Elektron shaklda ma'lumotlar bilan ishlashda axbarot xavfsizligi juda muhimdir. Muhim ma'lumotlarni yo‘qotish xavfini minimallashtirish uchun Tizimda ishlashda oddiy qoidalarga rioya qilishni maslahat beramiz.
Parol kuchli bo‘lishi kerak
Parol – bu shaxsni yoki vakolatni tasdiqlash uchun yaratilgan maxfiy so‘z yoki belgilar to‘plami.
Eng ishonchli parol har xil harflar registrlari, raqamlar va maxsus belgilarni o‘z ichiga oladi, loginni o‘z ichiga olmaydi, kamida 8 ta belgidan iborat.
Masalan: «12345678» – yomon parol', uni taxmin qilish juda oson. «Lu$blU-Shk@oLu75» - yaxshi parol, chunki uni taxmin qilish juda qiyin.
Eslatma: parol uchun talablar haqida ko‘proq ma'lumot bu yerda keltirilgan.
Login va parolni jamoat joylarida qoldirish, masalan, uni daftarda yozib qoldirish yoki komp'yuter ekraniga yopishtirish mumkin emas.
Ishonchsiz shaxslar kirish ma'lumotlaridan foydalanib maxfiy ma'lumotlarga ega bo‘lishi, shuningdek foydalanuvchi nomidan har qanday materiallarni joylashtirishi mumkin. Bunday holda, buzib kirish izini topish imkoniyati yo‘q, chunki aslida bu holat buzib kirish deb hisoblanmaydi.
Parolni uchinchi tomonga, hatto hamkasblaringizga berish taqiqlanadi
Agar bir nechta foydalanuvchi bitta akkauntni ishlatsa, bu ma'lumotlarning yo‘qolishiga olib keladi va kimning aybi bilan yo‘qolganligini aniqlash mumkin bo‘lmaydi. Masalan, xodim ma'mur sifatida tizimga kirishi, va jurnalni noto‘g‘ri import qilishi mumkin va shu bilan tizimdan barcha baholarni olib tashlaydi. Agar ma'mur yoki muharrirning huquqlari boshqa shaxsga talab qilinsa, u maktab ma'muridan o‘z vakolatlarini kengaytirishini so‘rashi kerak.
Siz dasturiy ta'minotni jamoat joylarida foydalanuvchi login va parolini «eslab qolishiga» yo‘l qo‘ymasligingiz kerak
Parolni saqlash funktsiyasini faollashtirganingizda, internet-brauzer foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlarni eslab qoladi va jamoat kompyuterida ishlashni davom ettiradigan har qanday odam profildan foydalanishi mumkin.
Ish tugatilgandan so‘ng akkauntdan chiqish lozim
Tizimda biron bir qurilmada (masalan, maktab kompyuterida) ishlashni tugatgandan so‘ng, hech kim uning nomidan Tizimda ishlashni davom ettirmasligi uchun akkauntdan chiqish kerak.
O‘qituvchilar ish joyini o‘quvchilar oldida qoldirganlarida akkauntdan chiqish ayniqsa muhimdir.
Telefon raqamni tasdiqlash lozim
Sahifani himoya qilish uchun telefon raqamini tasdiqlash talab qilinadi. Ishonchsiz shaxs parolni o‘zgartirishga harakat qilganda, foydalanuvchining raqamiga SMS kod yuboriladi va noqonuniy kirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, uning yordami bilan, agar foydalanuvchi o‘z parolini unutgan bo‘lsa, tizimga kirishni tez va mustaqil ravishda tiklashi mumkin.
Oddiy xavfsizlik choralariga rioya qilish ma'lumot yo‘qotilishining oldini olishga yordam beradi!
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq