📣 eMaktab “Novator ustoz – 2025” tanlovini e’lon qiladi!
eMaktab raqamli ta’lim platformasi O‘zbekiston bo‘ylab pedagoglar o‘rtasida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini targ‘ib qilish va raqamli madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbus — “Novator ustoz – 2025” respublika tanlovining boshlanganini e’lon qiladi.
🌐 Raqamli transformatsiya – zamon talabi
Bugungi kunda raqamli transformatsiya — bu shunchaki trend emas, balki dolzarb ehtiyojdir. Maktab ta’lim tizimini yaxshilashda ustozlar – bosh qahramon.
“Novator ustoz – 2025” tanlovi aynan shu ilg‘or o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va ilhomlantirish maqsadida tashkil etilgan.
👩🏫 Kimlar ishtirok etadi?
Tanlovda butun Respublikadagi 1500 ta mezonli maktab o‘qituvchilari ishtirok etadi. Bu maktablar mezonli baholash tizimini joriy etgan bo‘lib, raqamli islohotlarda ilg‘orlik ko‘rsatmoqda. Tanlov ular uchun o‘zini namoyon qilish va butun respublikaga namuna bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
🔧 Tanlov topshirig‘i
TTanlovning asosiy vazifasi — eMaktab.Smart platformasi orqali onlayn-BSB (bo'limlar bo'yicha summativ baholashlar) yaratish va o'tkazishdan iborat.
Shartlar quyidagicha:
-
O'qituvchilar onlayn-BSBlar yaratadilar;
-
Bajarish uchun o‘quvchilarga beradilar;
-
Yakunida baholarni elektron kundalikka kiritadilar.
Onlayn BSB berish va yaratish bo'yicha qo'llanma bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin
📊 G‘oliblar qanday aniqlanadi?
Tanlov yakunlari 2024–2025 o‘quv yilining 4-choragida umumlashtiriladi.
Baholash asosida — o‘zlashtirish monitoringi ko‘rsatkichlari bo‘ladi.
-
Har bir viloyatdan 1 tadan 14 ta eng yaxshi maktab tanlab olinadi.
-
Har bir viloyatdagi g‘olib — o‘z sinfi uchun eng ko‘p onlayn BSB o‘tkazgan, ularning baholarini o‘z vaqtida elektron kundalikka kiritgan o‘qituvchi bo‘ladi.
Agar natijalar teng bo‘lsa, onlayn-trenajyorlardan o‘tish foizi qo‘shimcha mezon sifatida hisobga olinadi.
G‘olib — o‘quvchilari ichida BSB bajarish foizi eng yuqori bo‘lgan o‘qituvchi deb topiladi.
💬 Tashkilotchilardan fikr:
“Bugungi novatorlar — bo‘lajak ta’lim tizimining yetakchilari. Biz har bir faol o‘qituvchi o‘z hissasi muhim, mehnati sezilarli va o‘zgarishlar real ekanligini his qilishini istaymiz,”
— deydi eMaktab raqamli ta’lim manbalari bo‘limi rahbari Sabina Yunusova.
🔗 Muhim havola:
Eslatmalar:
- BSBni yaratish va berish uchun havola:
https://emaktab.uz/works - G‘oliblar 2024–2025 o‘quv yilining 4-choragi yakunida e’lon qilinadi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish