Bu yerda eMaktab.uz texnik yordamiga murojaat qilishni, hamda barchaga mashhur Telegram messenjiri orqali savol yuborishni ko‘rib chiqamiz:
Botni qanday topish mumkin
Telegram-botdan foydalanish uchun bir necha oddiy qadamlarni bajarish kerak.
- Qurilmangizda Telegram ilovasini oching;
- Qidiruv satriga bot nomini kiriting — eMaktabuz_bot;
- Qidiruv natijalaridan «eMaktab.uz – Qo'llab-quvvatlash xizmati» botini tanlang.
- Botni tanlash
Bot bilan qanday ishlash
ot bilan ishlashni boshlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
«Start» tugmasini bosing, shunda bot faollashadi va ishlashni boshlaydi.
Ochiq menyuda sizga mos bo‘lgan tilni tanlang (o‘zbek yoki rus tili)
Har bir bo‘lim ma’lum vazifalarni bajarish va kerakli ma’lumotni olish uchun mo‘ljallangan. Davom ettirish uchun kerakli menyu punktni tanlang.
Qayta kirish imkonini tiklash
Onlayn CHSB yordami — O‘qituvchilar uchun
Onlayn CHSB yordami — O‘quvchilar uchun
Mening baholarim va reytingim
Obunani to‘lash
Texnik yordamga murojaat qilish
Mening arizalarim
Instagram, Telegram, Facebook, YouTube
Sayt
«Onlayn CHSB yordami — O‘qituvchilar uchun»
Bu bo‘limda CHSB/BSB topshirish tartibi va o‘qituvchilar uchun kerakli materiallar hamda tushuntirishlar mavjud.
Unda ko‘rsatmalar, tavsiyalar va qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi, bu esa pedagoglarga jarayonni to‘g‘ri tashkil qilish va ko‘p uchraydigan savollarga javob olishda yordam beradi.
«Onlayn CHSB yordami — O‘quvchilar uchun»
Bu bo‘limda SHSBhni qayta topshirish imkoniyati va o‘quvchilar uchun muhim ma’lumotlar keltirilgan.
Tushuntirishlar, qoidalar va tavsiyalar yordamida o‘quvchilar qayta topshirish tartibini tushunishlari va qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.
«Mening baholarim va reytingim»
Bu bo‘limda farzandlaringizning o‘qish natijalari haqida ma’lumot mavjud:
«Baholar», «Jadval», «Uy ishlari», «Reytingdagi o‘rni», «Chorak baholari».
Bo‘limga kirganda farzandlar ro‘yxati FIO bilan ochiladi. Ma’lumotni ko‘rish uchun kerakli bolani ro‘yxatdan tanlash kerak.
«Obunani to‘lash»
Bu bo‘lim orqali eMaktab.uz platformasi orqali to‘lov amalga oshiriladi.
To‘lov bir necha qadamda amalga oshiriladi va operatsiya tasdiqlanadi.
«Profilga kirish» tugmasini bosing va so‘ngra to‘lovni bajaring.
«Texnik yordamga murojaat qilish»
Bu bo‘lim orqali mutaxassislarimizga muammolaringizni batafsil bayon qilib yuborishingiz mumkin. Jarayon 5 qadamdan iborat:
Qadam 1: Rolingizni tanlang. Agar siz ota-ona bo‘lsangiz, «Ota-ona» variantini belgilang.
Qadam 2: To‘liq FIOni kiriting (masalan: KOMILOV DAVRON SANJAROVICH).
Qadam 3: Bog‘lanish uchun telefon raqamini ko‘rsating.
Qadam 4: Muammolaringizni batafsil bayon qiling (kamida 50 belgidan iborat).
Qadam 5: Skrinshot ilova qiling, bu muammoni qo‘shimcha tushuntirishga yordam beradi.
Arizani tuzgandan so‘ng ma’lumotlarni tekshiring.
Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, «Tasdiqlash» tugmasini bosib, murojaatni yuboring.
Xatolar bo‘lsa, «Arizani bekor qilish» va yangi ariza yuboring.
«Mening arizalarim»
Bu bo‘limda oldin yuborilgan arizalaringiz ko‘rsatiladi va ularning holatini kuzatish hamda kerak bo‘lsa har bir murojaatning tafsilotini ko‘rish mumkin.
«Instagram, Telegram, Facebook, YouTube»
Bu bo‘lim orqali ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga o‘tish mumkin: Instagram, Telegram, Facebook, YouTube.
«Sayt»
Bu bo‘lim orqali rasmiy saytimiz eMaktab.uzga kirib, qo‘shimcha ma’lumot olish va servislar orqali foydalanish mumkin.
"Tilni o`zgartirish" tugmasi
«Tilni o‘zgartirish» tugmasi foydalanuvchiga botning interfeysi va xabarlarini boshqa tilga tezda o‘tkazishga imkon beradi.
eMaktab.uz platformasi va bot imkoniyatlaridan foydalanib, doim farzandlaringizning baholari, jadvali va yangiliklaridan xabardor bo‘ling. Bolalaringiz va siz uchun o‘qish jarayoni ham qulay, ham samarali bo‘lsin.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish