Agar foydalanuvchi elektron pochtani va telefon raqamini profilida tasdiqlagan bo‘lsa, u holda kirish ma'lumotlarini mustaqil ravishda tiklash imkoniyatiga ega. Kirishni tiklash login va parolni unutgan xolda ham mumkin.
Agar foydalanuvchi elektron pochta va telefon raqamini o‘z profilida TASDIQLAMAGAN bo‘lsa, u holda ta'lim muassasasi administratorlari yoki sinf rahbariga murojaat qilishi kerak.
Eslatma: administratorlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar tashkilot profilida «Administratorlar» blokida joylashgan, sinf rahbarlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar sinf profilida «Sinf xodimlari» blokida ko‘rsatilgan.
Kirishni mustaqil ravishda tiklash
1-qadam. Saytning asosiy sahifasida «Kirish huquqini tiklash» bandini tanlashingiz kerak.
2-qadam. Keyinchalik, siz muammoning turini ko‘rsatishingiz kerak:
Login yo‘qotilganda nima qilish kerak?
Bunday holda, yangi ma'lumot olish uchun siz «login yodimda yo‘q» variantini tanlab, quyidagi qatorlarni to‘ldirishingiz kerak:
- elektron pochta manzili va / yoki telefon raqami;
- tug‘ilgan sana;
- rasmdagi raqamlar.
Login elektron pochta manziliga faqat kiritilgan tug‘ilgan sana to‘g‘ri kelgandagina yuboriladi.
Parol yo‘qotilganda nima qilish kerak?
Bunday holda «parol yodimda yo‘q» turini tanlang va maydonlarni to‘ldiring:
- login;
- rasmdagi raqamlar.
Elektron pochta orqali kirishni tiklash:
Parolni tiklash uchun elektron pochta manziliga havola yuboriladi. Keyin, ochilgan maydonda, ikkita satrda, yangi parol kiritiladi.
SMS orqali tiklash:
Agar foydalanuvchi elektron pochtaga kirish imkoniga ega bo‘lmasa, "Men elektron pochta xabarini olmadim, parolni telefon orqali tiklash" tugmasini tanlash lozim:
Keyin, quyidagi harakatlar bajarilishi kerak:
- satrda telefon raqamining yetishmayotgan raqamlarini kiritish;
- "Keyingi qadam" tugmasini bosish;
- ushbu raqamga tasdiqlash kodi bilan SMS -xabari keladi;
- olingan kodni tegishli oynaga kiritish;
- ochilgan maydonda, ikkita satrda, yangi parol kiritiladi.
Login va parol' yo‘qotilganda nima qilish kerak?
Bunday holda siz «Login va parol yodimda yo‘q» variantini tanlashingiz kerak:
- shakl «login yodimda yo‘q» bandiga o‘xshash;
- tiklash yo‘li «parol yodimda yo‘q» holatiga mos keladi.
Kirishni qayta tiklashda qiyinchiliklar mavjud bo‘lsa, siz ta'lim muassasasining administratori yoki sinf rahbariga murojaat qilishingiz kerak.
Eslatmalar:
- kirishni tiklash vaqtida to‘liq ism va tug‘ilgan kunni maktab xodimlari tizimga qanday kiritgan bo‘lsa, shunday kiritish kerak.
- administratorlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar tashkilot profilida “Administratorlar” blokida joylashgan, sinf rahbari to‘g‘risidagi ma'lumotlar sinf profilida “Sinf xodimlari” blokida ko‘rsatilgan.
Kirishni tiklash tizimiga havola: : https://login.kundalik.com/recovery.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish