«O‘quvchining elektron kundaligi statistikasini yuritish» hisobotida «Uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi» ko‘rsatkichi mavjud va u quyidagicha hisoblanadi:
Uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi = 100* (UV berilgan darslar soni) / (dars jadvalida tanlangan vaqt oralig‘idagi darslar soni).
Agar «Uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi» ko‘rsatkichi 100% dan kam bo‘lsa, unda xodimlar darsni rejalashtirish yordamida hisobot tuzilgan davrda barcha darslarning uy vazifasi bor-yo‘qligini tekshirishlari kerak.
UV berilgan darslar foizi faqat ikkita holatda 100% ga teng bo‘lmasligi mumkin:
- hisobot tuzilgan davrda faqat birinchi darslar tushgan;
- hisobot tuzilgan davrda uy vazifasi bo‘lmagan darslar mavjud.
Hisobot davridagi birinchi dars
Ta'til vaqti uchun uy vazifasi berilmaydi. Shu sababli, agar biz hisobot davrida faqat birinchi dars tushadigan «Elektron kundalik statistikasini yuritish» hisobotini tuzsak, «Uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi» ko‘rsatgichi 0% ni tashkil qiladi. Biroq, birinchi darslar uchun 0% qiymati o‘qituvchi bo‘yicha va tashkilot bo‘yicha «Uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi» ko‘rsatgichi umumiy foiziga ta'sir qilmaydi.
Aytaylik, ta'lim muassasasida hisobot davri 1 avgustdan boshlanadi va hisobot o‘sha oyning birinchi haftasida - 2019 yil 2 avgustdan 8 avgustgacha tuzilgan. O‘qituvchilardan biri «Adabiyot» fanidan 0%, ikkinchisi «Algebra» fanidan 100% olgan.
Tekshirish uchun ikkala o‘qituvchining dars soatlarini rejalashtirishini ochamiz:
«Adabiyot» fani bo‘yicha 2 avgustdan 8 avgustgacha bo‘lgan hisobotda 2 avgustda bo‘lib o‘tgan bitta dars hisobga olingan. «Algebra» fani bo‘yicha - 2 va 3 avgust kunlari ikkita dars o‘tgan, ulardan ikkinchisida UV berilgan.
Ikkala o‘qituvchi uchun ham 2 avgust kuni o‘tkazilgan darslar hisobot davridagi birinchi hisoblanadi. Ammo «Din tarixi» fani o‘qituvchisi hisobotda 100% olgan, chunki 2 avgustdan 8 avgustgacha hisobot ichida 3 avgust kunida ikkinchi dars tushgan va u uchun UV topshirilgan.
Eslatmalar:
- agar siz 2 avgustdan 8 avgustgacha bo‘lgan davr uchun hisobot tuzsangiz, «Adabiyot» fani o‘qituvchisining «Uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi» ko‘rsatgichi 0% ga ega bo‘ladi;
- agar «Algebra» fanidan o‘qituvchi 3 avgust kuni berilgan uy vazifasini o‘chirib tashlasa, 2 avgustdan 8 avgustgacha bo‘lgan hisobotda u «Uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi» ko‘rsatigichida 0% oladi.
UV mavjudligi bo‘yicha darslarni tekshirish
Ko‘pincha, dars jadvali tuzilgan va dars rejalari kiritilgandan so‘ng dars jadvaliga qo‘shilgan darslar uchun UV topshirilmagan bo‘ladi.
Aytaylik, ta'lim muassasalarida hisobot davri 1 sentyabrdan boshlanadi va hisobot 7 oktyabrdan 11 oktyabrgacha bo‘lgan davr uchun tuzilgan. «Ingliz tili» fani o‘qituvchisi «Uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi» degan ustunda 66,67% olgan.
Tekshirish uchun dars soatlarini rejalashtirishni ochamiz.
7 oktyabrdan 11 oktyabrgacha bo‘lgan davrda uchta dars hisobga olinadi va ularning har birining oldida keyingi dars uchun UV mavjud. Biroq, hisobotga ko‘ra, o‘qituvchi hali ham 100% dan kam oladi, bu uchta darsning birisi hali ham uy vazifasiga ega emasligini anglatadi.
Ushbu darsni topish uchun siz:
- UV matnining o‘ng tomonidagi «Ko‘z» belgisi ustiga bosib, UV sahifalarini tekshiring;
- Sanalarni bosish orqali dars sahifalarini tekshiring.
- Dars sahifasida quyidagilar ko‘rsatilgan:
- darsning tafsilotlari, shu jumladan, darsning sanasi;
- topshirilgan UV;
- darsdagi ish turlari;
- sinfdagi o‘quvchilar ro‘yxati.
Agar «Uy vazifasi» bloki bo‘sh bo‘lsa, demak bu dars uchun UV belgilanmagan.
Sanalarni bosish orqali har bir darsning sahifasini tekshiramiz.
9 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan darsda UV yo‘q, 11 oktyabr kuni o‘tkazilgan darsda, ikkita uy vazifasi berilgan. Bunday vaziyat 9 oktyabr kunidagi dars, jadval tuzilganidan keyin qo‘shilgan taqdirdagina yuzaga kelishi mumkin.
Masalan: o‘quv tashkiloti dars jadvalini tuzdi, unga ko‘ra 7 va 11 oktyabr kunlari «Ingliz tili» fani bo‘yicha darslar o‘tkaziladi. Darsni rejalashtirishda o‘qituvchi 7 dan 9 oktyabrgacha «Keyingi darsga UV qo‘shish» tugmachasini bosib, UV-ni belgilaydi. Shundan so‘ng, 9 oktyabr kuni «Ingliz tili» fani bo‘yicha jadvalda yana bir dars yaratish kerak bo‘ldi. 9 oktyabr' uchun dars ko‘shilgandan keyin, dars soatlarini rejalashtirishda yana bir satr paydo bo‘ladi.
7 oktyabrdan 11-oktabrga berilgan uy vazifasi 9-oktabr kunidagi darsga avtomatik ravishda o‘tkazilmaydi.
Agar o‘qituvchi 9-oktabr' kuni darsning qatorida «Keyingi darsga UV qo‘shish» tugmachasini bossa, UV 11 oktyabr' kuni uchun yuboriladi, 9-oktabr' kuni esa yuqorida ko‘rsatilganday uy vazifasiz qoladi.
Oldindan tuzilgan jadvalga yangi darslarni qo‘shish paytida, hisobotda «Uy vazifasi bo‘yicha darslar foizi» ustuni pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilardan birini amalga oshirish kerak:
- 7 oktyabr kuni darsning qarshisidagi «Keyingi darsga UV qo‘shish»-ni bosing. Bunday holda, 7 oktyabr kunidagi darsdan 9 oktyabr va 11 oktyabrdagi darslar uchun UV beriladi;
- 11-oktabr kunining dars sahifasiga o‘ting, «krestik» belgisini bosish orqali UV-ni o‘chirib tashlang, so‘ngra dars soatlarini rejalashtirish sahifasiga qayting va 9-oktabr va 11-oktyabr kunidagi darslarning qarshisidagi «Keyingi darsga UV qo‘shish» qatorini bosib, uy vazifasini bering.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish