«Davomat: Xulosa» hisoboti o‘quvchining hisobot davrida dars qoldirishlar va kechikishlar belgilari haqida ma'lumotlari asosida avtomatik ravishda to‘ldiriladi.
Hisobotni tuzish uchun quyidagi ma'lumotlarni ko‘rsatish lozim:
- o‘quv yili;
- vaqt oralig‘i.
Eslatma: avtomatik ravishda joriy o‘quv yili tanlanadi va vaqt oralig‘i uchun joriy hafta tanlanadi.
Hisobot, tanlangan davr uchun quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval shaklida tuziladi:
Jadval №1 (butun ta'lim muassasasi uchun xulosaviy hisobot)
- ta'lim muassasasining nomi;
- jurnalda davomat belgilari kiritilmagan katakchalarning foizi;
- butun tashkilot bo‘yicha davomat belgilarining umumiy soni;
- «K» davomat belgilarining umumiy soni;
- «DQ» davomat belgilarining umumiy soni;
- «N» davomat belgilarining umumiy soni;
- darslarning umumiy sonini muassasada ta'lim olib, ushbu darslarda qatnashishi zarur bo‘lgan o‘quvchilar soniga bo‘lish (jurnaldagi katakchalarning umumiy soni).
Jadval №2 (sinf bo‘yicha xulosaviy hisobot)
- sinfning nomi;
- jurnalda davomat belgilari kiritilmagan katakchalarning foizi;
- butun sinf bo‘yicha davomat belgilarining umumiy soni;
- «K» davomat belgilarining umumiy soni;
- «DQ» davomat belgilarining umumiy soni;
- «N» davomat belgilarining umumiy soni;
- darslarning umumiy sonini sinfda ta'lim olib, ushbu darslarda qatnashishi zarur bo‘lgan o‘quvchilar soniga bo‘lish (jurnaldagi katakchalarning umumiy soni).
Eslatma: sinflar ro‘yxatiga faqat hisobot davrining boshidan hisobot sanasiga qadar quyidagi shartlar bajarilgan sinflar kiritiladi:
- dars jadvalida kamida bitta dars kiritilgan;
- sinfda faol a'zo bo‘lgan kamida bitta o‘quvchi mavjud (ya'ni sinf bo‘sh emas).
Eslatma: sinf nomini bosish orqali «Davomat: Sinf rahbariga» hisobotiga o‘tishingiz mumkin.
Ko‘rsatgichlarni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Davomat % = ((darslar soni * o‘quvchilar soni - qoldirilgan darslar soni) / darslar soni * o‘quvchilar soni) * 100%
Misol: 10 kishidan iborat sinf, hisobot haftasida 20 ta darsni yakunladi. Ikkita o‘quvchi butun davr davomida kasal bo‘lib qoldilar. Hisoblanishi:
- qoldirilgan darslar soni: 2 * 20 = 40;
- darslar soni * o‘quvchilar soni: 20 * 10 = 200.
Davomatning umumiy % = ((200-40) / 200) * 100% = 80%
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq