"Kundalikga kirish: Maktab" hisoboti sizga maktabdagi qancha oʼquvchi allaqachon elektron kundalik sotib olgani va qanchasi sotib olmaganligi toʼgʼrisida xabar beradi. Hisobot jadval shaklida tuzilgan boʼlib, unda quyidagi maʼlumotlar mavjud:
- sinf;
- oʼquvchilar soni;
- kundalikga kira olmaydigan oʼquvchilar soni;
- oʼquvchilarni kundalik bilan taʼminlash %.
Jadvalning yuqori qismida hisobot boʼyicha umumiy xulosalar quyidagi shaklda aks ettirilgan:
- oʼquvchilarning umumiy soni;
- kundalikka kira olmaydigan oʼquvchilar soni;
- oʼquvchilarni kundalik bilan taʼminlash %.
Koʼrsatkichlarning qisqacha mazmuni
Jami oʼquvchilar soni - hisobot tuzish vaqtida butun maktab boʼyicha sinflarda aʼzolikga ega boʼlgan oʼquvchilar soni.
Kundalikka kira olmaydigan oʼquvchilar soni - hisobot tuzish vaqtida maktab boʼyicha sinflarda aʼzolikga ega boʼlgan va Tizimga kirish imkoniga ega boʼlmagan oʼquvchilar soni.
Oʼquvchilarni kundalik bilan taʼminlash %:
oʼquvchilarni kundalik bilan taʼminlash % = (1-K/N) * 100% bu yerda
- N - oʼquvchilarning umumiy soni
- К - Kundalikga kira olmaydigan oʼquvchilar soni
Jadvaldagi koʼrsatgichlar
Sinf - faol sinflarning kodlari. Sinf kodini bosish orqali "Sinflar" filtrida tanlangan sinf boʼyicha "Kundalikga kirish: sinflar" hisoboti ochiladi.
Izoh: Hisobotga faqat faol (keyingi oʼquv yiliga oʼtkazilmagan yoki arxivlanmagan) sinflar kiradi. Аgar joriy oʼquv yilida bunday sinflar mavjud boʼlmasa, "Maʼlumot yoʼq" axbaroti koʼrsatiladi.
Oʼquvchilar soni - hisobot tuzish vaqtida maktab boʼyicha sinflarda faol aʼzolikga ega boʼlgan oʼquvchilar hisobga olinadi.
Kundalikka kira olmaydigan oʼquvchilar soni - hisobot tuzish vaqtida maktab boʼyicha sinflarda aʼzolikga ega boʼlgan va Tizimga kirish imkoniga ega boʼlmagan oʼquvchilar soni.
Izoh: agar oʼquvchiga bepul kirish imkoniyati bilan taʼlim tashkilotida aʼzo boʼlsa yoki kundalikga faol obunasi boʼlsa , "Faol kirish" deb hisoblanadi. Kundalikka qanday obuna boʼlish haqida koʼproq bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Oʼquvchilarni kundalik bilan taʼminlash %.
Eslatma:hisobotning yuqori qismida hisobotni eksport qilish imkoniyati mavjud.
Eksport qilingan hisobot quyidagi shaklga ega:
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq