Dars jadvali chop etilgandan so‘ng, ko‘pincha dars jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘ladi (masalan, o‘qituvchining kasalligi tufayli darsni ko‘chirish). «Jadvallar» bo‘limi muharriri dars jadvaliga quyidagi o‘zgarishlarni kiritishga imkoni bor:
- darsni o‘chirish yoki bekor qilish;
- darsni almashtirish;
- darsni ko‘chirish;
- o‘qituvchini almashtirish;
- sinf xonasini, o‘quv guruhni almashtirish.
Eslatma: jadvallar blokiga kirish huquqiga ega bo‘lgan muharrir va administrator dars jadvaliga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Dars jadvalida darsni bekor qilish
Darsni bekor qilish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- «Joriy hafta» bo‘limiga o‘ting (yoki «Butun davr uchun jadval»);
- bekor qilmoqchi bo‘lgan darsni tanlang;
- ochilgan menyudagi qizil doirani bosing;
- «Darsni bekor qilish» bandini tanlang va bekor qilinish sababini ko‘rsating (agar kerak bo‘lsa);
- bekor qilingan dars, dars jadvalida va dars soatlarini rejalashtirishda qizil rang bilan ajratib ko‘rsatiladi:
Dars soatlarini rejalashtirishni chop etish vaqtida bekor qilingan dars yashiriladi.
Bekor qilingan darsni dars jadvalida tiklash mumkin, darsni tahrirlashga kiring («qalam» belgisini bosing) va tiklash turini tanlang:
- «O‘zgartirish yoki ko‘chirish» parametrini belgilaganda dars, jadvalda yashil rang bilan ajratiladi, dars «O‘zgartirishlar tarixi» hisobotiga yozib qo‘yiladi.
- «Ajratmang (xatolarni to‘g‘rilash va hokazo)» parametrini belgilaganda, dars almashtirish sifatida ajratilmaydi va shunday qilib «Darsni bekor qilish» harakati hisobotda qayd etilmaydi.
Jadvalda darsni o‘chirish
Darsni o‘chirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- «Joriy hafta» bo‘limiga o‘ting (yoki «Butun davr uchun jadval»);
- o‘chiriladigan darsni tanlang;
- ochiladigan menyuda qizil doirani bosing;
- ochilgan oynada «Darsni o‘chirish» buyrug‘ini tanlang va «Ha, o‘chirib tashlash!» tugmachasini bosib, amalni tasdiqlang.
O‘chirilgan dars kunlik jadvaldan va dars soatlarini rejalashtirishdan yo‘qoladi, shuningdek, baholar va uy vazifalari haqidagi ma'lumotlar ham yo‘qoladi.
Dars jadvalida darsni ko‘chirish
Darsni boshqa kunga o‘tkazish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi:
- avval dars ko‘chiriladigan kunida dars uchun katak bo‘sh bo‘lganligiga ishonch hosil qiling. Agar katakchada dars bo‘lsa, uni bekor qilish kerak;
- «Joriy hafta» bo‘limiga o‘ting (yoki «Butun davr uchun jadval»);
- ko‘chiriladigan darsni tanlang;
- ochiladigan menyuda «qalam» belgisini bosing;
- ko‘chiriladigan darsning sanasi va raqamini ko‘rsating va darsning o‘zgarishini «almashtirish / ko‘chirish» sifatida belgilang.
«Ajratmang (xatolarni tuzatish va hk)» varianti o‘rnatilganda, dars ko‘chirish sifatida ajratilmaydi va shunday qilib «ko‘chirilgan va almashtirilgan darslar jurnali» hisobotida «darsni ko‘chirish» harakati qayd etilmaydi.
- «Saqlash» tugmasini bosing, agar kerak bo‘lsa dars ko‘chirilganining sababini ko‘rsating va saqlashni tasdiqlang.
Ko‘chirilgan dars jadvalda yashil rang bilan belgilanadi.
Jurnalda va dars soatlarini rejalashtirishda, ko‘chiriladigan darsning boshlang‘ich sanasi qavslar ichida ko‘chirilgan sana yonida ko‘rsatiladi.
Dars soatini rejalashtirishni chop etish vaqtida darsning sanasi dars ko‘chiriladigan sananing yonida qavslarda ko‘rsatiladi.
Dars jadvalida fanni almashtirish
Fanni almashtirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- «Joriy hafta» bo‘limiga o‘ting (yoki «Butun davr uchun jadval»);
- almashtiriladigan darsni tanlang;
- ochiladigan menyuda qizil doirani bosing;
- «Darsni Bekor qilish» variantini tanlang va bekor qilinish sababini ko‘rsating (agar kerak bo‘lsa);
- bekor qilingan dars, jadvalda qizil rangda ta'kidlanadi. Keyinchalik, bekor qilingan darsning katagiga «plyus» belgisini bosishingiz va yangi dars haqidagi ma'lumotlarni jadvalga kiritishingiz kerak;
- dars bekor qilingandan so‘ng, «Ha, yaratish» tugmasini bosishingiz kerak bo‘lgan dialog oynasi paydo bo‘ladi.
Yaratilgan dars jadvalda bekor qilingan dars bilan bir katakda ko‘rsatiladi va yashil rang bilan ajratiladi.
Natijada, darsni almashtirish bo‘yicha harakatlar «O‘zgarishlar tarixi» hisobotida qayd etiladi.
Dars jadvalida o‘qituvchini (xonani yoki o‘quv guruhini) almashtirish
O‘qituvchini (xonani yoki o‘quv guruhini) almashtirish uchun darsning sozlamalarida quyidagi harakatlarni bajarish kerak:
- «Joriy hafta» bo‘limiga o‘ting (yoki «Butun davr uchun jadval»);
- ma'lumotlarni almashtirish kerak bo‘lgan darsni tanlang;
- ochiladigan menyuda qalam belgisini bosinг;
- «O‘qituvchi/kim ishtirok etmoqda/ xona» satrlarda kerakli o‘zgartirishlarni amalga oshiring va darsning o‘zgartirilishini «almashtirish / ko‘chirish sifatida» ta'kidlang;
«Ajratmang (xatolarni tuzatish va hk)» varianti tanlanganda, dars ko‘chirish sifatida ajratilmaydi va shunday qilib «o‘zgarishlar tarixi» hisobotida «darsni ko‘chirish» harakati qayd etilmaydi.
- «Saqlash» tugmasini bosing, agar kerak bo‘lsa dars ko‘chirilganining sababini ko‘rsating va saqlashni tasdiqlang.
Tahrirlangan dars, jadvalda yashil rangbilan ajratib ko‘rsatiladi.
O‘qituvchi almashtirilgani haqida ma'lumot jurnaldagi dars sahifasida ko‘rsatiladi.
Almashgan o‘qituvchi ma'lumotni darsni rejalashtirish va almashtirilgan dars jurnaliga kiritishi mumkin.
Agar jadvalda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lsa, dars jadvali sxemasini tahrirlash va o‘zgartirishlar kuchga kiradigan haftadan boshlab nashr etish tavsiya etiladi, agar kerak bo‘lsa va darslar bilan bog‘liq bo‘lgan baholar va uy vazifalari bo‘lmasa, dars jadvalini oldindan o‘chirib tashlang.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish