«O‘zlashtirish: Xulosa» hisoboti avtomatik ravishda fan jurnallariga kiritilgan belgilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida to‘ldiriladi.
Eslatma: avtomatik ravishda fil'trda joriy o‘quv yili ko‘rsatilgan va vaqt oralig‘i uchun joriy hafta ko‘rsatiladi.
Hisobotni tuzish uchun quyidagi ma'lumotlarni ko‘rsatish lozim:
- o‘quv yili;
- vaqt oralig‘i.
«Hisobot qurish» tugmasini bosgandan so‘ng hisobot ochiladi.
Hisobot qo‘yidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
Jadval №1 (butun ta'lim muassasasi uchun xulosaviy hisobot)
- ta'lim muassasasining nomi;
- o‘rtacha ball %;
- o‘zlashtirish darajasi %;
- o‘rtacha ball;
- bilim sifatining jamiy %;
- O‘quvchilar bilim darajasining (O‘BD) umumiy %.
Jadval №2 (sinf bo‘yicha xulosaviy hisobot)
- sinfning nomi;
- hisobot sanasini o‘z ichiga olgan hisobot davrining boshlanish sanasi;
- o‘rtacha ball;
- o‘zlashtirish darajasi %;
- bilim sifatining jamiy %;
- O‘quvchilarning bilim darajasining (O‘BD) umumiy %.
Eslatma: sinflar ro‘yxatiga faqat hisobot davrining boshidan hisobot sanasiga qadar quyidagi shartlar bajarilgan sinflar kiritiladi:
- dars jadvalida kamida bitta dars kiritilgan;
- sinfda faol a'zo bo‘lgan kamida bitta o‘quvchi mavjud (ya'ni sinf bo‘sh emas).
Eslatma: sinf nomini bosish orqali «Davomat: Sinf rahbariga» hisobotiga o‘tishingiz mumkin.
Ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun quyidagi formulalar qo‘llaniladi:
- O‘rtacha ball = («1» baholar soni * 1 + «2» baholar soni * 2 + «3» baholar soni * 3 + «4» baholar soni * 4 + «5» baholar soni * 5) / «1» baholar soni + «2» baholar soni + «3» baholar soni + «4» baholar soni + «5» baholar soni ).
Sinfning o‘rtacha balini hisoblashda ushbu sinfdagi barcha o‘quchilarning barcha fanlari bo‘yicha joriy baholari qo‘llaniladi.
Ta'lim muassasasining o‘rtacha balini hisoblashda ushbu tashkilotning barcha o‘quchilarning barcha fanlari bo‘yicha barcha joriy baholari qo‘llaniladi.
- O‘rtacha ball % = (o‘rtacha ball / 5) * 100%.
- O‘zlashtirish darajasi % = ("4" baholar soni + "5" baholar soni + "O‘" belgilar soni / barcha baholar umumiy soni) * 100%.
- Bilim sifatining jamiy % = ((a'lochilar soni + yaxshi o‘zlashtiruvchilar soni) * 100%) / (baholari kiritilgan o‘quvchilar soni).
qayerda
- a'lochi - barcha joriy baholari «5» ball-dan past bo‘lmagan o‘quvchi;
- yaxshi o‘zlashtiruvchi - barcha joriy baholari «4» ball-dan past bo‘lmagan o‘quvchi.
- O‘BD umumiy % (O‘quvchilarning bilim darajasi) =
qayerda
- n₂ - joriy «1», «2», «O‘/TM» belgilari soni;
- n₃ - joriy «3» belgilari soni;
- n₄ - joriy «4», «O‘» belgilari soni;
- n₅ - joriy «5» belgilari soni;
- n₆ - joriy «B/O» belgilari soni.
Eslatma: agar hisobot sanasi sinfdagi ta'til davriga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, o‘quv yilidagi oldingi hisobot davridagi joriy baholar hisobga olinadi.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq