Davlat maktablarida o‘quv vaqti o‘quvchilar soni va maktabdagi dars xonalari miqdoriga qarab ikki smenaga: 1-va 2-smenaga bo‘linadi. Jadval bilan ishlayotganda har bir darsning boshlanish vaqti aniq ko‘rsatilganligiga va tanaffuslar vaqti to‘g‘ri hisoblanganligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Xususiy maktablarda esa ichki tartib-qoidalarga ko‘ra jadval boshqacha tarzda sozlanishi mumkin.
Qanday qilib qo‘ng‘iroqlar jadvalini to‘g‘ri sozlash mumkin?
1-qadam: Qo‘ng‘iroqlar jadvali sozlamalarini tekshiring
- Maktab boshqaruvi > Qo‘ng‘iroqlar jadvali bo‘limiga o‘ting.
- Barcha qo‘ng‘iroq parametrlari (darslarning boshlanish va tugash vaqtlari, tanaffuslar) barcha o‘quv kunlari uchun to‘g‘ri sozlanganligiga ishonch hosil qiling.
- Hafta kunlari to‘g‘ri ko‘rsatilganligiga va qo‘ng‘iroqlar vaqti bir-biri bilan ustma-ust kelmasligiga ishonch hosil qiling.
- Ikkinchi smena jadvali ham birinchi smena kabi birincho soatdan boshlanadi
2-qadam: Jadval barcha sinflarga tayinlanganligini tekshiring
- Har bir sinf sozlamalarida smenaga qarab qo‘ng‘iroqlar jadvali to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
- O‘zgartirishlarni kiritgandan keyin "Saqlash" tugmasini bosing.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish