Kundalik.com saytida sinf rahbari qilib tayinlangan xodim quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:
- o‘z sinfi o‘quvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini tahrirlashga kirish;
- o‘z sinfida o‘quv gurhlarini yaratish va tahrirlash imkoniyati;
- o‘z sinfi o‘quvchilari uchun oilaviy aloqalarni yaratish va tahrirlash imkoniyati;
- o‘z sinfining barcha a'zolari uchun tizimga kirish huquqini tiklash imkoniyati;
- dars sahifasida va bir kunlik jurnalda o‘z sinfi uchun davomat belgilarni tahrirlash huquqiga ega.
Sinf rahbari quyidagi huquqlarga ega emas:
- dars jadvallari sxemasini tuzish;
- dars jadvallarini tahrirlash va o‘chirish;
- sinf profilini tahrirlash va o‘chirish;
- barcha sinf jurnallarida baholarni kiritish, tahrirlash va o‘chirish;
- o‘quvchilarni ko‘chirish va chiqarib yuborish.
Eslatma: Sinf rahbarining barcha vakolatlaring batafsil ro‘yxati «Foydalanuvchi toifalari» maqolasida keltirilgan.
Sinf rahbari dars jadvalida o‘qituvchi etib tayinlangan darslar uchungina baho belgilashi mumkin.
Sinf rahbari xamma jurnallarni tahrirlashi uchun, unga "UV va baholash" blokiga to‘liq kirish huquqiga ega bo‘lgan muharrir huquqi berilishi mumkin. Bunday holda, xodim o‘qituvchi etib tayinlanmagan darslar uchun ham baholar va davomat belgilarini kiritishi mumkin.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish