Hurmatli o‘quvchilar va ularning ota-onalari!
eMaktab va AQLVOY telekanali kuchlarini birlashtirib, ta’limni hayajonli sarguzashtga aylantirmoqda! Farzandingiz muvaffaqiyat sari kuchli turtki oladi va kelajakdagi yutuqlariga kalit bo‘ladigan raqamli texnologiyalarni o‘zlashtiradi. Ko‘proq motivatsiya. Ko‘proq kashfiyotlar. Ko‘proq g‘alabalar!
🕝 O‘tkazilish muddati
— Tanlov 2025-yil 3–9 noyabr kunlari kuzgi ta’til davomida o‘tkaziladi.
🏆 Kimlar qatnashishi mumkin
— eMaktab foydalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar
📌 Ishtirok etish shartlari
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
👩🎓 O‘quvchilar uchun:
— 3–9 noyabr kunlari har kuni AQLVOY telekanalida Paddington multserialining yangi qismlarini tomosha qilish;
— har bir epizod oxirida QR-kodni skanerlash yoki eMaktab saytiga login va parol bilan kirib “Sovg‘alarni ol” tugmasini bosish;
— topshiriqlarni bajarish, savollarga javob berish va zo‘r sovrinlarga ega bo‘lish.
📊 G‘oliblarni aniqlash
— Har bir hududdan 1 nafardan, jami 14 nafar eng ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
— G‘oliblarni AQLVOY brendi tushirilgan mahsulotlar jamlangan ryukzak kutadi.
💙 Loyihaning maqsadi — raqamli ta’limni qo‘llab-quvvatlash va o‘quvchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish