«Baholar statistikasi: Fanlar» hisoboti yangi baholar kiritilganda avtomatik ravishda toʼldiriladi va yangilanadi. Tanlangan sinf fanlari boʼyicha hisobot tuziladi.
Hisobotni tuzish uchun quyidagilarni koʼrsatishingiz kerak:
- oʼquv yili;
- baholash turi;
- sinf;
- hisobot davri;
- saralash turi:
- «Аlifbo boʼyicha» (fanlar roʼyxati alifbo tartibida tuziladi);
- «Reyting boʼyicha» (fanlar reytingi «Bilimlar sifati foizi» ustunining qiymatlari asosida pasayish tartibida shakllantiriladi).
Odatiy boʼlib, hisobot butun oʼquv yili uchun ochiladi, ammo talab qilinadigan hisobot davrini tanlash mumkin.
Izoh: fan nomi bilan bogʼlangan havola fan jurnali sahifasiga olib keladi.
Hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
- fanning nomi;
- sinfdagi fan uchun «5» baholar soni;
- sinfdagi fan uchun «4» baholar soni;
- sinfdagi fan uchun «3» baholar soni;
- sinfdagi fan uchun «2» baholar soni;
- bilimlar sifati% (bilimlar sifati foizi) = ( «5» baholari soni + «4» baxolari soni) / sinf boʼyicha kiritilgan baholarning umumiy soni;
- sinf reytingi (fanlar reytingi «Bilimlar sifati foizi» ustunining qiymatlari asosida pasayish tartibida shakllantiriladi).
Hisobotning koʼrinishi: barcha xodimlarga.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish