«Davomat: Sinflar» hisoboti oʼquvchilar uchun jurnalga kiritilgan davomat maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda toʼldiriladi.
Hisobot tuzish uchun quyidagilarni tanlashingiz kerak:
- oʼquv yili;
- sinf;
- hisobot davri.
Hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
- Toʼliq kunlar (jami) - kasallik tufayli, sababli va sababsiz qoldirilgan kunlar soni.
- Toʼliq kunlar (kasallik sababli) - kasallik sababi tufayli qoldirilgan kunlar soni.
- Darslar (jami) - kasallik tufayli, sababli va sababsiz qoldirilgan darslar soni.
- Darslar (Kasallik sababli) – kasallik sababi tufayli qoldirilgan darslar soni.
- Kech qolishlar - «KQ» harflari bilan belgilangan darslar soni.
Eslatma: oʼquvchi sinfida (oʼquv guruhida) oʼtkazilgan barcha darslarni qoldirgan taqdirida davomat hisobotida toʼliq kun qayd qilinadi.
Eslatma: oʼquvchining familiyasi bilan bogʼlangan havola oʼquvchining kundaligiga olib keladi.
Hisobotning koʼrinishi: barcha xodimlarga.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish