Mazkur Kelishuv eMaktab Foydalanuvchi kelishuvining ajralmas qismi hisoblanadi va Foydalanuvchining “To‘lovlarni amalga oshirish uchun platforma” raqamli mahsulotidan foydalanish tartibini belgilaydi. To‘lovlarni amalga oshirishga oid qismida Hamkor-bankning Foydalanuvchiga To‘lovni tasdiqlashdan avval taqdim etiladigan qoidalari ham qo‘llaniladi.
1. Atamalar
1.1. Ijrochi — Platformani taqdim etuvchi va uning Hamkor-bank bilan texnik o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi “KUNDALIK” MCHJ.
1.2. Platforma — Ijrochiga tegishli dasturiy mahsulot va texnik interfeys bo‘lib, u orqali Foydalanuvchi Tashkilot Xizmatlari hisoblanmasi yoki ularning qiymati haqida ma’lumot olishi, To‘lov parametrlarini shakllantirishi va Hamkor-bankning to‘lov dasturi orqali Tashkilot foydasiga To‘lovni amalga oshirishi mumkin.
1.3. Tashkilot — Foydalanuvchi uning foydasiga Tashkilot Xizmatlari uchun To‘lovni amalga oshiradigan ta’lim tashkiloti.
1.4. Hamkor-bank — O‘zbekiston Respublikasining tegishli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega hamda Platformaga integratsiyalangan o‘z to‘lov dasturi orqali To‘lovlarni qabul qilish, avtorizatsiyalash, qayta ishlash, o‘tkazish va hisob-kitoblarni ta’minlaydigan tijorat banki. Hamkor bankning nomi va u haqidagi zarur ma’lumotlar Foydalanuvchiga Platforma interfeysida va/yoki Hamkor bankning https://uzumbank.uz/uz/tariffs/ elektron manzilida e’lon qilingan hujjatlarida taqdim etiladi.
1.5. Foydalanuvchi (To‘lovchi) — Platforma orqali Tashkilot Xizmatlari uchun To‘lovni amalga oshirish tashabbusi bilan chiquvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
1.6. To‘lov — Foydalanuvchi tashabbusi bilan Hamkor-bank tomonidan Tashkilotning amalda ko‘rsatilayotgan yoki ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan Xizmatlariga haq to‘lash maqsadida uning foydasiga amalga oshiriladigan naqdsiz pul o‘tkazmasi.
1.7. To‘lov summasi — Foydalanuvchi tomonidan to‘lov uchun tanlangan, Servis yigʻimi va/yoki Hamkor-bank komissiyasini oʻz ichiga olmagan Tashkilot Xizmatlarining qiymati
1.8. Tashkilot Xizmatlari — Tashkilot tomonidan Foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan va To‘lovning uchun mustaqil asos boʻlib xizmat qiladigan ta’lim, axborot, qo‘shimcha va boshqa qonuniy xizmatlar.
1.9. Servis yigʻimi — Platformadan foydalanish imkoniyatini taqdim etganlik, uni texnik qoʻllab-quvvatlaganlik va Hamkor-bank bilan texnologik o‘zaro hamkorlikni ta’minlaganlik uchun Ijrochining mukofoti. Servis yigʻimi to‘lov xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun komissiya hisoblanmaydi.
1.10. Hamkor-bank komissiyasi — Hamkor-bankning To‘lovni qabul qilish, avtorizatsiyalash, qayta ishlash, o‘tkazish va hisob-kitoblar bilan bog‘liq to‘lov xizmatlari uchun mukofoti.
1.11. To‘lov ma’lumotlari — hisoblanmani identifikatsiyalash va To‘lov holatini aks ettirish uchun zarur ma’lumotlar, jumladan, Foydalanuvchi yoki shaxsiy hisobvaraq identifikatori, to‘lov maqsadi, To‘lov summasi, sanasi va vaqti, operatsiya raqami va holati (PIN-kod, CVV/CVC-kod va boshqa maxfiy to‘lov rekvizitlari bundan mustasno).
2. Umumiy qoidalar
2.1. Mazkur Kelishuv Platformadan foydalanish paytida yuzaga keladigan Ijrochi va Foydalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2.2. Platforma faqat Platforma interfeysida Foydalanuvchiga taqdim etilgan Tashkilot xizmatlariga haq to‘lash uchun ishlatiladi.
2.3. To‘lovni boshlash va/yoki tasdiqlash Foydalanuvchining mazkur Kelishuv va Hamkor-bankning amaldagi qoidalari bilan tanishib chiqqanini va ularni qabul qilganini anglatadi.
2.4. Agar Foydalanuvchi ushbu Kelishuvga rozi bo‘lmasa, u Platformadan foydalanmasligi lozim.
3. Platformaning maqsadi va To‘lovlarni amalga oshirishning huquqiy modeli
3.1. Ijrochi Foydalanuvchiga Platformani Hamkor-bankning Platformaga integratsiyalangan to‘lov dasturi orqali Tashkilot xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun raqamli kanal sifatida taqdim etadi.
3.2. To‘lov bilan bog‘liq barcha to‘lov xizmatlari Hamkor-bank va zarur hollarda operatsiyada ishtirok etuvchi boshqa to‘lov xizmatlar ta’minotchilari tomonidan ko‘rsatiladi.
3.3. Ijrochi bank, to‘lov xizmatlar ta’minotchisi, to‘lov tizimi operatori, to‘lov tashkiloti, to‘lov agenti yoki to‘lov subagenti hisoblanmaydi hamda Foydalanuvchi bilan to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzmaydi.
3.4. Ijrochi Foydalanuvchilar yoki Tashkilotning hisobvaraqlarini ochmaydi va yuritmaydi, To‘lov summasini qabul qilmaydi, saqlamaydi, hisobdan chiqarmaydi, hisobga kiritmaydi va o‘tkazmaydi hamda To‘lovni amalga oshirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmaydi.
3.5. To‘lov summasi Hamkor bank tomonidan bevosita Tashkilotning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ijrochi tomonidan Servis yig‘imining olinishi Ijrochining to‘lov xizmatlarini ko‘rsatishini yoki To‘lov summasini tasarruf etishini anglatmaydi.
3.6. Ijrochi Tashkilot va Foydalanuvchi o‘rtasidagi Tashkilot xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning tomoni hisoblanmaydi va ularning mazmuni, qiymati, xizmat ko‘rsatish yoki pul mablag‘larini qaytarish tartibini belgilamaydi.
3.7. Platforma hisoblangan mablag‘ni va To‘lov summasini aks ettirishi, To‘lov parametrlarini Hamkor-bankning axborot tizimiga uzatishi, Foydalanuvchini uchinchi shaxslar resurslariga yo‘naltirmasdan, Platforma interfeysi orqali Hamkor-bankning to‘lov vositasi bilan Foydalanuvchining o‘zaro harakatini ta’minlashi, Hamkor-bankdan mustaqil ravishda To‘lov holatini so‘rashi va aks ettirishi, shuningdek, Foydalanuvchiga tegishli elektron bildirishnomalarni yuborishi mumkin.
3.8. To‘lovni qayta ishlashga yuborilganligi to‘g‘risidagi Platforma xabari ma’lumot xususiyatiga ega. To‘lov faqat Hamkor-bankning yakuniy tasdig‘i olingandan so‘nggina bajarilgan hisoblanadi.
3.9. Ijrochi texnik ishlar o‘tkazilayotganda, axborot xavfsizligiga tahdid yuzaga kelganda, firibgarlik gumon qilinganda, noqonuniy foydalanilganda yoki Hamkorabankning talabiga binoan Platformaga kirishni vaqtincha cheklash huquqiga ega.
4. To‘lovni amalga oshirish va yig‘imlarni undirish tartibi
4.1. Platforma Tashkilot taqdim etgan ma’lumotlar asosida Tashkilotning bank rekvizitlarini avtomatik ravishda shakllantiradi. Foydalanuvchi bunday rekvizitlarni kiritmaydi va o‘zgartirmaydi, mavjud ro‘yxatdan To‘lov toifasini tanlaydi, To‘lov summasi yoki hisoblangan mablag‘ esa Tashkilot ma’lumotlari asosida shakllantiriladi va aks ettiriladi.
4.2. To‘lovga o‘tishdan oldin Foydalanuvchiga oluvchi sifatida Tashkilot, To‘lov maqsadi, To‘lov summasi, Servis yig‘imi (agar mavjud bo‘lsa) va Hamkor-bank Komissiyasi miqdori, shuningdek, yechib olinishi lozim bo‘lgan umumiy summa ko‘rsatiladi.
4.3. Foydalanuvchi ruxsat etilgan to‘lov vositasini mustaqil ravishda tanlaydi va Hamkor-bankning to‘lov dasturi integratsiyalangan Platformaning himoyalangan interfeysida bevosita To‘lovga oid farmoyishni tasdiqlaydi.
4.4. Servis yigʻimi summasi (agar mavjud bo‘lsa) Ijrochi tomonidan belgilanadi va Foydalanuvchi tomonidan To‘lov tasdiqlanishidan oldin Platforma interfeysida aks ettiriladi. Hamkor-bank Komissiyasining miqdori Hamkor-bank tariflari bilan belgilanadi va Hamkor-bankning rasmiy veb-saytida quyidagi elektron manzil bo‘yicha e’lon qilinadi: https://uzumbank.uz/uz/tariffs/. Qo‘llaniladigan modelga qarab, ko‘rsatilgan summa Foydalanuvchidan To‘lov summasidan tashqari undiriladi, bunda bunday summa Platforma interfeysida ko‘rsatiladi, yoki Hamkor-bank tomonidan To‘lov summasidan Tashkilot hisobidan ushlab qolinadi. Qo‘llaniladigan model va yechib olinadigan umumiy summa To‘lov tasdiqlangunga qadar aks ettiriladi, to‘lov Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan holatlar bundan mustasno. Qo‘llaniladigan model Ijrochi tomonidan tasdiqlanadi.
4.5. To‘lovni tasdiqlash tartibi, qayta ishlash muddatlari, rad etish asoslari, limitlar, xavfsizlik talablari va to‘lov operatsiyasining boshqa shartlari qonunchilik hamda Hamkor-bank qoidalari bilan belgilanadi.
4.6. Servis yig‘imi va/yoki Hamkor-bank Komissiyasi qismida Hamkor-bank hujjatlari hamda To‘lov summasini to‘lash qismida Tashkilot hujjati To‘lovning rasmiy tasdig‘i hisoblanadi.
5. To‘lov ma’lumotlarining xavfsizligi
5.1. To‘lov rekvizitlari va To‘lovni tasdiqlash vositalari Foydalanuvchi tomonidan bevosita Hamkor-bankning to‘lov dasturi integratsiyalangan Platformaning himoyalangan interfeysida kiritiladi.
5.2. Ijrochi PIN-kodlarni, CVV/CVC-kodlarni, bir martalik tasdiqlash parollarini va bank kartalarining to‘liq rekvizitlarini qabul qilmaydi va saqlamaydi.
5.3. Hamkor-bank to‘lov rekvizitlarini qayta ishlash, Foydalanuvchini identifikatsiyalash va uning farmoyishini tasdiqlash tartibini qonunchilik va o‘z shartlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
5.4. Foydalanuvchi o‘z akkaunti ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlashi va uning ehtimoliy oshkor bo‘lishi yoki ruxsatsiz foydalanilishi haqida Ijrochi va Hamkor-bankka zudlik bilan xabar berishi shart.
5.5. Firibgarlik operatsiyalari xavfini cheklash va nazorat qilish Hamkor-bankning firibgarlikka qarshi kurashish imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ijrochi nazarda tutilgan tekshiruvlarni o‘tkazish uchun To‘lov parametrlarini Hamkor-bankka texnik uzatishni ta’minlaydi va Platformada Ijrochi va Hamkor-bank o‘rtasidagi shartnomada hamda ushbu bo‘limda nazarda tutilgan cheklovlarni amalga oshiradi.
5.6. Hamkor-bank bir tomonlama tartibda To‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni, o‘z to‘lov vositasining ishlashini, muayyan Tashkilot foydasiga To‘lovlar o‘tkazishni va/yoki muayyan Foydalanuvchining farmoyishlarini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatib turishga haqli:
1) Ijrochi va Hamkor-bank o‘rtasidagi shartnomani bajarish bilan bog‘liq moliyaviy, axborot yoki texnik xususiyatga ega nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda;
2) frod va/yoki boshqa firibgarlik harakatlari belgilari aniqlanganda;
3) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish (JFODL/TM/OQQTMMQK) to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
5.7. Ko‘rsatilgan cheklovlarni amalga oshirish uchun Ijrochi Hamkor-bankning talabiga binoan Platformaning tegishli funksiyalarini taqdim etishni, shu jumladan muayyan Tashkilot foydasiga va/yoki muayyan Foydalanuvchi tomonidan To‘lovlarni initsializatsiya qilish imkoniyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. Ijrochi o‘z infratuzilmasi doirasida texnik cheklovlarni qo‘llaydi; to‘lov operatsiyalarini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorlarni Hamkor-bank o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi.
5.8. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan asoslarga ko‘ra, jumladan, JFODL/TM/OQQTMQK talablariga ko‘ra, to‘xtatib turish sabablari oldindan tushuntirilmasdan, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa oldindan xabardor qilmasdan amalga oshirilishi mumkin. Ijrochi cheklov kiritilganligi haqida Foydalanuvchini Platforma interfeysi yoki u ko‘rsatgan aloqa ma’lumotlari orqali, cheklov kiritilgandan yoki Hamkor-bankdan tegishli ma’lumotni olgandan so‘ng oqilona muddatda, qonunchilikda belgilangan ma’lumotlarni oshkor qilish cheklovlariga rioya qilgan holda xabardor qiladi. O‘tkazilayotgan nazorat to‘g‘risidagi ma’lumotlar va oshkor etilishi qonun bilan taqiqlangan boshqa axborot ma’lum qilinmaydi.
5.9. Platformaning tegishli funksiyalaridan foydalanish imkoniyati to‘xtatib turish asoslari bartaraf etilgandan so‘ng va, agar cheklov Hamkor-bank tomonidan kiritilgan bo‘lsa, undan qonunchilikning majburiy talablarini hisobga olgan holda cheklov olib tashlangani to‘g‘risidagi tasdiqnoma olingandan so‘ng qayta tiklanadi.
6. To‘lov ma’lumotlari va shaxsiy ma’lumotlar
6.1. Ijrochi To‘lov ma’lumotlari va shaxsiy ma’lumotlarni faqat hisoblangan summani identifikatsiyalash, parametrlarni Hamkor-bankka texnik uzatish, holatni ko‘rsatish, hisobotlarni shakllantirish, texnik qo‘llab-quvvatlash, suiiste’molchiliklarning oldini olish va mazkur Kelishuvni bajarish uchun zarur hajmda qayta ishlaydi.
6.2. Ijrochi Hamkor-bankdan faqat To‘lov holatini ko‘rsatish va Platformaning ishlashi uchun zarur ma’lumotlar va texnik identifikatorlarni oladi.
6.3. Hamkor-bank tomonidan to‘lov rekvizitlarini qayta ishlash uning infratuzilmasida qonunchilikka va Hamkor-bank shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ijrochi o‘zining texnik infratuzilmasidan tashqarida bunday qayta ishlash uchun javob bermaydi.
7. Foydalanuvchining pulni qaytarish va murojaatlari
7.1. Tashkilot Foydalanuvchi oldida hisoblangan to‘lovning asosi va miqdori, Tashkilot Xizmatlarining mazmuni va sifati, majburiy to‘lov va kassa hujjatlarini taqdim etish, shuningdek, pul mablag‘larini qaytarish uchun mustaqil ravishda javob beradi.
7.2. To‘liq yoki qisman amalga oshirilgan To‘lovni qaytarish Tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
7.3. Tashkilotning Xizmatlari, hisoblangan to‘lovlar va qaytarishlar bo‘yicha murojaatlar Tashkilotga; hisobdan chiqarish, bank tasdig‘i, rad etish, limitlar, bloklash yoki nizoli operatsiya bo‘yicha savollar Hamkor-bankka yoki Foydalanuvchi bankiga; Platformaning texnik ishlashi bo‘yicha savollar Ijrochiga team@emaktab.uz manziliga yuboriladi.
8. Mas’uliyat
8.1. Ijrochi faqat mazkur Kelishuv doirasida Platformaning texnik funksionalligini tegishli tarzda taqdim etish uchun javobgar.
8.2. Agar tegishli holat Hamkor-bank, Foydalanuvchi banki, to‘lov infratuzilmasi, Foydalanuvchi, Tashkilotning harakatlari yoki tizimlari yoxud qonunchilik talablari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, Ijrochi To‘lovning rad etilishi, kechiktirilishi, bekor qilinishi, bloklanishi, qaytarilishi, xato oʻtjazilishi yoki uning shubha ostiga olinishi uchun javobgar bo‘lmaydi.
8.3. Ijrochi Tashkilot va Foydalanuvchi o‘rtasidagi Tashkilot Xizmatlari, ularning narxi, sifati, ko‘rsatilganligi faktlari yoki pul mablag‘larining qaytarilishi bilan bog‘liq nizolar uchun javobgar emas.
8.4. Ijrochi Platformadan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun oqilona choralar ko‘radi, biroq tashqi to‘lov infratuzilmasining uzluksiz ishlashini yoki banklar tomonidan rad etishlar bo‘lmasligini kafolatlamaydi.
9. Yakuniy qoidalar
9.1. Platformaning texnik ishlashi bo‘yicha savollar yuzasidan Foydalanuvchi Ijrochiga team@emaktab.uz manzili orqali murojaat qilishi mumkin.
9.2. Mazkur Kelishuvning amaldagi tahriri “Hujjatlar” bo‘limida quyidagi manzilda joylashtiriladi: https://help.emaktab.uz/hc/ru/articles/29491111363356.
9.3. Ijrochi ko‘rsatilgan manzilda yangi tahrirni e’lon qilish orqali ushbu Kelishuvni o‘zgartirish huquqiga ega. O‘zgarishlar e’lon qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi. Qonunni ijro etish, zaifliklarni bartaraf etish yoki jiddiy zararning oldini olish uchun zarur o‘zgarishlar darhol kuchga kirishi mumkin.
9.4. Mazkur Kelishuv bilan bog‘liq nizolar muzokaralar yo‘li bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasining vakolatli sudi tomonidan hal etiladi.
9.5. Mazkur Kelishuv va eMaktab Foydalanuvchi shartnomasi bilan tartibga solinmagan munosabatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo‘llaniladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish