Oʼquv yili uchun hisobot hujjatini chop etishda baʼzi foydali maslahatlar:
- Dars jadvaliga kiritilgan fan nomi 4 chorakda ham bir xil nomlanganligini (1 fandan ikki nom bilan jurnal yaratish mumkin emas) tekshirib chiqing.
- Hisobot hujjati, fan jurnallarida barcha yakuniy baholar qoʼyilgan va oʼzlashtirish boʼyicha hisobotlar toʼliq shakllantirilgandan keyingina chop etilishi kerak.
- Hisobot xujjatini chop etishdan avval, sinf sozlamalarida "Qarorlar" boʼlimiga Pedagogik kengashi qarori kiritilganlini tekshiring.
- Oʼquv yili davomida sinfdan / maktabdan chiqarib yuborilgan oʼquvchilar uchun pedagogik kengash qarorini tahrirlash kerak. Kerakli oʼquvchining ismi-sharifi yonidagi “Qalam” tugmasini bosish orqali qarorni tahrirlang.
- Chop etishdan oldin, sahifalarni diqqat bilan koʼrib chiqish va barcha maʼlumotlarning toʼgʼri va xatosiz koʼrsatilishiga ishonch hosil qilish lozim.
- Hisobot hujjati chop etilishini tasdiqlashdan oldin chop etish sozlamalarini tekshirishingiz kerak.
- Printerda siyoh kamaymaganligi va chop etish sozlamalari toʼgʼri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun namuna sifatida avval 1-2 sahifani chop etishingiz kerak.
Eslatma: “Oʼquv yili uchun sinf boʼyicha hisobot hujjatini chop etish” haqida batafsil maʼlumotni bu yerda topishingiz mumkin.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish