eMaktab.uz tizimida ishlash faolligining monitoringi –ta'lim tashkilotlarining (quyida – TT) faollik ko‘rsatkichlarini ko‘rish uchun dinamik sahifa.
Umumiy ma'lumot
Sahifadagi ma'lumotlar har haftada, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi yangilanadi, bunda yakshanbadan shanbagacha bo‘lgan o‘tgan taqvim haftasi uchun faolliklar bo‘yicha ma'lumotlar aks etib turadi.
Hisoboti shakllangan hisobot davri to‘g‘risidagi ma'lumotlar Statistika bloklari ostida joylashgan va qulaylik uchun "Foydalanuvchilar", "Elektron jurnal" va "Barchasi" yorliqlariga bo‘lingan:
- oldingi haftalarga (
) va oxirgi ochiq haftaga o‘tish tugmachalari (
)
Hisobot avtomat tarzda oxirgi hafta (joriy taqvim haftasidan oldingi hafta) uchun tuziladi. Hisobot davriga bosilganida, taqvim ochiladi, unda hisobot tuzish uchun haftani tanlash imkoniyati mavjud.
Ko‘rsatkichlar toifasini tanlash tugmasining o‘ng tomonida, ta'tildagi maktablar soni aks etgan. Agar o‘tgan hisobot davrida maktabning dars jadvalida birortayam dars yaratilmagan bo‘lsa, unda maktabdagi ta'til hisobga olinadi.
- «Maktablar ro‘yxati berilgan excel-hisobotni yuklab olish», unda hisobot tuzilgan hafta uchun ma'lumumotlar ham mavjud;
- «Faollik / QShJ»ga o‘tish tugmachasi. Faollik ko‘rsatkichlarining bajarilish statistikasi BQJ (beqog‘oz jurnal) tomonidan hududda belgilangan yoki maktablarga qo‘yiladigan talablar asosida shakllantiriladi. O‘tish tugmachasi axborotni taqdim etish variantini tanlash imkonini beradi.
Ko‘rsatkichlar bloki
Ko‘rsatkichlar bloklari toifalarga bo‘linadi va ulardan birini tanlaganingizda, ushbu toifaga tegishli bloklar ro‘yxati ochiladi:
Barcha bloklarni bosish imkoniyati mavjud, ko‘rsatkich bo‘yicha blokka bosilganida “Tumanlar va viloyatlar reytingi va hududning interfaol xaritasi” shakllanadi (batafsil 3-bandga qarang).
- har bir blokda ko‘rsatkichni bajarish indikatori bor. U hisobot tuzish uchun tanlangan hafta mazmunini aks ettiradi.
Kursor indikatorga olib borilganida quyidagi ma'lumotlarni aks ettiruvchi qalqib chiqadigan oyna paydo bo‘ladi:
- jami maktablar: ko‘rsatkichni hisoblashda qatnashadigan maktablar soni;
- ko‘rsatkichni bajarmoqda: ko‘rsatkichga qo‘yiladigan talabni bajarayotgan maktablar soni;
- bajarishi kerak: ko‘rsatkichga qo‘yiladigan talabni bajarishi kerak bo‘lgan maktablar soni.
Agar ko‘rsatkichni bajarayotgan maktablar soni ko‘rsatkichni bajarishi kerak bo‘lgan maktablar sonidan kam bo‘lmasa, ko‘k indikator chiqariladi, aks holda – qizil.
Indikatorga bosilganida, tanlangan ko‘rsatkichni o‘zgartirish dinamikasining jadvali aks etgan oyna ochiladi.
Izoh: faollik ko‘rsatkichlarining qiymatlari hududiy ta'lim boshqarmasi organlari tomonidan belgilanadi.
Ko‘rsatgichlar haqida batafsil ma'lumotlar bu yerda.
«O‘qituvchilar», «O‘quvchilar» va «Ota-onalar» bloklari
«O‘qituvchilar», «O‘quvchilar» va «Ota-onalar» bloklari quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan:
- foydalanuvchilar toifalarining nomlanishi;
- ko‘rsatkichning bajarilish indikatori;
- aktivlashtirilgan foydalanuvchilar %;
- aktivlashtirilmagan shaxslar soni.
Ko‘rsatgichlar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar bu yerda.
"O‘qituvchilar: haftalik kirishlar soni"", "O‘quvchilar: haftalik kirishlar soni", "Ota -onalar: haftalik kirishlar soni"" bloklari.
"O‘qituvchilar: hafta uchun kirishlar"", "O‘quvchilar: hafta uchun kirishlar", "Ota -onalar: hafta uchun kirishlar"" bloklari quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi:
- foydalanuvchi toifasining nomi (tizimdagi roli);
- tizimiga tashrif buyurgan maktab foydalanuvchilari %
;
- tizimga kirmagan maktab foydalanuvchilari soni
.
Ko‘rsatgichlar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar bu yerda
«Maktablar faolligi/ BQJ», «Dars jadvalining to‘lig‘ligi», «Darslarni rejalashtirish», «Sinf jurnallarini yuritish», «Jurnalni o‘z vaqtida yuritish» va «Davomat» bloklari
Har bir blok quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan:
- ko‘rsatkichning nomlanishi;
- ko‘rsatkichning bajarilish indikatori;
- talab qilingan ko‘rsatkichga erishgan maktablar %
;
- talabni bajarmagan maktablar soni
.
Ko‘rsatkichlar:
Maktablarning faolligi – bu hududdagi barcha maktablarning EJKda ishlash faolligini monitoring qilish uchun integral ko‘rsatkichdir.
Hudud uchun ko‘rsatkichlar chegaralariga hududiy ta'lim boshqarmasi organida aniqlik kiritish lozim.
BQJ – XTVning qarori bo‘yicha o‘zlashtirish bo‘yicha qog‘oz jurnallardan jurnallarni qog‘ozsiz yuritish variantiga o‘tgan maktablarning faollik monitoringini yuritish imkonini beradigan integral ko‘rsatkich.
BQJ sharoitlarida elektron jurnal yuritish ko‘rsatkichlaridagi belgilangan qiymatlar:
- «Jadvalning to‘ldirilish darajasi» – kamida100%;
- «Darslarni rejalashtirish» – kamida95%;
- «Sinf jurnallarini yuritish» –kamida 90%;
- «Barcha akkauntlarni faollashtirish» – kamida60%;
- «Ota-onalarning jalb etilganlik darajasi» – kamida80%;
- «Jurnallarni o‘z vaqtida yuritish» – kamida90%.
Izoh: BQJ dagi faollik chegaralari yuqori bo‘lib, ular rasmiy tarzda jurnallarni yuritishning qog‘ozsiz variantiga o‘tgan maktablarga nisbatan qo‘llanadi.
Jadvalning to‘ldirilish darajasi (“Jadvalning to‘ldirilish darajasi” ko‘rsatkichi bo‘yicha talabni bajargan maktablar soni).
- «Jadvalning to‘ldirilish darajasi» – bu yaratilgan jadvallar soni bo‘lib, u sinflar soni bilan solishtiriladi. Ko‘rsatkich 100% ga teng bo‘lishi maqsadida hisobot haftasida har bir sinf uchun jadval setkasida kamida 8 ta dars yaratilishi zarur.
Darslarni rejalashtirish
«Darslarni rejalashtirish» – bu kiritilgan mashg‘ulotlar mavzularining yoki yaratilgan uy vazifalarining soni, u hisobot haftasidagi umumiy darslar soni bilan solishtiriladi. Ko‘rsatkich 100% ga teng bo‘lishi uchun jadvalda har bir dars uchun quyida sanab o‘tilgan shartlardan kamida bittasiga amal qilinishi kerak:
- dars mavzusi kiritilgan;
- uy vazifasi berilgan.
Izoh: uy vazifalari mavjud bo‘lmagan birinchi sinflarda faqat darslarning mavzularini o‘z vaqtida kiritish tavsiya etiladi. To‘liq to‘ldirish uchun dars mavzusini ham, uy vazifasini ham kiritish tavsiya etiladi.
Sinf jurnallarini yuritish
«Sinf jurnallarini yuritish» - bu qo‘yilgan baholar, davomat haqidagi belgilar, darsga sharhlar, va dars o‘tilgani haqidagi qaydlar soni. Ko‘rsatkich 100% ga teng bo‘lishi maqsadida jadvalda har bir dars uchun quyida sanab o‘tilgan shartlardan kamida bittasiga amal qilinishi zarur:
- kamida bitta baho qo‘yilgan;
- o‘quvchi yo‘qligi haqida kamida bitta belgi qo‘yilgan;
- darsga sharh qoldirilgan;
- dars sahifasida “Dars o‘tkazildi” belgisi qo‘yilgan.
Izoh: agar dars uchun baho qo‘yilmasa, o‘quvchilarning hammasi darsda qatnashgan va sharh yozishga zarurat bo‘lmasa, ushbu mashg‘ulot ta'lim tashkilotida EJ yuritish bo‘yicha umumiy statistikada hisobga olinishi uchun pedagog dars o‘tilgani haqida belgi qo‘yishining o‘zi yetarli bo‘ladi.
Jurnalni o‘z vaqtida yuritish
«Jurnalni o‘z vaqtida yuritish» - bu dars o‘tilgan kunda muayyan ish turlari bo‘yicha (“Darsda javob berish”, “Xulq”, “Darsda ishlash” va “Yod olish”) 21:00 gacha (ta'lim jarayoni ikki smenali bo‘lgan TT uchun – keyingi kunning 13:00 gacha) hisobot davri uchun qo‘yilgan umumiy baholar sonining umumiy foizini hisoblaydigan ko‘rsatkich.
Izoh: tanlangan hisobot haftasida o‘tkazilgan darslar hamda o‘tgan hisobot haftasida va undan avvalgi hisobot haftasida o‘tkazilgan darslar uchun tanlangan hisobot haftasida qo‘yilgan baholarning o‘z vaqtida qo‘yilishi tekshiriladi.
Ko‘rsatkich bo‘yicha batafsil ma'lumot bu yerda.
Davomat
“Davomat” – dars jadvalidagi o‘quvchilar qatnashishi kerak bo‘lgan darslarning umumiy soniga nisbatan o‘quvchilar qatnashgan darslar soni. Tashkilotda yo‘qlamalar qanchalik ko‘p bo‘lsa (sababidan qat'iy nazar), ball shunchalik past bo‘ladi.
Eslatma: Ko‘rsatkich tanlangan hisobot haftasida o‘tkazilgan darslarni hisobga oladi.
Ko‘rsatkich bo‘yicha batafsil ma'lumot bu yerda.
Elektron kundaliklar bilan qamrab olish
"Elektron kundaliklar bilan qamrab olish" - bu elektron kundalikda faol obunaga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tizimga ro‘yhati kiritilgan o‘quvchilar umumiy soniga nisbatan ulushi.
Eslatma: tugash sanasi haftalik hisobot davri boshlanish sanasidan katta yoki unga teng bo‘lgan har qanday kundalik obunalar (shu jumladan sinov obunalari) faol hisoblanadi. Ko‘rsatkichni hisoblashda tizimning barcha o‘quvchilari, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan o‘quvchilar ham hisobga olinadi. Bu erda faol bo‘lmagan foydalanuvchilar haqida batafsil ma'lumotni topishingiz mumkin.
tugmasini bosganingizda tanlangan indikatordagi o‘zgarishlar dinamikasi grafikgi bilan oyna ochiladi:
STATISTIKA BLOKLARI
«QO‘YILGAN BAHOLAR» statistikasi bloki pedagoglar tomonidan Tizimda qo‘yilgan baholar soni bo‘yicha ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Axborot uchta davr uchun taqdim etilgan:
- butun davr uchun(hududda monitoring ishlari boshlangan paytdan boshlab);
- shu yil uchun(joriy o‘quv yilida), o‘quv yili boshidan qo‘yilgan barcha baholar yig‘indisi;
- oxirgi oy uchun(oxirgi to‘rt hafta yig‘indisi).
«UY VAZIFALARI» statistikasi bloki pedagoglar tomonidan Tizimga kiritilgan uy vazifalari soni bo‘yicha ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Axborot uchta davr uchun taqdim etilgan:
- butun davr uchun(hududda monitoring ishlari boshlangan paytdan boshlab);
- shu yil uchun(joriy o‘quv yilida), o‘quv yili boshidan qo‘yilgan barcha baholar yig‘indisi;
- oxirgi oy uchun(oxirgi to‘rt hafta yig‘indisi).
«KO‘RSATILGAN XIZMATLAR SONI» statistikasi bloki foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan Tizimga kirishlar soni bo‘yicha ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Axborot ikkita davr uchun taqdim etilgan:
- oxirgi oy uchun(oxirgi to‘rt hafta yig‘indisi);
- oxirgi hafta uchun(oxirgi 7 kun uchun);
- bir kun uchun o‘rtacha yig‘indi.
Foydalanuvchining Tizimga bir marta kirishi = o‘quvchining hududdagi umumiy ta'lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron kundalik, elektron o‘zlashtirish jurnali formatidagi joriy o‘zlashtirish darajasi haqidagi axborotni taqdim etish bo‘yicha bitta xizmat.
Izoh: statistika bloklari hududdagi davlat hokimiyati organlari tomonidan ish faolligini monitoring qilish uchun joylashtirilgan.
Viloyatlar/Tumanlar reytingi va xududning interfaol xaritasi
Kundalik.com tizimida ishlash faolligini monitoring qilish ta'lim tashkilotlari tomonidan elektron jurnalning yuritilish sifatini ko‘rgazmali formatda aks ettiradi.
Interfaol xaritada bosish imkoniyati mavjud bo‘lib, u foydalanuvchi tomonidan tanlangan faollikka qarab o‘zgaradi:
- Yashil rang bilan tanlangan faollik ko‘rsatkichini to‘liq bajarayotgan viloyatlar/tumanlar qayd etilgan;
- Sariq rang bilan tanlangan faollik ko‘rsatkichini to‘liq bajarmayotgan viloyatlar/tumanlar qayd etilgan;
- Qizilrang bilan tanlangan faollik ko‘rsatkichini bajarmayotgan viloyatlar/tumanlar qayd etilgan.
Kursor tumanga olib borilsa, munisipalitet nomi chiqadi, bosganda esa – tanlangan munisipalitet faolligini monitoring qilish sahifasi shakllanadi.
Tuman/viloyatlar ko‘rsatkichlarining jadval ko‘rinishida taqdim etilishi
№ - tanlangan hudud tuman/viloyatning tartib raqami. Ro‘yxat tanlangan ko‘rsatkich bo‘yicha tuman/viloyatning kamayish reytingi bo‘yicha tuziladi.
Shahar/tuman nomi – shahar/tuman nomi. Nomga bosilishi bilan boshqarma organlarining ko‘rsatkich bo‘yicha faolligini monitoring qilish sahifasi tuziladi.
Tuman reytingi - ushbu mezonlar bo‘yicha ko‘rsatkich bo‘yicha yuqori faollik toifasiga kiruvchi tashkilotlarning tuman bo‘yicha tashkilotlarining umumiy sonidagi ulushi.
X1 – hisobotning tanlangan haftasi uchun "Past" faollik toifasidagi O‘TM-lar soni;
X2 – hisobotning tanlangan haftasi uchun "O‘rta" faollik toifasidagi O‘TM-lar soni;
X3 – hisobotning tanlangan haftasi uchun "Yuqori" faollik toifasidagi O‘TM-lar soni.
M – tumandagi bitta O‘TM-ning ulushi, , qaerda N – bu tumandagi O‘TM-lar soni.
Jami TT – hududda/ MTBO da faollik monitoringida qatnashayotgan TTlarning umumiy soni.
BQJga rasmiy tarzda o‘tgan TTlar soni – hisobot tayyorlanadigan haftada BQJga o‘tgan, BQJga o‘tishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni chiqargan hudud/shahar/tumandagi TTlar soni: profilida “BQJga o‘tgan” belgisiga ega maktablar.
Ramkada ko‘rsatkich nomi (tanlangan blokka bog‘liq) tanlangan ko‘rsatkich bo‘yicha turli faollik toifalaridagi (past, o‘rtacha, yuqori) maktablar sonini aks ettiradi.
Alohida shahar/tumandagi va vazirlikka qarashli TTlarning faollik ko‘rsatkichlariga (batafsil hisobotlar) o‘tish
Tuman/shahar (interfaol xaritaga bosish yoki reytingda tuman/shahar nomiga bosish orqali) tanlanganidan keyin hisobot ma'lumotlariga ega alohida shakl ochiladi.
Ekranning yuqori qismida hisobot davri, hudud/tuman/shahar va faollik ko‘rsatkichlariga ega bloklar haqidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan blok joylashgan.
Barcha ko‘rsatkichlar uchun maktablarning faolligi haqidagi axborot “Oldingi hisobot davri bilan solishtirganda ko‘rsatkich qiymatining o‘sishi / pasayishi” bo‘limida quyidagi shaklda taqdim etilgan:
Jadval vazirlikka qarashli maktablarda tanlangan faollik ko‘rsatkichining dinamikasini aks ettiradi.
Jadval vazirlikka qarashli TTlar ro‘yxatini kamayish tartibida (maksimal qiymatdan minimal qiymatga qarab) aks ettiradi. TTning hisobot davridagi faolligi oldingi hisobot davridagi faollik bilan solishtiriladi.
Izoh:
Yashil rangli strelka bilan faollik ko‘rsatkichi qiymatlarining o‘sishi belgilangan. Uning yonida faollik ko‘rsatkichidagi o‘sish aks etadi.
Qizil rangli strelka bilan faollik ko‘rsatkichi qiymatlarining pasayishi belgilangan. Uning yonida faollik ko‘rsatkichidagi pasayish qiymati aks etadi.
«Ta'tillar» so‘zi o‘tgan hisobot davrida ta'lim tashkilotida darslar o‘tilmaganini ko‘rsatadi.
Izoh: agar ta'lim tashkiloti ta'tilda bo‘lgan bo‘lsa, unda ko‘rsatkichlar (“Jadvalning to‘ldirilish darajasi”, “Darslarni rejalashtirish”, “Sinf jurnallarini yuritish”, “Jurnallarni o‘z vaqtida yuritish”) bo‘yicha ish natijalari avvalgi hisobot haftasidan ko‘chirib olinadi.
TT nomiga bosilganida, tanlangan tashkilot bo‘yicha hisobot ma'lumotlari taqdim etilgan sahifaga o‘tiladi. “Maktab hisobotlariga o‘tish” tugmachasi bosilganida, ushbu TT bo‘yicha “EJKni yuritish statistikasi” hisobotiga o‘tiladi.
Izoh: TT ichidagi hisobotlarga o‘zining vazirlikka qarashli TTlari bo‘yicha faqat MTBO xodimigina o‘ta oladi. Boshqa MTBOning TTlari hisobotlarini ko‘rishga urinish bo‘lganida, 403 xatoligi (“Foydalanishni rad etish”) to‘g‘risidagi hisobot chiqadi.
QShJ KO‘RSATKIChLARINI BAJARISh BO‘YIChA MTBO REYTINGI
QShJ ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha shahar/tuman tashkilotlarining reytingini shakllantirish uchun ekranning yuqori o‘ng burchagida ko‘rsatkichlar berilgan bloklar ustida “QShJ ” variantini tanlash va “BQJ” ko‘rsatkichiga ega blokni tanlash zarur.
QShJ (= QShJga haqiqiy o‘tish) – bu har haftada belgilangan faollik ko‘rsatkichlariga erishish darajasi, u qog‘oz jurnalsiz ishlash imkoniyatini namoyish etadi.
TTlarni faollik toifalari bo‘yicha taqsimlash QShJ sharoitlarida elektron jurnalni yuritish ko‘rsatkichlarida belgilangan qiymatlarga erishilishiga bog‘liq:
- Past (0-82%)– ikkita va undan ortiq ko‘rsatkichlarda talab qilingan qiymatlarga erishmagan TTlar hisobga olinadi.
- O‘rtacha (83-99%)– bitta ko‘rsatkichda talab qilingan qiymatga erishmagan, ammo boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha qiymatlarga erishgan TTlar hisobga olinadi.
- Yuqori (100%)– barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha talab qilingan qiymatlarga erishgan TTlar hisobga olinadi.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq