Ushbu maqolada "O'zlashtirish tahlili" ilovasi bilan ishlash bo'yicha tez-tez beriladigan savollarga javoblar tasvirlangan.
O'quvchining fan bo'yicha reytingi bu nima?
Bitta fan bo'yicha o'quvchining chorak/trimestr/semestr uchun o'rtacha ballidan shakllantiriladigan sinfdagi reyting.
O'rtacha ball qanchalik yuqori bo'lsa, fan bo'yicha o'quvchining reytingi shunchalik yuqori bo'ladi.
O'quvchining umumiy reytingi bu nima?
Chorak / trimestr / semestr uchun fanlar bo'yicha barcha reytinglarning o'rtacha ballidan shakllanadigan sinfdagi reyting.
Alohida fanlar bo'yicha reytinglar qanchalik yuqori bo'lsa, o'quvchining umumiy reytingi shunchalik yuqori bo'ladi.
Reyting qanday shakllantiriladi?
Reytingdagi o'rinlar soni baho olgan o'quvchlar soniga teng. Agar ikkita o'quvchi bir xil ball olgan bo'lsa, ular bir xil reytingga ega (ular reytingda bir o'rinni egallaydi, qolgan o'quvchlar esa mos ravishda reytingda pastga tushuriladi).
Misol: 2 nafar o'quvchi eng yuqori ball oldi va 1-o‘rinni bo‘lishdi, keyin quyidagi ball to‘plagan o'quvchi reytingda 3-o‘rinni egallaydi.
Agar darsda baho olmagan bo‘lsam, sinfdoshlarim olgan baholarni ko‘ra olamanmi?
Yo'q. Ilova faqat o'z baholaringizni sinfdoshlaringiz baholari bilan solishtirish imkonini beradi.
Sinov muddati tugagandan keyin nima bo'ladi?
Foydalanuvchi ilovaga kirishi va baholarini ko‘rishi mumkin, ammo tahliliy hisobotlar mavjud bo‘lmaydi.
Hisobotlarga kirish uchun siz pullik obunani faollashtirishingiz kerak.
Qanday obuna turlari mavjud va ular qancha turadi?
Obuna turlari va narxi haqida ma'lumot ilovada mavjud:
- Agar sinov versiyasi tugagan bo'lsa va ilovada faol pullik obuna bo'lmasa, obuna haqida ma'lumotlarni ko'rish uchun istalgan bahoni bosishingiz kerak. Yoki menyuda "Obuna bo'lish" tugmasini tanlang.
- Agar sizda faol obuna bo'lsa, dasturning yuqori o'ng burchagidagi "Menyu" tugmasini bosishingiz kerak, ochilgan oynada "Obuna haqida ma'lumot" tugmasini, so'ng "Obuna turlari" tugmasini bosing.
Sinov versiyasida nimalar mavjud?
Sinov versiyasi sizga 7 kun davomida ilovaga to'liq kirish imkonini beradi. Ilovaning funksionalligida hech qanday cheklovlar yo'q.
Obuna shartlari qanday?
Obuna uni xarid qilgan foydalanuvchi va unga bog'langan qarindoshlari: ota-onalar, bolalar, aka-uka va opa-singillar (agar o'quvchi uni xarid qilgan bo'lsa) uchun ilovaga to'liq kirish imkonini beradi. Yuqorida ko'rsatilgan barcha foydalanuvchilar Kundalik tizimida nafaqat o'quvchi/ ota-ona profiliga ega bo'lishi, balki ular orasida tegishli oilaviy aloqalari o'rnatilgan bo'lishi kerak. Ushbu qarindoshlarning ro'yxati obuna turini tanlash oynasining pastki qismida ko'rsatilgan. Tanlangan turga qarab, kirish 30 kun yoki bir yil (365 kun) uchun taqdim etiladi.
"Bir yil davomida (365 kun)" obuna turi nimani anglatadi?
Ushbu obuna turi butun yil davomida (to'lov sanasidan boshlab 365 kun) chegirma bilan arzon narxda kirish imkonini beradi.
"1 oylik (30 kun)" obuna turi nimani anglatadi?
Ushbu obuna turi 1 oyga (to'lov kunidan boshlab 30 kun) foydalanish imkoniyatini beradi/ Foydalanuvchilar uchun chegirmali individual takliflar mavjud.
Joriy obuna haqida ma'lumotlarni qayerdan ko'rishim mumkin?
Ekranning yuqori o'ng qismida "Menyu" yorlig'ini bosishingiz kerak va ochilgan sahifada "Obuna haqida ma'lumot" bo'limida ma'lumotlarni ko'rishingiz mumkin.
Obunani bekor qilish mumkinmi? Mening pulim qaytariladimi?
To‘lovni amalga oshirilgan kalendar oyi davomida pulni qaytarib olish mumkin. To‘lovga o‘tishni tasdiqlash bilan, siz ushbu xizmatdan foydalanish shartlarini qabul qilasiz.
Agar ilovaning veb-versiyasiga obuna bo'lgan bo'lsam, mobil versiyasiga ham kirishim mumkinmi?
Ilovaning qaysi versiyasiga obuna bo'lishidan qat'i nazar, dasturning barcha versiyalariga kirish imkoniyati taqdim etiladi.
Agar men bir kunda bir nechta obuna uchun to'lov qilsam, kunlar qo'shiladimi?
Turli profillar orqali bir vaqtning o'zida bir nechta obunani xarid qilinganda (masalan, ota-ona va o'quvchi profillaridan), ikkala obunaning amal qilish muddati umumlashtirilmaydi. Bitta profilda bir vaqtning o'zida bir nechta obunalar xarid qilinganda (masalan, ota-onaning profili orqali), obunalarning amal qilish muddati umumlashtiriladi.
1-misol: O'quvchi 01/09/2022-da 1 oylik obunani xarid qildi. Obuna 1/10/2022-gacha obuna amal qiladi. Shu bilan birga, 10/092022 -da ota-ona bir yillik obunani sotib oldi - obuna 10/09/2023 - gacha ishlaydi.
2-misol: Ota-ona 1 oylik obunani 01/09/20220 - da, keyin esa yillik obunani 10/092022-da sotib oldi. Obuna 30.09.2023 yilgacha ishlaydi.
Obunani vaqtinchalik to'xtatib qo'yish mumkinmi?
Ayni paytda bunday imkoniyat mavjud emas.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish