Agar sinf ikki (yoki undan ortiq) o'quv yilidan oldinga noto'g'ri ko'chirilgan bo'lsa va, masalan, keyingi o'quv yiliga o'tib qolgan bo'lsa, ta'lim tashkilotining ma'muri sinfni qaytarib berishi mumkin. Buning uchun:
- "Ma'muriyat" bo'limida "Sinflat ro'yxati" yorlig'ini oching;
- sinflar qaysi yilga o'tib qolgan bo'lsa, masalan, keyingi (2023/2024) o'quv yiliga, shu yilga strelkani oldinga bosib o'tish kerak;
- xatolik bilan o'kazilgan sinf nomini bosing va ekranning o'ng tomonidagi "Arxivga o'tkazish" ni tanlang;
- arxivlashda 2023/2024 o'quv yilida a'zolikning amal qilish muddatini ko'rsating, masalan, 08/01/2023;
- arxivlashni tasdiqlang;
- asl o'quv yiliga o'ting va o'quvchilarni qaytarish kerak bo'lgan sinfni arxivdan tiklang;
- keyin "Ma'muriyat" bo'limida - "Odamlar ro'yxati" - "Arxiv" yorlig'ini oching. Noto'g'ri ko'chirilgan sinfning barcha o'quvchilari u erda bo'ladi. Shuningdek, joriy o'quv yilida sinf profiliga kiritishingiz va "O'quvchilar" - "Sinfda bo'lganlat" yorlig'iga o'tishingiz mumkin.
O'quvchilarni tiklash uchun quyidagilarni bajarish zarur:
- sinfdan chiqarilgan o'quvchilarning birinchisining ismini ustiga bosing;
- ekranning o'ng tomonida "Arxivdan tiklash" bandini tanlang, to'g'ri sinf, o'quv yili va "Xato tufayli" tiklash turini ko'rsating;
- yuqoridagi amalni har bir o'quvchi uchun takrorlang;
- O'quvchilarning tiklanishi tugallangandan so'ng, bo'sh sinf profili keyingi o'quv yilida o'chirilishi kerak.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish