Hisobot tanlangan sinf uchun jurnallarni kuzatish va tahlil qilish imkonini beradi.
Hisobotni yaratish uchun quyidagilarni tanlash kerak:
- o‘quv yili;
- sinf;
- hisobot davri;
- vaqt oralig‘i (agar kerak bo‘lsa);
- «Jurnallarni ko‘rsatish» filtrining qiymati. Faqat to‘ldirilgan jurnallar uchun hisobot tuzish uchun siz «Faqat to‘ldirilganlar» filtrini tanlashingiz kerak. Faqat to‘ldirilmagan jurnallar uchun hisobot tuzish uchun siz «Faqat to‘ldirilmaganlar» filtrini tanlashingiz kerak. Odatiy bo‘lib, «Barchasi» filtri tanlangan.
Hisobot quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvalda ko‘rsatiladi:
- fanning nomi;
- fan o‘qituvchisining ism familiyasi;
- ushbu fanni o‘rganayotgan sinf ishtirokchilari (butun sinf yoki o‘quv guruhlari);
- jurnaldagi so‘nggi o‘zgartirish sana;
- jurnaldagi so‘nggi o‘zgartirishning muallifi;
- mavzularni to‘ldirish foizi;
- uy vazifvasi bilan darslar foizi;
- o‘z vaqtida berilgan UV bilan darslarning%;
- rejalashtirishni yuritish foizi;
- jurnalni yuritish foizi;
- jurnalni o‘z vaqtida yuritish foizi;
- yakuniy baholarni kiritish foizi.
Ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun quyidagi formulalar qo‘llaniladi:
- Mavzularni to‘ldirish % = (mavzular yozilgan darslar soni) * 100 / (tanlangan vaqt oralig‘idagi darslar soni).
- U / V topshirilgan darslar % = (U / V topshirilgan darslar soni) * 100 / (tanlangan vaqt oralig‘idagi darslar soni).
Eslatma: hisobotda hisobot davridagi fanlar bo‘yicha birinchi darslar hisobga olinmaydi, chunki hisobot davridagi birinchi dars UVga ega emas. Shuningdek, nima uchun «U / V topshirilgan darslarining %» parametri 100 foizga teng bo‘lmasligi mumkinligi haqida, «Nima uchun uy vazifasi foizi 100% dan kam?» maqolasida batafsil tavsiflangan.
«U / V topshirilgan darslar %» parametrida uy vazifasini bajarish muddati va mualliflik bo‘yicha hisobga olinadi.
- UV ni o‘z vaqtida berish = (o‘z vaqtida berilgan UV bilan o‘tkazilgan barcha darslarning soni) / (barcha darslarning soni) * 100. Ko‘rsatkich haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun «Uy vazifasini o‘z vaqtida topshirish» ko‘rsatgichini keltirilgan misollari bilan hisoblash mantig‘i" maqolasida tanishib chiqing.
Diqqat: "UV o‘z vaqtida berish" ko‘rsatgichida uy vazifasi Berilgan dars, ya'ni dars jadvali bo‘yicha keyingi darslar tekshiriladi.
-
Rejalashtirishni yuritish = (kamida bitta UV topshirilgan yoki dars mavzusi to‘ldirilgan darslar soni) * 100 / (tanlangan vaqt oralig‘idagi darslar soni).
-
Baholar kiritilgan jurnallar soni = o‘qituvchining hisobot davrida kamida bitta baho, davomat belgisi, dars uchun kamida bitta sharh yoki dars o‘tkazilgani haqida tasdiq belgisi kiritilgan jurnallarining soni va o‘qituvchi to‘ldirishi kerak bo‘lgan jurnallarning umumiy soni.
-
Jurnalni yuritish = (tanlangan hisobot davrida kamida bitta baho, davomat belgisi, dars uchun sharh yoki dars o‘tkazilgani haqida tasdiq belgisi kiritilgan darslar soni) * 100 / (tanlangan vaqt oralig‘i uchun dars jadvaliga kiritilgan darslar soni).
-
Jurnalni o‘z vaqtida yuritish = (darslardagi ba'zi ishlar uchun o‘z vaqtida kiritilgan baholar soni, davomat belgilari, darslardagi sharhlar) * 100 / (vaqt oralig‘idagi kiritilgan baholar va belgilar, davomat belgilari, darslardagi sharhlarning umumiy soni). Ko‘rsatkich haqida ko‘proq ma'lumot «Keltirilgan misollar bilan «Jurnalni o‘z vaqtida yuritish» ko‘rsatkichni hisoblash mantig‘i» maqolasida tasvirlangan.
Eslatma: ko‘rsatkichlarni hisoblashda reja bo‘yicha darslar va o‘tkazilgan darslar hisobga olinadi, ularning haqiqiy sanasi hisobot davriga to‘g‘ri keladi. Bekor qilingan darslar hisobotga kiritilmaydi.
- Yakuniy baholarni kiritish foizi = (yakuniy baholari chiqarilgan o‘quvchilarning soni) * 100 / (sinfdagi o‘quvchilarning umumiy soni).
Hisobotning ko‘rinishi: barcha xodimlar uchun.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish