Kim uchun: maktab direktorlari, administratorlari va buxgalterlari
Xizmat 1C yoki boshqa hisob tizimining o‘rnini bosadimi?
Yo‘q. eMaktab maktab hisoblarini yaratish va to‘lash uchun qulay imkoniyat taqdim etadi. Maktab bank va buxgalteriya hisobini foydalanayotgan hisob tizimida yuritishda davom etadi.
To‘lovlardan foydalanish huquqi kimlarga beriladi?
«To‘lovlar» bo‘limidan foydalanish huquqi maktab direktori, direktor o‘rinbosari, o‘quv bo‘limi mudirlari va bosh hisobchiga avtomatik ravishda beriladi. Ushbu xodimlarga alohida ruxsat berish talab etilmaydi.
Tanlangan 1% undirish variantini qanday bilish mumkin?
Xizmatni ulash vaqtida imzolangan arizani ko‘ring yoki direktor yoxud bosh buxgalterdan aniqlashtiring.
Tanlangan variant ota-ona to‘laydigan yoki maktab hisobiga kelib tushadigan summaga ta’sir qiladi.
Bitta hisobni bir vaqtning o‘zida bir nechta xizmat uchun taqdim etish mumkinmi?
Yo‘q. Bitta hisob faqat bitta xizmat uchun alohida toifa va tavsif bilan taqdim etilishi mumkin.
Bunda hisoblar soni cheklanmagan. Maktab ovqatlanish, qo‘riqlash va to‘garaklar kabi turli xizmatlar uchun hisoblarni taqdim etishi, shuningdek, bitta toifa bo‘yicha bir nechta alohida hisob yaratishi mumkin. Masalan, turli davrlar uchun ovqatlanish bo‘yicha bir nechta hisob taqdim etish mumkin.
Masalan, «Yozgi oromgoh» kabi yangi xizmat turini qanday qo‘shish mumkin?
Agar mos xizmat turi mavjud bo‘lmasa, «Boshqa» variantini tanlang va hisob tavsifida to‘lov maqsadini batafsil ko‘rsating.
Tranzaksiya raqamini qayerdan topish mumkin?
To‘langan hisobning batafsil kartasini oching. Tranzaksiya raqamidan to‘lovni bank ko‘chirmasidagi operatsiya bilan solishtirish uchun foydalanish mumkin.
Naqd pul yoki boshqa xizmat orqali qabul qilingan to‘lovni qanday belgilash mumkin?
Hisob kartasini oching va «eMaktab’dan tashqarida to‘langan deb belgilash» bandini tanlang. Tasdiqlangandan keyin hisob «eMaktab’dan tashqarida» holatiga o‘tadi.
Bola boshqa maktabga o‘tgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Ota-ona boshqa to‘lamasligi kerak bo‘lgan faol va to‘lanmagan hisoblarni bekor qiling. To‘langan hisoblar tarixda saqlanib qoladi.
Agar ota-ona xizmatning kelgusi davri uchun oldindan to‘lov qilgan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatilmagan davr uchun summani hisoblang va ota-ona bilan pulni maktabga xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali qaytarish yoki kelgusi to‘lov hisobiga o‘tkazishni kelishib oling.
To‘langan hisobni bekor qilish mumkinmi?
Yo‘q. Yakunlangan to‘lovni eMaktab kabinetida bekor qilib bo‘lmaydi, chunki pul maktabning hisob-kitob raqamiga o‘tkaziladi.
Zarur bo‘lsa, maktab pulni o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali qaytaradi yoki ota-ona bilan summani kelgusi to‘lov hisobiga o‘tkazishni kelishib oladi.
Bir oylik hisobotni yuklab olish mumkinmi?
Yo‘q. Hozirgi vaqtda eMaktab’da bir oylik hisobotni yuklab olish imkoniyati mavjud emas. To‘lovlarni tekshirish va solishtirish uchun «To‘lovlar» bo‘limidagi ma’lumotlar hamda maktabning bank ko‘chirmasidan foydalaning.
To‘lov o‘z vaqtida kelib tushmasa, nima qilish kerak?
Agar «Qayta ishlanmoqda» holati ikki ish kunidan ortiq saqlanib qolsa yoki muvaffaqiyatli to‘lovdan keyin pul maktab hisobiga tushmasa, eMaktab qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Tranzaksiya raqami, to‘lov sanasi, taxminiy vaqti va summasi, maktab nomi yoki ID raqami, o‘quvchining F.I.Sh. va sinfini ko‘rsating. Joriy holat aks etgan skrinshotni ilova qiling.
Bank rekvizitlarini qanday o‘zgartirish mumkin?
Bank rekvizitlari faqat direktor Didox orqali imzolagan rasmiy ariza asosida o‘zgartiriladi. Rekvizitlar telefon qo‘ng‘irog‘i, oddiy xabar yoki messenjer orqali yuborilgan murojaat asosida o‘zgartirilmaydi.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar
Xizmatni ulash bo‘yicha arizalar: team@emaktab.uz
Texnik savollar va to‘lovlarni tekshirish: eMaktab qo‘llab-quvvatlash xizmati
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish