Birinchi marta ishga tushirishdan oldin «Maktab ma'lumotlarini ERP.MAKTAB.UZ bilan qanday sinxronlash kerak» asosiy yo'riqnomasi bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz — u yerda maktabni ERP.MAKTAB.UZ bilan bog'lashdan tortib, o'zgarishlarni qo'llashgacha bo'lgan butun jarayon batafsil yoritilgan. Bu yerda esa ko'pincha ish jarayonida yuzaga keladigan savollarga javoblar to'plangan.
Qo'llanilgan o'zgarishlarni bekor qilish mumkinmi?
Yo'q. Tasdiqlangandan so'ng kiritilgan o'zgarishlarni eMaktab interfeysi orqali bekor qilib bo'lmaydi.
Shu sababli, o'zgarishlarni qo'llashdan oldin tizim tomonidan yaratilishi, qabul qilinishi, o'tkazilishi yoki sinfdan chiqarilishi rejalashtirilayotgan o'quvchilarni alohida e'tibor bilan tekshirib chiqing. Agar noto'g'ri ma'lumotlarni payqasangiz — o'zgarishlarni qo'llamang. Avval ERP.MAKTAB.UZ yoki eMaktab'da ma'lumotlarni tuzating, so'ng hisob-kitobni qaytadan bajaring.
Nima uchun o'quvchi «Sinfdan chiqarish» maqomida ko'rinmoqda?
Bunday maqom, agar tizim o'quvchini ERP.MAKTAB.UZ'dagi maktabning faol kontingenti orasidan topmasa paydo bo'ladi. ERP.MAKTAB.UZ'da quyidagilarni tekshirib ko'ring:
o'quvchi kerakli maktabga qabul qilinganmi;
uning maktabdagi a'zoligi (maqomi) faolmi;
sinf to'g'ri ko'rsatilganmi;
JSHSHIR (PINFL) va boshqa ma'lumotlar to'g'ri to'ldirilganmi.
Agar o'quvchi maktabda o'qishni davom ettirayotgan bo'lsa, sinfdan chiqarishni qo'llamang — ERP.MAKTAB.UZ'da ma'lumotlarni tuzating va «O'zgarishlarni qaytadan hisoblash» tugmasini bosing.
Nima uchun mavjud profil o'rniga tizim yangi o'quvchi yaratishni taklif qilmoqda?
Profillarni o'zaro moslashtirish uchun tizim o'quvchining ERP.MAKTAB.UZ bilan bo'lgan bog'lanishidan foydalanadi. Agar eMaktab'dagi mavjud profil ERP.MAKTAB.UZ'dagi tegishli profil bilan bog'lanmagan bo'lsa, tizim yangi o'quvchi yaratishni, yangi profilni maktabga qabul qilishni va eskisini sinfdan chiqarishni taklif qilishi mumkin.
Bunday holatda o'zgarishlarni qo'llamang. Avval «Maktab shaxslarini ERP.MAKTAB.UZ bilan bog'lash» bo'limida profillar bog'langanini tekshiring, so'ng o'zgarishlarni qaytadan hisoblang.
Sinxronlashtirishdan so‘ng ikki o‘quvchining F.I.Sh. o‘rin almashib qolsa, nima qilish kerak?
Agar sinxronlashtirishdan so‘ng bir o‘quvchining profilida boshqa o‘quvchining F.I.Sh. ko‘rsatilsa, ammo baholar, o‘qish tarixi va boshqa ta’lim ma’lumotlari avvalgi joyida qolgan bo‘lsa, bu eMaktabdagi o‘quvchi profillari ERP.MAKTAB.UZ tizimidagi tegishli yozuvlar bilan noto‘g‘ri bog‘langanini anglatadi.
Masalan, Timurning baholari va o‘qish tarixi saqlangan profilda Azizning F.I.Sh., Azizning baholari va o‘qish tarixi saqlangan profilda esa Timurning F.I.Sh. ko‘rsatiladi.
Sinxronlashtirish vaqtida tizim ERP.MAKTAB.UZ bilan o‘rnatilgan bog‘lanish asosida F.I.Sh., tug‘ilgan sana va JShShIRni yangilaydi. Shu sababli shaxsiy ma’lumotlar o‘zgarishi, baholar va o‘qish tarixi esa eMaktabdagi dastlabki profilda qolishi mumkin.
Ma’lumotlarni to‘g‘rilash uchun:
- Har bir eMaktab profili aslida qaysi o‘quvchiga tegishli ekanini aniqlang. Buning uchun baholar, o‘qish tarixi, login, fotosurat va boshqa mavjud ma’lumotlarga tayaning.
- ERP.MAKTAB.UZ tizimida har ikki o‘quvchining to‘g‘ri ERP ID va JShShIRini tekshiring.
- «Ma’muriyat» → «Maktab shaxslarini ERP.MAKTAB.UZ bilan bog‘lash» bo‘limiga o‘ting.
- Avval har ikkala profildagi bog‘lanishni bekor qiling. Shundan keyingina ularni qayta bog‘lashga o‘ting.
- Har bir eMaktab profilini ERP.MAKTAB.UZ tizimidagi tegishli yozuv bilan bog‘lang:
- Timurning baholari va o‘qish tarixi saqlangan profilni Timurning yozuvi bilan;
- Azizning baholari va o‘qish tarixi saqlangan profilni Azizning yozuvi bilan bog‘lang.
- Sinxronlashtirishni qayta ishga tushiring. Agar oldingi ishga tushirishdan keyin hali bir soat o‘tmagan bo‘lsa, belgilangan vaqt tugashini kuting.
- Sinxronlashtirish yakunlangach, har ikki o‘quvchining F.I.Sh., JShShIRi, baholari va o‘qish tarixini tekshiring.
Muhim. Faqat profilda ko‘rsatilayotgan F.I.Sh., tug‘ilgan sana va JShShIRga tayanmang — noto‘g‘ri sinxronlashtirishdan so‘ng bu ma’lumotlar boshqa o‘quvchiga tegishli bo‘lishi mumkin. Avval profil egasini uning baholari, o‘qish tarixi, logini, fotosurati va boshqa ishonchli ma’lumotlar asosida aniqlang.
Avval har ikkala profildagi bog‘lanishni bekor qilish, shundan keyingina ularni qayta bog‘lash kerak. Agar faqat bitta o‘quvchining bog‘lanishi to‘g‘rilansa, tizim profillarni yana noto‘g‘ri moslashtirishi mumkin.
Sinflar topilmadi» xatoligi nimani anglatadi?
Xatolik eMaktab'da kerakli sinf mavjud bo'lmasa yoki uning kodi ERP.MAKTAB.UZ ma'lumotlariga mos kelmasa paydo bo'ladi. Xatolik tuzatilmaguncha, o'zgarishlarni qo'llab bo'lmaydi. Nima qilish kerak:
Xabarda ko'rsatilgan sinf kodlarini tekshiring.
eMaktab'da etishmayotgan sinflarni yarating yoki mavjudlarini qayta nomlang.
Sinxronlash sahifasiga qayting.
«O'zgarishlarni qaytadan hisoblash» tugmasini bosing — tizim sinflarni yana bir bor moslashtiradi.
«Xatoliklar» hisoblagichidagi boshqa xatoliklar nimani anglatadi?
Tekshirish bosqichidagi «Xatoliklar» hisoblagichi nafaqat moslashmagan sinflarni, balki o'zgarishlarni qo'llashga xalaqit beradigan boshqa ma'lumotlar farqini ham hisobga olishi mumkin (masalan, ERP.MAKTAB.UZ'da majburiy maydonlar noto'g'ri to'ldirilganda). Xatolik tavsifini ko'rish uchun o'ng tomondagi ko'rsatkich (strelka) orqali satrni kengaytiring va ma'lumotlarni ERP.MAKTAB.UZ yoki eMaktab'da tuzating. Agar xatolik sababi tavsifdan tushunarli bo'lmasa, eMaktab qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Sinxronlashni qachon qayta ishga tushirish mumkin?
Oldingi ishga tushirishdan kamida bir soat o'tgach va faqat oldingi sinxronlash yakunlangan bo'lsa. Cheklov butun maktab uchun amal qiladi: agar sinxronlashni bir administrator ishga tushirgan bo'lsa, shu maktabning boshqa administratorlari ham belgilangan vaqt tugashini kutishlari kerak.
ERP.MAKTAB.UZ'dan ma'lumotlar olinmagan bo'lsa nima qilish kerak? Agar ERP.MAKTAB.UZ servisi javob bermasa, o'zgarishlar hisoblanmaydi, eMaktab ma'lumotlari esa o'zgarishsiz qoladi. «Qayta urinib ko'rish» tugmasini bosing. Agar xatolik saqlanib qolsa, ERP.MAKTAB.UZ texnik qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling:
telefon: (71) 203-04-03;
Telegram: @YaET_bot. Murojaat qilishda maktabning STIR (INN) raqamini ma'lum qiling.
Sinxronlashni yakunlab bo'lmasa nima qilish kerak?
Agar ma'lumotlarni qo'llash vaqtida «Sinxronlashni yakunlab bo'lmadi» xabari paydo bo'lsa, ekran tasvirini (skrinshot) saqlab oling va eMaktab qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Mutaxassislar oldingi ishga tushirish natijasini tekshirmaguncha sinxronlashni qayta ishga tushirmang.
Hisoblash yoki o'zgarishlarni qo'llash vaqtida sahifani yopish mumkinmi?
Yo'q. Agar hisoblash vaqtida sahifani yopsangiz, uni qaytadan ishga tushirishga to'g'ri keladi. O'zgarishlarni qo'llash vaqtida sahifani yopmasdan, sinxronlash yakunlangani haqidagi xabarni kuting.
O'qituvchilar va xodimlar sinxronlanadimi?
Hozircha yo'q — bu funksiya keyinroq ulanadi. Ishga tushirilgach, tizim etishmayotgan xodimlarni yaratishi, ularning shaxsiy ma'lumotlarini yangilashi, xodimlarni maktabga qo'shishi va dolzarb bo'lmagan a'zoliklarni yopishi mumkin bo'ladi. Funksiya ishga tushguniga qadar o'qituvchilar va xodimlar ma'lumotlarini eMaktab'da qolda yangilash kerak. Sinxronlash ustasining interfeysi ushbu kengaytmani hisobga olgan holda tayyorlangan, shuning uchun ba'zi ekranlarda xodimlar oldindan eslatib o'tilishi mumkin — bu xatolik emas.
Filiallar ma'lumotlari sinxronlanadimi?
Hozircha yo'q — filiallarni qo'llab-quvvatlash keyinroq qo'shiladi. Ungacha filiallar haqidagi ma'lumotlarni qolda tekshirish va yangilash kerak.
Uyda ta'lim oladigan o'quvchilar bilan nima qilish kerak?
Hozircha bunday o'quvchilarni asosiy umumiy ta'lim sinfiga qabul qilish mumkin. Alohida qo'llab-quvvatlash ishga tushirilgach, ular uchun joriy o'quv yiliga sinflar yarating: asosiy sinfning paralleli va literini saqlab qoling hamda kodga «DO» belgisini qo'shing (masalan, «8A DO»). So'ng sinxronlashni qayta ishga tushiring — tizim kerakli o'quvchilarni avtomatik ravishda tegishli sinflarga o'tkazadi.
Sinfning ta'lim tili sinxronlanadimi?
Sinfning ta'lim tilini sinxronlash 2026-yil 10-sentabrgacha vaqtincha o'chirilgan. Ushbu sanagacha tizim sinfning boshqa mavjud ma'lumotlarini sinxronlaydi. Funksiya ulangandan so'ng ta'lim tili ERP.MAKTAB.UZ ma'lumotlari asosida yangilanadi.
Sinxronlash yakunlangani haqida bildirishnomalar paydo bo'ladimi?
Push-bildirishnomalar keyinroq qo'shiladi. Hozircha sinxronlash ustasi sahifasida qolish va jarayon yakunlangani haqidagi xabarni kutish kerak.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish