«Baholar statistikasi: Maktab» hisoboti avtomatik ravishda toʼldiriladi va yangi baholar belgilanganda yangilanadi.
Hisobotni tuzish uchun quyidagilarni koʼrsatish kerak:
- oʼquv yili;
- baholash tizimi;
- hisobot davri;
- saralash turi:
- «Tartibga koʼra» (1-sinfdan 11-gacha);
- «Reyting boʼyicha» (fanlar reytingi «Bilimlar sifati foizi» ustunining qiymatlari asosida pasayish tartibida shakllantiriladi).
Odatiy boʼlib, hisobot butun oʼquv yili uchun ochiladi, ammo talab qilinadigan hisobot davrini tanlash mumkin.
Izohlar:
- Sinf nomi bilan bogʼlliq havola tanlangan hisobot davrida ushbu sinf uchun «Baholar statistikasi: Sinflar» hisobotiga olib keladi.
- Sinfdagi oʼquvchilar soni bilan bogʼliq havola sinf sahifasida «Odamlar» yorligʼiga olib keladi.
Hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
- sinfning nomi;
- sinfda oʼqivchilar soni;
- sinfda «5» baholar soni;
- sinfda «4» baholar soni;
- sinfda «3» baholar soni;
- sinfda «2» baholar soni;
- % bilim darajasi (% bilim darajasi) = («5» baholar soni + «4» baholar soni) / sinfga berilgan baholarning umumiy soni;
- sinf reytingi («% bilim darajasi» ustunining qiymatlari asosida shakllantirilgan).
Hisobotning koʼrinishi: barcha xodimlarga.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish