvchilar soni;
- oʼquv bosqichlari boʼyicha dars qoldirish belgilari minimal songa ega boʼlgan oʼquvchilar soni.
Eslatma: sinf nomiga bogʼlangan havola maʼlum bir sinf uchun «Davomat: Sinflar» hisobotiga olib keladi.
Hisobotning koʼrinishi: barcha xodimlarga.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish